6.3. Mehnat unumdorligi Mehnat faoliyatining samaradorligi -mehnat faoliyatining pirovard iqtisodiy natijasi kо‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki kо‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat sarfiga nisbatan, ya’ni mehnat sarfi birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan о‘lchanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat faoliyatining samaradorligi darajasi hamda о‘sishiga bog‘liqdir.
Mehnat unumdorligi –xodim tomonidan vaqt birligidaishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini aks ettiradigan mehnat samaradorligining kо‘rsatkichidir. Uning teskari miqdoriy kо‘rsatkichi – mehnat sig‘imi bо‘lib, u mahsulot birligiga sarflangan vaqt miqdorini kо‘rsatadi.
6.2-rasm. Mehnat unumdorligi va mehnat faoliyati samaradorligining mohiyati
Mehnat unumdorligining iqtisodiy mohiyatini tahlil etishda mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar kо‘rsatish) uchun saflanadigan mehnat bevosita mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida sarflanayotgan jonli mehnat hamda moddiylashtirilganmehnatdan, ya’ni avval yaratilgan, hozir ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mehnatdan iborat eaknligini yodda tutish lozim.
Jonli mehnatning funksiyasi faqat yangi qiymatni yaratishdan iborat bо‘libgina qolmasdan, shuningdek ishlab chiqarishning ashyoviy unsurlarida moddiylashtirilgan ish vaqtini yangidan yaratilayotgan mahsulotga о‘tkazishdan ham iboratdir.Shuning uchun jonli mehnatning unumdorliksalohiyati yangi iste’mol qiymatini yaratishga qodirligida о‘z ifodasini topadi. Mehnat unumdorligini oshirishning umumiy tendensiyasi shundan iboratki, mahsulotda jonli mehnatning ulushi kamaygan holda moddiylashtirilgan mehnatning (xomashyo, materiallarning) ulushi ortib boradi. Ammo bunda mahsulot birligiga sarflangan mehnatning umumiy miqdori kamayadi. Ana shu mehnat unumdorligini oshirishning asosiy mohiyatidir.
Mehnat unumdorligining indikatorlarini aniqlashga turlicha yondashuvlar bor. Amaliyotda bu indikatorlarni tanlash, birinchidan, u yoki bu ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligining darajasiga, ikkinchidan,mehnat unumdorligini aniqlash bо‘yicha korxonaning iqtisodiy xizmati oldiga qо‘yilgan vazifaga bog‘liqdir.
Mehnat unumdorligini о‘lchash darajasi bо‘yicha bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan shaxsiy ish joylarini (brigada, uchastkalar) ajratib kо‘rsatish mumkin.Mazkur holatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiva mehnat unumdorligini aniqlashning natura usulini (dona, tonna, kub metr va hokazolar) qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Lekin, odatda, faqat bir xil mahsulotlar ishlab chiqariladigan ish joylari kam uchraydi. Shu sababli amaliyotda shartli-natura usulidan foydalaniladi.
Korxonadagi ish joylari, brigadalar va uchastkalar turli va о‘zgarib turadigan mahsulotlar ishlab chiqariladigan bо‘lsa, mehnat usulini qо‘llash lozim bо‘ladi.Bunda mahsulot yoki ish hajmi hamda mehnat unumdorligi norma-soatlarda о‘lchanadi (ish hajmi tegishli vaqt normasiga kо‘paytirilib, natijalari jamlanadi).
Mehnat unumdorligini bu usulda о‘lchashning qator kamchiliklari bor (normalarning zarur darajada asoslanmaganligi, ularning tez-tez qayta kо‘rib chiqilishi va hokazolar)
Korxona, shuningdek iqtisodiyot tarmog‘i darajasida ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini о‘lchash uchun qiymat usuli ishlatiladi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning barcha turlari yagona pul kо‘rsatkichida ifoda etiladi. Mazkur usulda hajm kо‘rsatkichlari tegishli ulgurji narxlarga kо‘paytiriladi. Mehnat unumdorligi ham pul hisobida ifoda qilinadi.
Mazkur usulda aniq bir sharoit uchun qо‘llansa bо‘ladigan ishlab chiqarish hajmlarini hisoblab chiqish ancha murakkabdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish hajmlarini о‘lchashda eng kо‘p yalpi, tovar va realizatsiya qilingan mahsulot hajmi kо‘rsatkichlari ishlatiladi. Lekin ulgurji narxlar bir xil bо‘lganda korxona usulida hisoblab chiqilgan yalpi mahsulot tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari miqdoriga kо‘ra tovar mahsulotidan, realizatsiya qilingan mahsulot esa tovar mahsulotidan (realizatsiya qilishga mо‘ljalangan, lekin realizatsiya qilinmagan qoldiq miqdoriga) farq qiladi.Bundan mehnat unumdorligi darajasini yalpi mahsulot hajmiga qarab hisoblash aniqroq bо‘ladi degan xulosa chiqarish mumkin.
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat unumdorligini realizatsiya qilingan mahsulot hajmi asosida aniqlash maqsadga muvofiqdir. Chunki, tugallanmagan ishlab chiqarish va realizatsiya qilinmagan mahsulot qoldiqlarining kо‘payishi iqtisodiy ahamiyatga ega emas.
Shuning uchun shartli-sof mahsulot hajmi aniqlanadi. Buning uchun yalpi mahsulot qiymatidan bevosita moddiy xarajatlar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, yonilg‘i va hokazolar) olib tashlanadi. Natijada bu qiymat tarkibida ish haqi va majburiy tо‘lovlar, asosiy fondlarning amortizatsiyasi va foyda miqdori qoladi.
Sof mahsulot hajmi deyilganda esa yalpi mahsulot hajmidan moddiy xarajatlardan tashqari amortizatsiya qiymatini ham olib tashlash tushuniladi.
Ammo bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham narx-navoning о‘zgarishi sof mahsulot kо‘rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulotga qaraganda ham kо‘proq ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun normativ sof mahsulot kо‘rsatkichi ishlab chiqilgan. Bu indikatorga sof mahsulot kо‘rsatkichidan farqli ravishda majburiy tо‘lovlar bilan birga ish haqi normativi va tarmoq bо‘yicha о‘rtacha foyda kiritilgan.
Lekin amaliyotda bu uslubning qator nuqsonlari (mahsulot barcha turlari uchun ish haqi normativlari tizimini ishlab chiqish, ish haqi normativlari darajasini oshirishga moyillik sababli mehnat sarfining ortishi, indikatorning korxona pirovard moliyaviy natijalari bilan bog‘liq emasligi va hokazolar) ayon bо‘ldi. Shu sababli uni faqat tahlil maqsadlarida ishlatish о‘rinli deb hisoblanadi.