Xo'jalik subyektlarini ish xaqini to'lash uchun kreditlash tartibi.
Xo'jalik subyektlariga ish xaqini to'lash uchun beriladigan kreditlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 19 martdagi “Ish xaqi o'z vaqtida to'lanishiga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 88-sonli qaroriga binoan beriladi. Ish xaqini to'lash uchun kreditlar muddatlilik, to'lovlilik, qaytarishlik hamda maqsadli ishlatishlik tamoyillariga qat'iy amal qilish, kredit xatarlarni hamda garovga olinayotgan mol-mulkning bozor narxlarini diqqat bilan baholash asosida, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektning depozit hisob raqamiga mablag' kelib tushishi faqatgina obyektiv sabablarga ko'ra, ya'ni unga bog'liq bo'lmagan sabablar, hamda davlat buyurtmalarini bajarish bilan bog'liq maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan o'ta muxim
25
vazifalarni bajarish natijasida kechiktirilgan xollarda ajratiladi. Xo'jalik yurituvchi subyektni kreditlash pul oqimining amalda yaqin 1-1,5 oy ichida xo'jalik yurituvchi subyektiga aniq kelib tushishi mumkinligini tasdiqlovchi prognoz bo'lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Xo'jalik yurituvchi subyektlariga ish xaqini to'lash uchun kredit 45 kun muddatga tuziladigan kredit shartnomasiga binoan alohida ssuda hisob raqamini ochish orqali beriladi. Ish xaqini to'lashga kredit olish uchun xo'jalik subyektlari bankka quyidagi hujjatlarni: ish xaqini to'lashga kredit olish uchun arizani;
oxirgi hisobot davri uchun kreditorlik va debitorlik qarzlari ro'yxatini;
v) ish xaqini to'lashga olingan kreditni so'ndirish manbai sifatidagi pul oqimlari prognozini;
g) kreditni qaytarilishi ta'minoti sifatida - yuqori likvidli mol-mulk garovini, shuningdek moliyaviy barqaror tashkilotning kafilligini taqdim etadilar.
Banklar tomonidan ta'minot sifatida qarz oluvchining yuqori likvidli mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari, transport vositalari hamda boshqa likvidli aktivlari qabul qilinadi.
Bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda mavjud axborotlari asosida hamda xo'jalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvolini tahlili, ish xaqini berish uchun mablag' yetishmasligi sabablarini, kreditni so'ndirish uchun real manbalarni aniqlash asosida ariza berilgan kundan boshlab ikki ish kunida ish xaqiga kredit berish (yoki bermaslik) to'g'risida qaror qabul qilinadi.
Quyidagi xollarda ish xaqini berish uchun kredit berish taqiqlanadi: to'lov qobiliyatini yo'qotgan korxonalarga va bankrot deb e'lon qilingan korxonalarga;
agar korxona bankka kreditni so'ndirishi to'g'risida aniq va ishonchli axborotni bermaganda;
v) korxona tomonidan uzoq vaqt moliyaviy va xo'jalik uzilishlarga yo'l qo'ysa; g) so'ndirish uchun real manbaalari mavjud bo'lmasa.
26
Bank qarzdor korxonadan ish xaqini to'lash uchun berilgan kreditni maqsadli ishlatgani to'g'risidagi hisobotni talab qilishi mumkin. Zarur bo'lib qolgan taqdirda bank kredit shartnomasida nazarda tutilgan tartibda joyiga chiqib ish xaqini to'lash uchun berilgan kreditni maqsadli ishlatilganligini tekshirishi mumkin.
Ish xaqini to'lash uchun beriladigan kreditlarning foiz stavkasi kredit beriladigan kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi.
Ish xaqini to'lash uchun berilgan kreditni so'ndirishni shartnomada ko'rsatilgan muddatlardan kechiktirilgan xollarda bank quyidagi xuquqlarga ega bo'ladi:
a) qarzdorlarning ikkilamchi hisob raqamlariga, shuningdek boshqa banklarda ochilgan hisob raqamlariga ham, ijrosi majburiy bo'lgan inkasso talabnomalarini qo'yish;
b) qarz oluvchining roziligidan qat'iy nazar, keyinchalik belgilangan tartibda uni sotish xuquqi bilan bankning mulkiga o'tadigan garovga qo'yilgan mol-mulkka qonunda belgilangan tartibda egalik qilish;
v) kredit bo'yicha qarzni qarzdorning roziligi bilan yoki xo'jalik sudi orqali to'lovni qarzdorning mulkiga qaratish yo'li bilan qarzdorning likvidli mulki hisobidan yoki Xo'jalik sudi qarori asosida so'ndirish.
Qarz oluvchi tomonidan uning asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda so'ndirilmagan xollarda garovga qo'yilgan mol-mulk, qarz oluvchining roziligidan qat'i nazar, uni keyinchalik sotish xuquqi bilan birga bank mulkiga o'tadi.
Ish xaqini to'lash uchun berilgan kreditni muddatini uzaytirish (prolongasiya) ga yo'l qo'yilmaydi.