Hissadorlik jamiyatlarining ikkita turi: ochiq va yopiq turlari mavjud. Ochiq turdagi korporatsiyalarda (OTHJ) (aksiyalari ochiq savdoda bo‘lgan va uzlarining moliyaviy faoliyatlari haqida xabardor qilib turadiganlarda) hissadorlik soni yuzlab va minglab kishilarni tashkil qilishi mumkin. Yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlarda (YOTXJ) o‘z moliyaviy – xo‘jalik faoliyatining natijalarini oshkor qilmaydilar. Odatda, mehnat jamoasining a’zolari, shuningdek, oraliq korxonalarining xodimlari aksiyalarning egalariga aylanadilar. Garchi egalik qilish va boshqarish katta ochiq va yopiq jamiyatlarda, korporatsiyalarda bo‘lingan bo‘lsa ham hissadorlar boshqaruvda o‘zlarining ovoz berish huquqidan foydalanib bilvosita qatnashishlari mumkin.HJ ni boshqarishning oliy organi hissadorlarning umumiy majlisi bo‘lib, uning mutloq vakolatiga nizomni va nizomiy jamg‘armani o‘zlashtirish, direktorlarni saylash, faoliyatining yillik natijalarni tasdiqlash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |