Uzoq muddatli kredit turlariga kelganda esa, u ham kredit munosabatlari
tarkibida alohida o’rin egallaydi.
Uzoq muddatli kreditlar - xo’jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish va
ijtimoiy maqsadlarga mo’ljallangan obyektlarni qurish, qayta tiklash va texnik
jihatdan qayta jihozlashga doir harajatlarni sarmoya (investisiya) bilan ta’minlash,
yangi turdagi mahsulot va yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirish, shuningdek
boshqa investision maqsadlar uchun va ishlab chiqarishni qayta tiklash va yangilash
bilan bog’liq tez qoplanuvchi va yuqori samara beruvchi tadbirlar uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |