Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kriptobardoshlikka ega. Bu usullar dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagicha tasavvur etish mumkin. N-alfavitli almashtirishda dastlabki A0alfavitdagi s0i simvoli А1 alfavitdagi s1i simvoli bilan almashtiriladi. s0N ni sNN simvol bilan almashtirilganidan so‘ng S0(N+1) simvolning o‘mini A1alfavitdagi S1(N+1) simvol oladi.
Shifrlashning analitik usullari. Matritsa algebrasiga asoslangan shifrlash usullari eng ko‘p tarqalgan. Dastlabki axborotning Vk=||bi|| vektor ko‘rinishida berilgan k- blokini shifrlash A=||aij|| matritsa kalitni Vk vektorga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Natijada Sk=||ci|| vektor ko‘rinishidagi shifhnatn bloki hosil qilinadi. Axborotni rasshifrovka qilish Sk vektorlarini A matritsaga teskari bo‘lgan А-1 matritsaga ketma-ket ko’paytirish orqali aniqlanadi.