chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli
ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ma’rifat hamda
bilim berishni anglatadi;
to‘rtinchidan,
fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri
bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy
salohiyatni, ijodiy
kuch-quvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni
tarbiyalashga, mamlakatda kudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini
ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda
ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim
dasturlarining
izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim.
5. Oliy ukuv Yurtdan kdyingi ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim.
6. Kadrlar malakasini oshirish va
O‘rta maxsus, kasb-hunar
ularni qayta tayyorlash.
ta’limi.
Oliy ta’lim.
7. Maktabdan tashqari ta’lim.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim
samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi - axborot
resurslarnga, 64 foizi - inson omiliga bog‘liq. Bu uchala omil bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning
moddiy- texnik bazasi, mavjud
resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi
va uning ratsional rnvojlanishini belgilab beradi.
Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga
aylandi. Davlat byudjetidan ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 foiz
mablag‘ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan mablag‘lar
byudjet harajatlar
qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga
yo‘naltirilayotgan harajatlar xajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10-12
foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5
foizdan
oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsagayotgan
maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash
ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya,
mebel jihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga Yuksak e’tibor
qaratilmoqda.
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim
muassasalarining moddiy-
texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga
qamrab olish ko‘rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta
maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun
jami 2,2 trillion sum mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
293
2016 yilda maktabgacha ta’lim muassalariga bolalarni kamrab olish 27 foizni
tashkil etgan, kelajakda uni 80 foizga etkazish rejalashtirilgan. SHuningdek,
qarorda qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini kurish,
ularni zamonaviy talablarga
javob beradigan jihozlar, o‘quv-metodik
qo‘llanmalar va multimedia vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda
oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor
vazifalar. O‘zbekistonda keyingi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv Yurti tashkil
qilindi va ularning umumiy soni - 112 ta, Bularning 13 tasi xorijiy oliy ta’lim
muassasalarining filiallaridir
21
.
Do'stlaringiz bilan baham: