Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshda bо‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va о‘smirlar) mehnat qilayotgan shaxslarning jamlanmasidir.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyotiga muvofiq iqtisodiy faol aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun о‘rnatilgan yoshda (15-72 yosh) bо‘lgan, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish uchun ish kuchi taklif etilishini ta’minlaydigan aholi qismidir. Iqtisodiy faol aholiiqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida ish bilan band bо‘lganlar va ishsizlarni qamrab oladi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun о‘rnatilgan yoshda bо‘lgan, ish bilan band bо‘lmaganlar, lekin ish qidirmayotganlar va ishlashga tayyor emaslarni iqtisodiy faol bо‘lmagan aholi tarkibiga kiritadi.
О‘zbekiston Respublikasi statistika organlari iqtisodiy faol aholiatamasini 1993 yildan e’tiboran faol qо‘llashga kirishgan. Mamlakatda amaldagi qonunchilikka muvofiq,iqtisodiy faol aholierkaklar uchun 44 yilni (16 yoshdan 60 yoshgacha), ayollar uchun esa 39 yilni (16 yoshdan 55 yoshgacha) tashkil etadi. Iva II guruh nogironlar hamda imtiyozli pensiya oluvchilar bundan istisnodir.
6.1-jadval
Mehnat resurslari va ular bilan bog‘liq tushunchalar
Iqtisodiy atamalar
|
Iqtisodiy atamalar talqini
|
Inson
|
Mehnat qilish qobiliyatining eltuvchisi
|
Moddiy resurslar
|
Moddiy ashyo omillari: yer va kapital
|
Inson resurslari
|
Insonning mehnat qilishva tadbirkorlik qobiliyati
|
Inson kapitali
|
Inson tomonidan ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish jarayonida foydalaniladigan qobiliyat va sifatlar zahirasining jamlanmasi
|
Ish kuchi
|
Inson mehnat faoliyati jarayonida foydalanadigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining jamlanmasi
|
Mehnat resurslari
|
Mehnatga layoqatli yoshda bо‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensioner-
lar va о‘smirlar) mehnat qilayotgan shaxslarning yig‘indisi
|
Iqtisodiy faol aholi
|
Iqtisodiy faolligini belgilash uchun о‘rnatilgan yoshda bо‘lgan, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish uchun ish kuchi taklif etilishini ta’minlaydigan aholi qismi: iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida ish bilan band bо‘lganlar,ishsizlar vaish kuchini taklif etayotganlar
|
Iqtisodiy faol bо‘lmagan aholi
|
Aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun о‘rnatilgan yoshda bо‘lgan, ish bilan band bо‘lmaganlar, lekin ish qidirmayotganlar va ishlashga tayyor bо‘lmagan
|
О‘zbekistonda iqtisodiy faol bо‘lmagan aholitarkibigamehnat qilishga qobiliyatli va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
• ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bо‘lmagan о‘quvchilar va talabalar;
• ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari;
• uybekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bо‘lgan ishlamayotgan ayollar;
• kо‘char va kо‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar;
• ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bо‘lmagan shaxslar kiradi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular iqtisodiy о‘sishga ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida mehnat resurslarining miqdori va sifatini alohida ajratib kо‘rsatishadi. Ular nazariyasiga muvofiq mehnat resurslarining miqdori iqtisodiyotda band bо‘lgan kishilar soni hamdaularning mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi ulushi bilan belgilanadi. Mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi va mehnat unumdorligiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar sifatida esa kishilar salomatligining yaxshilanishi, kasb tayyorgarligi, bilimi va manfaatdorligining о‘sishi kо‘rsatkichlari keltiriladi1.
Mehnat resurslari miqdor va sifat kо‘rsatkichlariga egadir. Mehnat resurslarining miqdor kо‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
• mehnatga layoqatli aholining umumiy soni;
• tarkib topgan mehnat unumdorligi va intensivligi sharoitlarida ish bilan band aholi ishlab beradigan ish vaqti.
Mehnat resurslarining sifat kо‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
• mehnatga layoqatli aholining salomatligi, jismoniy layoqatligi;
•mehnatga layoqatli aholining bilim va kasbiy-malaka tayyorgarligi darajasi.
Mehnat resurslarining miqdor va sifat kо‘rsatkichlari jamlanmasi mehnat salohiyatini tashkil etadi.
Mehnat resurslari quyidagi xususiyatlarga egadir:
1. Ular ish beruvchi bilan ajralmas yaxlitlikda, ana shu xodimlarga ish haqi kо‘rinishida quyidagicha daromad keltiradi: mehnat foliyati+ bilim, tajriba, malaka = daromad.
2. Agar xodimlarning mehnat qobliyatidan uzoq vaqt davomida foydalanilmasa, vaqt о‘tishi sari ularning mehnati samaradorligi pasaya boshlaydi. Mehnat qobiliyati – bu birorfaoliyatni amalga oshirish kо‘nikmasidir. Vaqt о‘tishi bilan nazariy bilimlar yoddan chiqadi va eskiradi, tajriba ham yо‘qoladi. Mehnat qobiliyatini yо‘qotmaslik uchun undan muttasil foydalanish bilan birga bu salohiyatni yanada oshirish uchunyangi bilimlarni egallash, tajribani oshirish talab qilinadi.
Mehnat resurslarining quyidagi toifalari farqlanadi:
• ishchilar – ular ishlab chiqarishda bevosita mahsulot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazib berishda ishtirok etayotgan, shuningdek mashina–uskunalarni sozlash, ta’mirlash va hokazolar bilan shug‘ullanadiganxodimlardir;
• mutaxassislar – muayyan ixtisoslikka ega va shu sohada ishlab chiqarishda mehnat jarayoninnitashkil etuvchilardir;
• rahbarlar– xodimlar mehnat faoliyatini uyushtiradigan ishlab chiqarish tashkilotchilaridir.
Mehnat resurslari(ularning eltuvchisi hisoblangan xodimlar) о‘z shaxsiy xususiyatlariga egadir. Ushbu xususiyatlar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin, ya’ni u:
• mehnat sharoitlaridan voz kechish;
• о‘z xohishiga kо‘ra ishdan bо‘shash;
• mehnat samaradorligini mehnat sharoitlaridan qat’i nazar о‘zgartirish;
• bilimlarini oshirish, mutaxassisligini о‘zgartirish;
• hududiy bog‘liq bо‘lish;
• ijtimoiy jihatdan turlicha bо‘lish;
• mehnat resurslariga chiqimlar – muzokaralar mavzusi ekanligini anglash;
• kapital bilan о‘rnini almashtira olish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |