Bankning huquq va majburiyatlari Bankning huquqlari Kreditlash jarayonida berilgan kreditga taalluqli buxgalterlik va statistik hisobotlarni oladi, tahlil qiladi va kreditni maqsadli ishlatilishi hamda garovga qo'yilgan mol-mulkni saqlanishi bo'yicha vaqti-vaqti bilan joyida tekshiruv o'tkazib turadi (bunday tekshiruvlar muvofiqlashtirish Kengashining roziligisiz o'tkaziladi);
106
Monitoring jarayonida garovga olingan vositalarning narxi bozorda garovga olingan davrga nisbatan pasayganda va yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlaganda, qo'shimcha ta'minot turlarini talab etish huquqiga egadir. Boshlang'ich foiz stavka miqdorini Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga bog'liq holda qarzdor bilan qo'shimcha kelishuv tuzish yo'li bilan o'zgartirish mumkin.
“Qarzdor” tomonidan kreditga hisoblangan foiz to'lovlarini to'lash to'g'risida o'z vaqtida to'lov topshiriqnomalari taqdim etilmasa bu qarzlarni memorial order bilan undirib oladi.
“Qarzdor” tomonidan shartnomada ko'rsatilgan majburiyatlarga rioya qilinmaganda:
-kredit bo'yicha muddati o'tgan to'lovlar yuzaga kelganda yangidan kredit berishni tuxtatadi;
-kreditni to'liq maqsadsiz sarflanishiga yo'l qo'yilganda, ilgari berilgan kredit muddati qaytarilmaganda, qarz oluvchining moliyaviy xo'jalik faoliyati yomonlashganda (zarar, balans nolikvidligi va b.), buxgalteriya hisobi va hisobotini buzganlik faktlari aniqlanganda, bankka notug'ri hisobotlar taqdim etganda va shartnomada ko'rsatilgan boshqa majburiyatlarni bajarilishiga rioya qilinmaganda ilgari berilgan kreditlarni muddatidan oldin talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan yoki boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisob raqamidan undirib oladi hamda garovga qo'yilgan mol-mulkka to'liq egalik huquqini oladi. Agar kreditni maqsadsiz ishlatilganda kreditni maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini va ushbu maqsadsiz ishlatilgan qismiga 1% miqdorida jarima undiriladi.
Bunday xolatda “Bank” qarzni undirishga yunaltirishdan 5 kun oldin bu haqda “Qarzdor” ni xabardor qiladi. Ko'rsatilgan muddatda “Qarzdor” “Bank” ka kreditni to'lash haqida to'lov topshiriqnomasi taqdim etadi va u “Bank” tomonidan “Qarzdor” ni hisobvarag'ida mablag' bor yo'qligidan qat'iy nazar qabul qilinadi. Mablag' yetarli bo'lmagan taqdirda kredit to'lov muddati o'tgan hisobvarag'iga o'tkaziladi.
“Qarzdor” tomonidan “Bank” ning e'tirozi inobatga olinmaganda yoki qarzni to'lash to'g'risida to'lov topshiriqnomasi taqdim etilmaganda, “Bank” tomonidan tulanmagan kredit to'lov muddati o'tgan hisobvarag'iga o'tkaziladi va kelgusida uni undirilishi depozit va boshqa hisob raqamlaridan to'lovlar (kalendar) navbati tartibida memorial order bilan amalga oshiriladi;
“Bank” bundan tashqari Xo'jalik sudlariga murojaat qilmasdan kreditni qaytarilishini ta'minlash uchun qo'yilgan garov shartnomasidagi mol-mulkni sotish, kafilning mol-mulkini sotish, kafilning hisob raqamidan mablag'larni kesib olish, kafolat bergan muassasalar, banklar va sug'urta kompaniyalar hisob raqamlaridan qarz summasini undirib olish huquqiga egadir.
“Bank” quyidagi hollarda Xo'jalik sudlariga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama muddatidan oldin bekor qilish va kredit va unga hisoblangan foizlarni undirish huquqiga ega:
“Qarzdor” kredit olish uchun xaqikiy bo'lmagan (fiktiv) hujjatlar taqdim etilganligi aniqlanganda;
107
“Qarzdor” tomonidan kreditni foydalanish davrida kredit yoki foizlarni to'lash muddati 60 kun (kiska muddatli kreditlar uchun) yoki 90 kun (Uzoq muddatli kreditlar uchun) kechiktirilgan davrda;
“Qarzdor” tomonidan kreditni foydalanish davrida kredit olingandan so'ng 60 kun ichida bank hisob raqamida oborot qilmagan vaqtlarda;
Garovga qo'yilgan mulklar tekshirish jarayonida unga zarar yetkazilganligi va talon-taroj qilinganligi aniqlanganda;
Kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda ya'ni to'lovga qobiliyati bo'lmagan hollarda;
“Qarzdor” tomonidan kreditni maqsadsiz ishlatilgan holatlari aniqlanganda.
“Qarzdor” tomonidan kredit bo'yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, “Bank” Fuqarolik kodeksining 280-moddasi 2 qismiga muvofiq mustaqil ravishda sudga murojat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega.
“Qarzdor” tomonidan kredit bo'yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda, “Bank”, mazkur qarzlarni qaytarishni “Qarzdor” ning likvidli mol-mulklari hisobiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kreditlari bo'yicha qarzdorlik o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi” ga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
“Qarzdor” tomonidan kredit bo'yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda kafillik bergan xo'jalik subyekti hisob raqamiga 3 kun muddat ichida to'lov talabnomasi qo'yish orqali undirish huquqiga ega.