Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Download 2,18 Mb.
bet57/99
Sana15.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#119376
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
Amaliyot mavzular

19 -Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Ishlab chiqarish xarajatlarini buxgalteriyada qaysi schyotlarda hisobga olinadi?

  2. Ishlab chiqarishda brakdan ko‘rilgan zararlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun qaysi schyotdan foydalaniladi?

  3. Xomashy va materiallar ishlab chiqarishga berildi. Buxgalteriya provodkasini aniqlang.

  1. D-t 1010 K-t 2010

  2. D-t 1010 K-t 2310

  3. D-t 1010 K-t 2510

  4. D-t 1010 K-t 2610

  1. Tayyor mahsulot omborga kirim qilinganda qanday buxgalteriya provodkasi beriladi?

  1. D-t 2910 K-t 2010

  2. D-t 2810 K-t 2010

  3. D-t 1010 K-t 2010

  4. D-t 1010 K-t 6010

  1. Yordamchi ishlab chiqarish xarajarlari mahsulot tannarxiga o‘tkazildi. Buxgalteriya provodkasini aniqlang.

  1. D-t 2310 K-t 2010

  2. D-t 2310 K-t 2510

  3. D-t 2010 K-t 2310

  4. D-t 2510 K-t 2310


20-Mavzu: Ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (2500 - schyot), mahsulot realizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan umumxo‘jalik xarajatlarining tarkibi, hisobga olish tartibini o‘rganish.

Umumishlab chiqarish xarajatlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir.

Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, mazkur hisobvaraqda quyidagi xarajatlar aks ettirilishi mumkin:


  • mashina va uskunalarni saqlash hamda ulardan foydalanish chiqimlari;

  • ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari;

  • ishlab chiqarish mol-mulkini sug‘urta xarajatlari;

  • ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;

  • ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydalaniluvchi boshqa ijaraga olinadigan vositalar uchun ijara haqi;

  • ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish xaqi to‘lash;

  • shunga o‘xshash maqsadlardagi boshqa xarajatlar.

Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «Yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.

Yuqorida keltirilgan muomalalar hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:

- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi hisoblanganda:

D-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» -3 740 000 so‘m.

K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» -3 740 000 so‘m.

- umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulotlar tannarxiga o‘tkazilganda:

D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarishlar» - 2 200 000 so‘m.

K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 2 200 000 so‘m.

D-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarishlar» - 1 540 000 so‘m.

K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 1 540 000 so‘m.

Umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi alohida yuritiladigan ob’ektlar o‘rtasida taqsimlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan.

2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘ining tahliliy hisobi korxonaning alohida bo‘linmalari va xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi.

Korxonalarda umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri taqsimlash katta ahamiyatga ega. Agarda, umumishlab chiqarish xarajatlari turli mahsulotlarga taqsimlansa, shunday optimal usullardan foydalanish kerakki, u mahsulotlar tannarxini oshirib yubormasin.

Xorijiy amaliyotda quyidagi taqsimlash usullaridan foydalaniladi:



  • bevosita taqsimlash usuli;

  • qayta taqsimlash usuli;

  • tenglamalar sistemasi usuli;

  • ketma-ket taqsimlash usuli.

Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, korxonalar uchun eng maqbul usullar bu - tenglamalar sistemasi va qayta taqsimlash usullaridir. Agarda, bu usullar bilan umumishlab chiqarish xarajatlari taqsimlansa, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hech qaysisining tannarxi oshib yoki kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeini saqlab qolishga yordam beradi.

Taqsimot bazasini aniqlash umumishlab chiqarish xarajatlarni taqsimlashdagi yana bir muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taqsimot bazalariga nisbatan taqsimlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi:

-ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan maydoniga muvofiq;

-ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqiqatda ishlagan ish soatlariga muvofiq;

-ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saqlash xarajatlari ularning joylashgan maydoniga muvofiq;

-ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi xarajatlari hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda;

-asosiy ishlab chiqarish vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari ularning boshlang‘ich qiymatlariga muvofiq.

Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, shakar ishlab chiqarish korxonasida ikkita ishlab chiqarish va bitta ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo‘linma mavjud. Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo‘linmada to‘rtta ishchiga 3 740 000 so‘m ish haqi hisoblangan. Birinchi ishlab chiqarish bo‘linmasidagi ishchilarga 2 200 000 so‘m ish haqi hisoblangan, ikkinchisidagi ishchilarga esa 1 540 000 so‘m hisoblangan. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlaymiz:

Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo‘linmadagi ishchilarga ish haqi xarajatlar mahsulotlar tannarxiga taqsimlanishi kerak. Bunda, taqsimot bazasi ish haqi hisoblanadi. Taqsimlash bazasi foiz ko‘rsatkichlarda quyidagicha bo‘ladi.

2 200 000: (2 200 000 + 1 540 000) x100%=59%

1 540 000:( 2 200 000 + 1 540 000)x100%=41%

Demak, taqsimlanishi lozim bo‘lgan 55000 so‘m yuqoridagi foiz nisbatlarida taqsimlanadi.

3 740 000:100x59%=2 206 600 so‘m

3 740 000:100 x41%=1 533 400 so‘m

Birinchi ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 2 206 600 so‘m o‘tkaziladi, ikkinchi ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 1 533 400 so‘m o‘tkaziladi. Umumiy xarajatlar miqdori 3 740 000 (2 200 000 + 1 540 000) so‘m. Yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:

D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i - 2 200 000 so‘m.

K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i - 2 200 000 so‘m

D-t 2020-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i - 1 540 000 so‘m

K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i - 1 540 000 so‘m.

Har qanday umumishlab chiqarish xarajatlari o‘zlarining taqsimot bazasiga nisbatan yuqoridagi tartibda taqsimlanadi.




Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish