Alohida ssuda hisob raqami bo'yicha kreditlash tartibi.
Tijorat banki va uning filiallari xo'jalik yurituvchi subyektlarni kredit liniyalari ochib yoki ochmasdan alohida ssuda hisob raqamlari orqali quyidagi maqsadlar uchun kreditlashlari mumkin:
- tovar-moddiy boyliklarini sotib olish uchun, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun pul-hisob-kitob hujjatlarini to'lab berishga;
- kredit oluvchining asosiy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan va amal qilish muddati 30 kundan oshmaydigan akkreditivlarni ochishga.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarni “Kredit liniyasi ochmasdan” alohida ssuda hisob raqami orqali kreditlash, kredit shartnomasida ko'rsatilgan maqsadga muvofiq, tovar-moddiy boyliklarini sotib olish, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar xaqini to'lash uchun kredit oluvchining to'lov topshiriqnomasini bajarish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ssuda hisob raqamidan to'lovni amalga oshirish to'g'risidagi bank qarori har bir to'lovni o'tkazish maqsadi kredit shartnomasida qayd etilgan maqsadlarga mosligini tahlil etish asosida qabul qilinadi.
Bank tomonidan kreditni undirish, kredit shartnomasida belgilangan muddat va o'rnatilishi mumkin bo'lgan quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi:
- kreditni qaytarish jadvali yoki majburiyatnomada ko'rsatilgan kreditni qaytarish muddati yetib kelganida, kredit oluvchining asosiy “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamidan memorial order asosida undirish yo'li bilan;
- kredit oluvchining to'lov topshiriqnomasiga asosan, muddatidan oldin, uning “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamidagi erkin pul mablag'larini ssuda hisob raqamiga o'tkazish yo'li bilan;
- bank tomonidan kredit ta'minotiga kafillik bo'yicha olingan majburiyatlardan, sug'urta polisi bo'yicha sug'urta qoplamalaridan, shuningdek, garov xuquqini sotishdan tushadigan mablag'lardan foydalanish orqali undiriladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarni “Kredit liniyasini ochish” orqali kreditlash, kredit shartnomasida avvaldan qayd etilgan kredit summasi doirasida, alohida ssuda hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bunda, kredit oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli bo'lgan tovar-moddiy boyliklarini sotib olish uchun, bajarilgan ishlar va
19
ko'rsatilgan xizmatlar uchun pul-hisob-kitob hujjatlari kredit mablag'lari hisobidan to'lab beriladi.
“Kredit liniyasini ochish” orqali kredit berish, bankning kafolat majburiyatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bank bunda, vakillik hisob raqami xolatidan qat'iy nazar, xech qanday to'sqinliklarsiz kredit oluvchiga, kredit shartnomasida belgilangan muddat va o'rnatilgan limit doirasida kreditlashni kafolatlovchi majburiyatni o'z zimmasiga oladi.
Bankning kafolat majburiyatnomasi ikki nusxada tuzilib, ulardan bir nusxasi kredit bo'limi xodimining farmoyishiga ko'ra ko'zda tutilmagan xolatlar 91809- “Bankning ssuda berish bo'yicha majburiyatlari” hisob raqamida hisobga olish uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Ikkinchi nusxasi esa kredit oluvchiga beriladi va uning kreditga doir hujjatlari bilan birga yig'majildda saqlanadi.
“Kredit liniyasini ochish” yo'li bilan beriladigan kreditning miqdori, undan foydalanish muddatlari va uni qaytarishning davriyligi kredit oluvchini maxsulot yetkazib beruvchilar, haridorlar bilan tuzgan shartnoma - bitimlarini tahlil etish asosida belgilanishi hamda, ular kredit shartnomasida o'z aksini topishi lozim.
Kredit oluvchiga “ochiq kredit liniyasi” bo'yicha xizmat ko'rsatilganligi uchun, u bankka kredit shartnomasida qayd etilgan kreditlash limitining foydalanilmagan summasiga hisoblanadigan vositachilik xaqini to'laydi. Kredit oluvchi kreditlash liniyasining amalda foydalanilgan qismi uchun foizlar to'laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |