Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun resabulikamizda ancha ishlar qilinmoqda: O‘zbekiston tadbirkorlari ittifoqi va O‘zbekiston tadbirkor ayollari uyushmasi, mahalliy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (biznes fond) kabi tashkilotlar kuchayib bormoqda. 2003 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab turgan kichik va o‘rta biznes subyektlari soni 227 ming donani yoki ro‘yxatga olinganlarining 90 foizini tashkil qildi. Korxona birlashmalari O‘zbekistonning iqtisodiy amaliyotida xo‘jalik assotsiatsiyalari kabi jamoa korxonalari keng tarqalgan. Ularning mohiyati shundaki, firmalar qaysi tarmoqlarga talluqligi, mulk shaklidan qa’tiy nazar o‘zlarining boshqaruv vazifalari vakolatlarining bir qismini yangidan tuzilayotgan apparatga o‘tkazib birlashadilar. Bunda huquqiy shaxs maqomli, boshqaruv tanidagi yangi korxona tuziladi. Xo‘jalik ulanmalarining bir necha turlarini farqlaydilar. Masalan, konsern– ilmiy- texnik va ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishni, investitsion, moliyaviy, tabiatni muxofaza qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni birga amalga oshiruvchi korxonalarning birlashmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |