Mavzu: Kuch qobiliyatini rivojlantirish
Reja:
Kuch fazilati haqida
Kuchning turlari
Kuchni rivojlantirish
Kuch fazilati: Kuch tushunchasi har xil ma'noda qo'llaniladi. Lekin uning ilmiy ma'nosi tashqi ta'sirlarini engishga qaratilgan muskul kuchanishi deb qabul qilinadi. "Kuch" so'ziga turli ma'no beriladi. 1) harakatning mexanik harakteristikasi sifatidagi kuch; 2) kishining fazilati sifatidagi kuch; Kuchni tashqi qarshiliklarni muskul kuchi yordamida engish qobiliyatiga qarab aniqlash mumkin. Tashqi qarshiliklarni enguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo'naltirilgan kuchlarni, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo'nalishi bo'yicha ta'sir etuvchi kuchlarni qarshilik kuchi deb tushuniladi.
Muskullar kuchni quyidagicha namoyon qilishlari mumkin:
uz uzunliklarini o'zgartirmay;
o'z uzunliklarini qisqirtirib;
Qarshiliklarni enguvchi va ularga yon beruvchi rejimlarni birlashtirib "dinamik rejim" deyiladi. Harakat kuchi yoki tortishish kuchi qarshilik ko'rsatish kuchlarining tabiatiga bog'liq bo'ladi. Kuch, ta'sir etilayotgan jism vazniga aloqadordir. Inson har xil vazndagi jismlarni ko'chirayotganda kuch miqdori ham har xil bo'ladi. Dastlabki jism vazni ortiq bo'lsa ham kuch ham baland bo'ladi. Keyinchalik jism vazn o'zgarmasa ham kuch miqdori ozayib boradi. Kuch tezlik bilan ham uzviy bog'liqdir. Uloqtirilayotgan jism vazni qancha oz bo'lsa shuncha katta tezlikda uloqtiriladi va aksincha. Shuningdek, uloqtiriluvchi jism vazni qancha ko'p bo'lsa shuncha kuch talab etiladi. Kuchlilik qobiliyatlarining o'zi-statik rejim va sekin harakatlar. Tezkor-kuchlilik qobiliyatlari-tez harakatlar. Tezkor-kuchlilik qobiliyatlari qarshiliklarni enguvchi va yon beruvchi kuchlarga bo'linadi. Portlovchi kuch-qisqa vaqt ichida katta miqdorda kuch namoyon qilish qobiliyati hisoblanadi. Sport ustalari va sport bilan endigina shug'ullanayotganlar balandlikka sakrash mashqlarida shuni ko'rish mumkinki malakali sportchilar bir urinishdayoq portlovchi kuch namoyon qilib o'ta balandlikka sakraydi. Endi shug'ullanayotganlar esa bir necha urinishdan so'ng o'rtacha ko'rsatkich namoyon qila oladi xolos. Turli vazndagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan kuch tushunchasidan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda o'z vaznining bir kilogramiga to'g'ri keladigan kuch miqdori tushuniladi. Absolyut kuch esa muskul to'qimalarining namoyon etuvchi kuchlanishi hisoblanadi va dinamometrlarda o'lchanadi. Jismoniy tayyorgarligi bir xil bo'lgan lekin vazni har xil kishilarda vazn og'irlashib borishi bilan absolyut kuch ortadi, nisbiy kuch esa kamayadi. Buning sababi sportchining vazni gavdasining hajmiga proportsional bo'lib muskul kuchiga qaraganda tezroq ortadi. Absolyut kuch sportning og'ir atletika turi bilan shug'ullanuvchilar uchun muhim hisoblansa, nisbiy kuch tanani boshqarish muhim bo'lgan sport turlari gimnastika, akrobatika uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |