Hisob yuritish tizimi
Korxona daromad va xarajatlarining tahlili;
Buxgalteriya moliyaviy hisob schyotlar rejasini qayta ishlash (soliq hisobiga moslashtirish);
Soliq hisobi registrlarini ishlab chiqish va yuritish;
Soliq hisobotini tuzish.
2.2-rasm. Soliq hisobini tashkil etish variantlari
Soliq hisobining metodi umumqabul qilingan buxgalteriya hisobining metodi va usullariga asoslanishdan tashqari, o‘zining maxsus metod va usullariga ega.
Soliq hisobining metodi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik operatsiyalari, aktivlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar, daromad, xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi usullar majmuasidir. Shunday qilib, soliq hisobining tamoyillari va metodini belgilab oldik. Tamoyillar va metodga asoslangan holda soliq hisobini olib borish metodologiyasining nazariy muammolarini echishga harakat qilamiz. Soliq hisobotini olib borish metodikasi bo‘yicha ham mutaxassislarning fikrlari har xil.
Soliq hisobining registrlari.
Hisob registrlari ikki guruhga bo‘linadi: analitik va sintetik. Soliq hisobining analitik registlari - buxgalteriya hisobi schyotlariga taqsimlanmagan (aks ettirilmagan) holda hisob davridagi soliq hisobi ma’lumotlarini guruhlashtirilgan, tizimlashtirilgan yig‘ma shakllaridir. Analitik registrlar soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va hisob siyosatiga ilova qilinadi. Hisob registrlarini yuritish asosida soliq hisobini tashkil etish tizimi ishlab chiqiladi (2.3-rasm). Rossiya Federatsiyasi Soliqlar va yig‘imlar vazirligining 2001 yil 19 dekabrdagi «Soliq hisobini tizimi to‘g‘risida»gi axborot xabarnomasida soliq hisobining 51 ta registri mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda 5 ta guruhga bo‘lgan:
1. Oraliq hisob-kitob registrlari;
2. Soliq hisobi birligi holatini hisobga oluvchi registrlar;
3. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga oluvchi registrlar;
4. Hisobot ma’lumotlarini shakllantiruvchi registrlar;
5. Tijorat bo‘lmagan korxonalarni maqsadli mablag‘larini hisobga oluvchi registrlar.
Soliq to‘lovchilar soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobi ma’lumotlari bilan ta’minlashga kerak bo‘ladigan registrlar mustaqil holda ishlab chiqadi hamda yuritiladi.
Bizning fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining tegishli boshqarmalari tomonidan yagona shakldagi registlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Soliq hisobining ba’zi analitik hisob registrlari ishlab chiqilgan. Jumladan, mol-mulk solig‘ini hisob-kitob registri jadvalda keltirilgan.
Ushbu registrning qulayligi shundan iboratki, bunda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatlari, ularning eskirish summalari har oy uchun ko‘rsatiladi. Shuningdek mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz summalarini, soliqqa tortiladigan baza summalarini hisoblash osondir.Bu registrni amaliyotda qo‘llash buxgalterlar va soliq xizmati xodimlariga qulayliklar yaratadi.Soliq hisobi registrlarining shakllarini keyingi mavzularda soliq turlari bo‘yicha hisob metodologiyasini o‘rganish jarayonida, aniq ma’lumotlarga asoslangan holda ko‘rib chiqiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliq hisobini tashkil etish, uni yuritishning metodikasi, foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi, registrlarni o‘zgarishining soliq hisobi siyosatida aniq ko‘rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |