Mavzu. Korxonalar buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan vazifalar va ularning ahamiyati reja: «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»


MAVZU. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish xususiyatlari



Download 33,46 Kb.
bet3/7
Sana18.02.2022
Hajmi33,46 Kb.
#450358
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-фан 1-4 мавзу

MAVZU. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish xususiyatlari.
Reja:

  1. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi.

  2. Byudjettashkilotlaridabuxgalteriyahisobiningvazifalari.

  3. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shakli.

Byudjet tashkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidanmablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiymanbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yichabyudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekistonRespublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuniga vaO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalarigahamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. 
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlariningtizimidagi byudjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsadfoydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosijarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviyaxborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat. 
Byudjettashkilotlaridabuxgalteriyahisobiningvazifalariquyidagilardan iborat: 
- Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlarasosida tashkil etish; 
- Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardanmaqsadli foydalanishni ta’minlash; 
-Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarinihujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; 
-Byudjettashkilotlaribuxgalteriyahisobi hisobvaraqlaridaaktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarningholati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosinatijalarini shakllantirish; 
- Byudjetijrosigaoid buxgalteriyahisobima’lumotlariniumumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir; 
- Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborottexnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar. 
Byudjettashkilotlaridabuxgalteriyahisobinialohida hususiyatlariquyidagilardan iborat: 
1. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi; 
2. Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi; 
3. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarnishakllantirilishi; 
4. Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilingan xolda yuritilishi. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklidaolib boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — 
jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma,381-son shakl; 
2-memorial order – byudjet mablag’larining harakatiga doir jamlanmaqaydnoma, 381-son shakl; 
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir 
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitobvaraqalari yig’indisi, 405-son shakl; 
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yichajamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 
9-memorial order –asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doirjamlanma qaydnoma, 398-son shakl; 
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; 
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-sonshakl. 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiyfondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi,yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo’yichaalohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchunalohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. 
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talabqilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohidamemorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlarberilib ko’rsatiladi. 
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo 
boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. 
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. 
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”daro’yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. 
Byudjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
 buxgalteriya hisobini Yo’riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; 
 buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish
 byudjet mablag’larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; 
 tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchiliktalablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish; 
 tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini,shuningdek,ta’lim
muassasalaridatalabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish;
 smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; 
 pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; 
 moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidantushuntirish ishlarini o’tkazish; 
 moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish; 
 moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; 
 tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa); 
 asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish; 
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisobkitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozimshtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa); 
 qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.

Download 33,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish