2-rasm. Korxona va tashkilotlarni texnik-iqtisodiy jihatlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini belgilovchi ko’rsatkichlari
Avval ta’kidlaganimizdek, kompaniyalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish jarayonlari, uning rivojlanish tsiklining turli bosqichlarida farqlanadi. Ayniqsa, kompaniyalarning inqirozli holatlarida moliyaviy boshqaruvni oqilona va har tomonlama chuqur o’ylagan holda tashkil etish talab qilinadi.
Shuningdek, kompaniyalarda inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil qilishda asosan quyidagi shartlarning mavjudligi muhim hisoblanadi: inqirozga qarshi boshqaruvni amalga oshiruvchi mutaxassislar, moliyaviy menejerlar, moliyaviy rahbarlar guruhining maxsus tayyorgarliklari, o’z ishlarini mukammal bilishlari va professionalligi; inqiroz holatlarida monitoring tizimi ishlarini sifatli amalga amalga oshirilishi; inqiroz kelib chiqish sabablarini o’z vaqtida bashorat qilish va inqirozga qarshi tadbirlar dasturini loyihalashtirish; iqtisodiy inqiroz davrida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni metodoloyasini ishlab chiqish va rivojlantirish; inqirozga qarshi qabul qilingan dasturlarning sifatliligi; inqirozga qarshi boshqaruv mutaxassislarining ro’y berayotgan holatlarga tezkor va mushohada bilan ta’sir ko’rsata olishi.
XULOSA
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarni bankrotlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash va moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlili borasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Hozirgi kunda barcha korxonalarda o’z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag’larining to’g’ri nisbatga bo’lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarni bajarilmasligi esa korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin. Shu boisdan ishda bankrotlik tushunchasining iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati ochib berildi va korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib keluvchi sabablar o’rganildi.
2.Ishda korxonaning mulkiy holatini ifodalovchi ko’rsaktichlarni iqtisodiy mazmuni jihatdan va mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan usullari tadqiq qilindi. Xususan, tadqiqot ob’ekti “Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaliy ma’lumotlarini qo’llagan holda mulkiy holati ko’rsatkichlari tuzilmasi tahlil qilindi va tegishli tavsiyalar berildi. Tahlil qilinayotgan korxonada muddati o’tgan debitorlik va qarzlar mavjud emas. Bular korxona mablag’lari tuzilmasini yaxshilaydi hamda moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3.Korxonaning to’lov qobiliyati eng muhim ko’rsatkich hisoblanib – u korxonaning moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To’lov qobiliyati korxonaning o’z aylanma mablag’larining saqlanuvchanligini, tez pulga aylanadigan aylanma aktivlarning holatiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liq.
4.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar uchun zarur shart – moliyaviy hisob-kitob intizomiga qat’iy rioya qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |