Mavzu: Ko’zning shox pardasi, soqqasi va ko’zorti to’qimalari kasalliklari



Download 50,37 Kb.
bet6/7
Sana30.06.2022
Hajmi50,37 Kb.
#719292
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kozning shox pardasi soqqasi va kozo

6. Ko’z kosasi flegmonasi (retrobulbar flegmona) deb ko’z kosasi kletchatkasining odatda o’tkir kechadigan diffuz yiringli yallig’lanishiga aytiladi.
Etiologiya. Flegmona hosil bo’lishiga ko’pincha kon’yunktiva va ko’z atrofi terisining chuqur jarohatlari, yotoq yaralar sabab bo’ladi. Kam hollarda bu kasallik yallig’lanish atrof to’qimalardan ko’chganda, infeksiya gematogen yo’l orqali kelganda (periodontit, panoftalmit, sepsis) rivojlanadi. Qon tomirlar shikastlanganda gematoma hosil bo’lib, u keyinchalik infeksiyalashadi. Birlamchi yiringli jarayon ekstraorbital rivojlanib, keyinchalik periorbitada joylashgan to’qimalarga o’tadi.
Patogenez. Patogen mikroblar periorbitada, fassiyalar orasida joylashgan to’qimalarning flegmonoz yallig’lanishini chaqiradi. Keyinchalik to’qimalar parchalanib, abssess rivojlanadi. Yiring ko’z soqqasi ichiga kirib borib yiringli xorioidit, panoftalmit va hatto ko’rish nervining yallig’lanishini va atrofiyasini chaqiradi. Undan tashqari, yiring sklera (ko’zning oq pardasi) va ko’rish nervi qinining perivaskulyar bo’shliklari orqali miya bo’shligiga o’tib, meningit va ensefalitlar rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Jarayon kam hollarda o’z – o’zidan so’rilib ketadi va ko’pincha abssess rivojlanadi. Abssess ochilib, tegishli davolash muolajalari bajarilganda kasallik tuzaladi va ko’rish qobiliyati tiklanadi.
Klinik belgilar. Qovoqlar va chakka sohasida kuchli shish rivojlanadi. Shish quloq va hatto boshqa ko’zgacha tarqaladi. Qovoklar yorig’i yopilib qoladi, ularning chetlari va kon’yunktiva tashqariga bo’rtib chiqadi (chemosis). Mahalliy harorat ko’tariladi. Palpatsiyada kuchli og’riq seziladi. Ko’z usti chuqurcha to’lishib turadi. Ko’z soqqasi harakatchanligini yo’qotadi va tashqariga bo’rtib chiqadi.
Kon’yunktiva qizaradi, uning yuzasi yiringli ekssudat bilan qoplanadi; dastlab u suyuq bo’lib, pastga oqib tushadi, keyinchalik ekssudat quyuqlashib, yiringli – fibrinoz holatga kiradi. Ko’z shox pardasi xiralashadi, epiteliyi deskvamatsiyaga uchraydi, unda eroziya va yaralar paydo bo’ladi.
Hayvonning umumiy ahvoli yomonlashadi, ishtahasi yo’qoladi, tana harorati ko’tariladi, ko’rish qobiliyati susayadi. Ko’z yoshining kuchli oqishi va yorug’likdan qo’rqish alomatlari kuzatiladi. Ko’z tubini tekshirganda anemiya, ko’rish nervi ko’rish so’rg’ichining shishi va keyinchalik atrofiyasi aniqlanadi. Qonda neytrofiliya va yadroning chapga siljishi kuzatiladi.
Panoftalmitdan farqlash lozim. Panoftalmitda ko’z soqqasining barcha qismlari yiringli yallig’lanadi va old kamerada yiring to’planadi.
Oqibati. Ehtiyotkor va hatto yomon.
Davolash. Retrobulbar flegmonada davolash ishlari iloji boricha erta, tez va tartibli bo’lishi lozim. Dastlabki harakatlar abssessning tez pishib yetilishiga qaratiladi. Buning uchun 2 % li borat kislotasi bilan isituvchi kompress, grelka, fizioterapevtik muolajalar (sollyuks lampasi, infraruj va boshq.) qo’llanadi. Flyuktuatsiya o’choqlari paydo bo’lganidan abssess ochiladi, yiringli – nekrotik massalar olib tashlanadi va drenaj kiritiladi. Mahalliy antibiotik – novokain qamali qilinadi. Muskul orasiga antibiotiklar yuboriladi, og’iz orqali sulfanilamidlar beriladi. Kon’yunktival xaltaga so’rdiruvchi vositalar – 1–3 % li kaliy yoditi eritmasi, 1–2 % li sariq simob malhami, proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin, dezoksiribonukleaza) kiritiladi. Septik holatda uyqu arteriyasiga antibiotiklar yuboriladi. Kon’yunktivit va keratitlar tegishli davolanadi.




Download 50,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish