3.0‘zbekistonning ma’lumotlarni shifrlash standarti.
Kriptografiya yo‘nalishini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan ham katta ahamiyat berilmoqda. Bunga keyingi yillarda qabul qilingan bir nechta qonun va meyoriy hujjatlar, jumladan, «Axborotlashtirish», «Elektron raqamli imzo», «Elektron hujjat aylanishi» to‘grisidagi qonunlar, Prezidentimizning 2007 yil 3 aprelda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari» to‘grisidagi qarori misol bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina rivojlangan davlatlar axborot–telekommunikatsiya tarmoqlarida maxfiy axborotlarni xavfsiz uzatish va elektron raqamli imzo yaratishda o‘z milliy standartlaridan foydalanmoqdalar. Bunday standartlar AQSH, Rossiya, Koreya, Germaniya va bir qancha davlatlarda ishlab chiqilgan. Alohida ta’kidlash lozimki, horijga eksport qilinadigan dasturiy mahsulotlarda milliy standartlar qo‘llanilmaydi, yetarli darajada bardoshlilikka ega bo‘lmagan kriptografik vositalar qatnashadi. Ana shu sabablar O‘zbekiston Respublikasida ham milliy kriptografik algoritmlarni yaratish va ularni takomillashtirish muammolarini dolzarb qilib qo‘ydi. Bu muammoni hal etish uchun axborot xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lgan kriptologiyani rivojlantirish zaruriyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida kriptografiya sohasida ilmiy tadqiqotlar boshlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Respublikada O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi olimlari birinchilardan bo‘lib kriptografiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni boshlab yubordilar. 1974 yilda o‘zbek olimi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor Xasanov Po‘lat Fattoxovich tomonidan taklif etilgan diamatritsalar algebrasini Xasanov Xislat Po‘latovich tomonidan kriptografiya masalalarini yechish uchun takomillashtirilib topilgan parametrli algebra ishlab chiqildi. Buning natijasida Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining bosh ilmiy xodimi Xasanov P.F. rahbarligida 2002 yilda kriptografiya bo‘yicha birinchi patentga talabnoma berildi. Bu patent 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat patent idorasi tomonidan registratsiya qilindi va «Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiya usuli» ixtirosi uchun 03070-sonli patent berildi. 03070-sonli «Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiya usuli» patenti g‘oyalari Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining kriptografiya sohasidagi dastlabki davlat standartlariga asos bo‘ldi. O’z DSt 1092:2005 «Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muxofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari», DSt 1105:2006 «Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muxofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi», DSt 1106:2006 «Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Xeshlash funksiyasi» shular jumlasidandir.
Kriptografiya yo‘nalishini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan ham katta ahamiyat berilmoqda. Bunga keyingi yillarda qabul qilingan bir nechta qonun va meyoriy hujjatlar, jumladan, «Axborotlashtirish», «Elektron raqamli imzo», «Elektron hujjat aylanishi» to‘grisidagi qonunlar, Prezidentimizning 2007 yil 3 aprelda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari» to‘grisidagi qarori misol bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |