Mavzu. Korxonaning mehnat


Mehnat resurslaridan foydalanish



Download 64,7 Kb.
bet5/10
Sana19.03.2023
Hajmi64,7 Kb.
#920323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-MAVZU KORXONANING MEHNAT RESURSLARI 2

Mehnat resurslaridan foydalanish bevosita ish joyida, aniq ijtimoiy foydali mahsulot ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatishdan iborat bо‘lgan mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda asosiy e’tibor ishlab chiqarishda xodimlardan samarali foydalanishga qaratilishi kerak. Bu kо‘p jihatdan ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirilishi, yangi texnologiyalarni joriy etilishi, personalni boshqarishni takomillashtirilishiga bog‘liqdir.
Kadrlar (xodimlar) — bu muayyan kasbni egallash bо‘yicha tayyorgarlikni о‘tgan, amaliy tajriba va mehnat kо‘nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bо‘lgan kishilardir.
Kadrlarga bо‘lgan talabni aniklash, ularni tayyorlash va kayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bо‘yicha rejalashtirish va xisobga olish va boshqa yо‘nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash zarur.
Ishlab chiqarish, xо‘jalik faoliyatida katnashishiga karab sanoat tarmog‘ida band bо‘lgan barcha kadrlar ikki guruxga bо‘linadi:

  1. sanoat ishlab chiqarishi xodimlari;

  2. nosanoat ishlab chiqarishi xodimlari;

Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bо‘lgan xodimlarning barchasi sanoat ishlab chiqarishi xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, о‘z navbatida, bajaradigan funksiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga bо‘linadi:

  1. Ishchi xodimlar;

  2. Muxandis-texnik xodimlar;

  3. Xizmatchilar;

  4. Ish bajaruvchi kichik xodimlar;

5. Qorovullar va о‘t о‘chiruvchilar, ya’ni korxonani qо‘riqlaydigan va yong‘indan muhofaza qiluvchi xodimlar.
Sanoat ishlab chiqarishi xodimlarning eng muhim va juda kо‘p qismi ishchilar bо‘lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat kо‘rsatish)da bevosita katnashadilar, jixozlarni ta’mirlaydilar, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nixoyat ta’mirlash - qurish ishlarini bajaradilar.
Ishchilardan keyingi о‘rinda muhandis-texnik xodimlar turadi va ular rahbar xodimlar xisoblanadi. Ularga direktorlar, boshkaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassis­lar, xizmat kо‘rsatish bо‘limlarining rahbarlari kiradi.
Xizmatchilar kategoriyasiga xujjatlarni tayyorlovchi, ular­ni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xо‘jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi.
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va taxlil etishda, ayniqsa, mehnat unumdorligini hisoblash, о‘rtacha ish haqini, kadrlar qо‘nimsizligini aniklash uchun xodimlar­ning о‘rtacha soni kо‘rsatkichi kо‘p ishlatiladi.
Kadrlar salohiyatini mikdoriy baxolash bilan birgalikda ularni sifat jixatdan xam tavsiflash kerak bо‘ladi. Bu jixatlar xodimlarning professional va malakaviy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi о‘rinda «mutaxassislik», «ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yuzaga keladi.
Mutaxassislik — bu, ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish uchun insonga zarur bо‘lgan bilimlar va malakalar yig‘indisi. Masalan, iqtisodchi, marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter yoki texnika soxasida — muxandis, mexanik, energetik va h.k.lar
Ixtisos — insonning hosil kilgan bilimlar va amaliy kо‘nikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’­naviy soxasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi.
Malaka — muayyan mutaxassislik va ixtisoslik bо‘yicha murakkab ishni bajarish uchun zarur bulgan bilim va ilm xam­da mehnat kо‘nikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun о‘rtacha koeffitsiyent va о‘rtacha tarif koeffitsiyenti razryadi belgilanadi.
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshka jarayonga almashinishi bilan boshkaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassisliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barxam topadi.
Kadrlar ilmini о‘rganish nazariyasida «Kadrlar tuzilma­si» degan tushuncha mavjud. Masalan, korxona xodimlari umu­miy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 75 foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xo­dimlar esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan kо‘rinib turibdiki, xodimlar kategoriyalari, ya’ni ularning tar­kibiy qismlari о‘rtasidagi nisbat ularning tuzilmasini, ya’ni strukturasini ifodalaydi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda xam bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmokning murakkabliligiga, korxona (firma)ning katta-kichikligiga, texnikaviy va texnologik jixatdan kurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga, mehnat kо‘nikmasiga, soxaning xamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshka kator xususiyatlarga bog‘lik.



Download 64,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish