Мавзу: Кредит шакллари, турлари ва уларни келгусида ривожлантириш истиқболлари


Qimmatli qog'ozlar garovi asosida beriladigan (lombardli) kreditlarni taqdim qilish tartibi



Download 236,55 Kb.
bet21/64
Sana29.12.2021
Hajmi236,55 Kb.
#82111
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Qimmatli qog'ozlar garovi asosida beriladigan (lombardli) kreditlarni taqdim qilish tartibi.

Lombardli kredit, kredit oluvchining asosiy faoliyatga taalluqli bo'lgan tovar - moddiy boyliklarni sotib olish uchun, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlarning xaqini to'lash uchun qimmatli qog'ozlarni garovga olib, alohida ssuda hisob raqamidan berilgan qisqa muddatli ssudadir.

Lombardli kredit ta'minotiga, garov shartnomasini rasmiylashtirgan holda, quyidagi qimmatli qog'ozlarni qabul qilish mumkin:

- davlatning qimmatli qog'ozlari;

- boshqa emitentlarning aksiyalari, obligasiyalari va depozit sertifikatlari. Bankning o'z aksiyalari garov sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Lombard kreditining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, garovga olinadigan

qimmatli qog'ozlar, shartnoma tuzilgan kundagi nominal qiymati bo'yicha emas,


23





balki uni sotishda yuzaga keladigan, kursga bog'liq risklarni inobatga olgan holda aniqlangan qiymati bilan baholanadi. Shuning uchun ham, banklar qimmatli qog'ozlarni garovga qo'yish asosida lombard kreditini berish to'g'risida qaror qabul qilishda, kredit oluvchining moliyaviy ahvoli va kreditni qaytarish qobiliyatini tahlil etish bilan birga, kredit ta'minotiga olinadigan qimmatli qog'ozlar kursi bo'yicha risklar darajasini baholashga ham alohida ahamiyat berishlari lozim. Qimmatli qog'ozlar bozorida birja kursini tebranib turishi munosabati bilan qimmatli qog'ozlarni kotirovkalashda kursga bog'liq riskni mavjudligi sababli, ularning garov qiymati birja bahosining 75 foizidan oshmasligi kerak.

Birjada kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog'ozlarning garov qiymati esa, ular nominal qiymatining 60 foizidan oshmasligi lozim.

Qimmatli qog'ozlar garovi asosida beriladigan kredit 12 oygacha bo'lgan, lekin shu qimmatli qog'ozlarning muomalada bo'lish davridan oshmagan muddatga beriladi.

Kredit shartnomasida qimmatli qog'ozlarning qiymati birjadagi kotirovka kurslari, fond birjasida bo'lib o'tgan so'nggi savdodagi ma'lumotlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi. Davlat qimmatbaho qog'ozlari yuqori reyting darajasiga ega ekanligi uchun, ularni garovga olib kredit berilganda, kreditning maksimal summasi garov qiymatining 90 foizigacha yetishi mumkin.

Kredit oluvchi fond birjasidan sotib olgan boshqa qimmatli qog'ozlarini garovga qo'yganida, beriladigan kreditning eng maksimal miqdori ular garov qiymatining 75 foizidan yuqori bo'lmasligi lozim.

Lombardli kreditlarni berish, undirish va foydalanganlik uchun foizlarni to'lash, alohida ssuda hisob raqami bo'yicha kreditlashga o'xshash bo'lgan umumiy tartibda amalga oshiriladi. Bunda kredit oluvchining asosiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan tovar-moddiy boyliklarini sotib olish uchun, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun pul-hisob-kitob hujjatlari to'lovga qabul qilinadi.

Qimmatli qog'ozlarni garovga qo'yish asosida kredit shartnomasi tuzilganidan keyin, bank emitentga, uning qimmatli qog'ozlarini garovga qo'yish to'g'risidagi bitim amalga oshirilganligi va qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadlar o'tkazilishi


24





lozim bo'lgan depozit hisob raqami to'g'risida xabar qiladi.Lombardli kreditda garovga qo'yilgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha olinadigan daromadlar, kredit oluvchining muddatsiz depozit hisob raqamiga (depozit shartnomasini rasmiylashtirmagan holda) kirim qilinadi va birinchi navbatda ularni saqlash bo'yicha harajatlarni qoplashga shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to'lashga sarflanadi.

Bank kreditlash jarayonida teleks, kompyuter va boshqa aloqa vositalari yordamida garovga qo'yilgan qimmatli qog'ozlarning birjadagi kotirovka kurslarini o'zgarishlariga doir axborotlarni yig'ib boradi. Agar kreditlash davomida fond birjasida bo'lib o'tgan savdolar natijasida garovga qo'yilgan qimmatli qog'ozlarning qiymati pasayib ketsa, u holda ana shu miqdordagi summaga kredit komissiyasining qarori bilan qo'shimcha ta'minotni taqdim etilishi talab qilinishi yoki kreditning ta'minlanmagan qismi muddatidan oldin undirilishi mumkin.

Kredit oluvchiga, garovga qo'yilgan qimmatli qog'ozlar va ular bo'yicha olingan daromadlar, lombardli kredit bo'yicha barcha majburiyatlar to'liq bajarilganidan keyingina qaytariladi. Lombardli kredit bo'yicha majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, bank imtiyozli oy o'tishi bilan garov xaqidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, o'zining garovga doir xuquqini amalga oshiradi.


  1. Download 236,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish