Mehnat resurslaridan foydalanish bevosita ish joyida, aniq ijtimoiy foydali mahsulot ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatishdan iborat bо‘lgan mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda asosiy e’tibor ishlab chiqarishda xodimlardan samarali foydalanishga qaratilishi kerak. Bu kо‘p jihatdan ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirilishi, yangi texnologiyalarni joriy etilishi, personalni boshqarishni takomillashtirilishiga bog‘liqdir.
Kadrlar (xodimlar) — bu muayyan kasbni egallash bо‘yicha tayyorgarlikni о‘tgan, amaliy tajriba va mehnat kо‘nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bо‘lgan kishilardir.
Kadrlarga bо‘lgan talabni aniklash, ularni tayyorlash va kayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bо‘yicha rejalashtirish va xisobga olish va boshqa yо‘nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash zarur.
Ishlab chiqarish, xо‘jalik faoliyatida katnashishiga karab sanoat tarmog‘ida band bо‘lgan barcha kadrlar ikki guruxga bо‘linadi:
sanoat ishlab chiqarishi xodimlari;
nosanoat ishlab chiqarishi xodimlari;
Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bо‘lgan xodimlarning barchasi sanoat ishlab chiqarishi xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, о‘z navbatida, bajaradigan funksiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga bо‘linadi:
Ishchi xodimlar;
Muxandis-texnik xodimlar;
Xizmatchilar;
Ish bajaruvchi kichik xodimlar;
5. Qorovullar va о‘t о‘chiruvchilar, ya’ni korxonani qо‘riqlaydigan va yong‘indan muhofaza qiluvchi xodimlar.
Sanoat ishlab chiqarishi xodimlarning eng muhim va juda kо‘p qismi ishchilar bо‘lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat kо‘rsatish)da bevosita katnashadilar, jixozlarni ta’mirlaydilar, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nixoyat ta’mirlash - qurish ishlarini bajaradilar.
Ishchilardan keyingi о‘rinda muhandis-texnik xodimlar turadi va ular rahbar xodimlar xisoblanadi. Ularga direktorlar, boshkaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassislar, xizmat kо‘rsatish bо‘limlarining rahbarlari kiradi.
Xizmatchilar kategoriyasiga xujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xо‘jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi.
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va taxlil etishda, ayniqsa, mehnat unumdorligini hisoblash, о‘rtacha ish haqini, kadrlar qо‘nimsizligini aniklash uchun xodimlarning о‘rtacha soni kо‘rsatkichi kо‘p ishlatiladi.
Kadrlar salohiyatini mikdoriy baxolash bilan birgalikda ularni sifat jixatdan xam tavsiflash kerak bо‘ladi. Bu jixatlar xodimlarning professional va malakaviy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi о‘rinda «mutaxassislik», «ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yuzaga keladi.
Mutaxassislik — bu, ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish uchun insonga zarur bо‘lgan bilimlar va malakalar yig‘indisi. Masalan, iqtisodchi, marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter yoki texnika soxasida — muxandis, mexanik, energetik va h.k.lar
Ixtisos — insonning hosil kilgan bilimlar va amaliy kо‘nikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’naviy soxasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi.
Malaka — muayyan mutaxassislik va ixtisoslik bо‘yicha murakkab ishni bajarish uchun zarur bulgan bilim va ilm xamda mehnat kо‘nikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun о‘rtacha koeffitsiyent va о‘rtacha tarif koeffitsiyenti razryadi belgilanadi.
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshka jarayonga almashinishi bilan boshkaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassisliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barxam topadi.
Kadrlar ilmini о‘rganish nazariyasida «Kadrlar tuzilmasi» degan tushuncha mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 75 foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xodimlar esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan kо‘rinib turibdiki, xodimlar kategoriyalari, ya’ni ularning tarkibiy qismlari о‘rtasidagi nisbat ularning tuzilmasini, ya’ni strukturasini ifodalaydi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda xam bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmokning murakkabliligiga, korxona (firma)ning katta-kichikligiga, texnikaviy va texnologik jixatdan kurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga, mehnat kо‘nikmasiga, soxaning xamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshka kator xususiyatlarga bog‘lik.
Do'stlaringiz bilan baham: |