Mavzu: Ko’tarish mashinalarining ishlash asoslari. 1.Unumdorlik
Mashinalarda foydalanishning texnik-iqtisdodiy samaradorligi u yoki bu ish mashinasining unumdorligi bilan tasniflanadi, ya’ni mashinani boshqaradigan ishchilarining chiqish darajasi va bajarilgan ishlarning miqdori.
Mashinaning unumdorligi natural ko’rinishda ifodalanadi (t,m3,m2 va boshqalar). Ushbu (yuk ko’tarish) mashinalarida ishlaydigan ishchi vaqt birligidan (soat,smena,oy,yil) berilishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish miqdori bo’yicha, ishlashning quyidagi turlari mavjud.
Nazariy (Konstruktiv) unumdorlik- ishchi harakatlarining hisoblangan tezlikda ishchi jismdagi yuklarning hisoblangan qiymati va hisoblangan ish sharoitlarida mashinaning uzluksiz ishlashida 1 soat Ichida aniqlanadi. Harakatlarning tezligi dvigatellarning maksimal quvvatidan foydalanishga mos kelishi kerak. Barcha siklik harakat mashinalari uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Pk=60qn
bu yerda q-mashinaning bir ish siklidagi maxsulotlar soni
n-1soat ichidagi ish siklining miqdori
Texnikalarning unumdorligi -bu mukammal ishlab chiqarish mjuxitida ish chiqarish sharoitda erishish mumkin bo’lgan eng yuqori mahsuldorlik (ishlamay turib ishlash,to’g’ri tanlangan ish yo’nalishi (oqimi) ish rejimlari va ish mexanizmlaridagi yuklanish bilan) hisoblash yo’li bilan o’rnatiladi, zavod sinovlari paytida sinovdan o’tkaziladi va mashinaning passportidan kiritiladi.
Pt=Pk*Kt
bu yerda Kt- bu aniq ish sharoitlarini ish unumdorligini hisobga oladigan koeffitsiyent.
Ekspluatatsion unumdorlik- bu yordamchi vaqt va mashinalarning barcha ishlamay qolishlarini ham hisobga olgan holda soat,smena,oy,yil uchun haqiqiy unumdorlik.
Direktiv mahsuldorlik- bu yillik ish unumi me’yori (soatlab yuk ko’tarish mashinalari uchun) korxonadagi mashinalarning umumiy soni, ya’ni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan, ta’mirlanadigan va umuman ishlatilmaydigan mashinalar.
Kran ishlagan 1soat vaqt uchun texnik unumdorlik:
Pt.ch=0.1QnKyukk1 t/ch
Pt.ch=Q*nKyukk1 ts/ch
bu yerda Q- kranning nominal yuk ko’tarish qobiliyati kn(ts):
Kyuk-bitta aniq yuk bilan ishlashdagi ktanlarning qobiliyati bo’yicha (yukning mumkin bo’lgan og’irligi bo’yicha) foydalanish koeffitsiyenti, turli yuklarni ko’tarish holatlarida o’rtacha qiymat 1soat davomida Kyukga operatsiya olinadi.
k1- ish vaqtidagi barcha to’xtalishlarni hisobga olgan holda kranning ishlash koeffitsiyenti; n- ish vaqtidagi smena sikli
n= ,
bu yerda T-bir sikldagi vaqt, min
Do'stlaringiz bilan baham: |