Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Koreya respublikasi haqida bilim berish Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Koreys xalqining ijobiy xususiyatlaridan o’rnak olishga o’rgatish Rivojlantiruvchi: Qo’shimcha adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan foydalangan holda dars mazmunini boyitish Fanga oid kompetensiya: Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Atrof muhitni muhofaza qilish kompetensiyasi Darsning borishi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari: - Sanoati
- Qishloq xo’jaligi
- Iqtisodiy rayonlari
- Foydalanilgan metod:
- savol-javob
- Xotira mashqi
- Poytaxtlar va xarita o’yini
Yangi mavzu bayoni: Foydalanilgan metod: Koreyaga sayohat (videorolik ko’rsatiladi), Suhbat metodi. Yangi mavzu bayoni: Koreya respublikasi Sharqiy Osiyoda, Koreya yarim orolining janubiy qismida joylashgan. Qirg’oqlari sharqda yapon dengizi, g’arbda Sariq dengiz, janubda Koreya bo’g’izi va Sharqiy Xitoy dengizi suvlari bilan yuviladi. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Koreya Respublikasiga 3000 taga yaqin orollar tegishli bo’lib ulardan eng yirigi Chedjudo oroli hisoblanadi. Boshqaruv shakli –Prezidentlik Respublikasi. Ma’muriy-hududiy jihatdan 9 ta provinsiya, provinsiyaga tenglashtirilgan 6 ta shahar va alohida maqomga ega 1 tashaharga bo’lingan unitary davlat hisoblanadi. Poytaxti-Seul- mamlakatning shimoli- g’arbida joylashgan. Tabiiy sharoiti va resurslari. Koreya Respublikasi qadimgi platformada joylashgan bo’lib, relyefi asosan kuchli parchalangan o’rtacha balandlikdagi tog’lardan iborat. Foydali qazilmalardan mamlakatda ko’mir, volfram, temir, rux, qo’rg’oshin, oltin konlari bor. Lekin zaxiralari nisbatan kam. Koreya iqlimi mo’tadil iqlim bo’lib, musson shamollari ta’sirida shakllanadi. Hududining katta qismini aralash igna bargli va keng bargli o’rmonlar egallagan. Aholisi 51 mln dan ziyod aholi yashaydi. Tabiiy ko’payish (0,1-0,2%). Urbanizatsiya darajasi: 80% Eng yirik shaharlari: seul, Pusan, Tegu, Inchxon, Kvanchju va Tedjon. Aholi zichligi 1 km kv ga 500 kishidan ziyod. Iqtisodiyoti. 1980- yildan boshlab rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishdi. “Samsung-Elektroniks”, “Posko” kabi yirik transmilliy korporatsiyalari mavjud. Yangi mavzuni mustahkamlash: Foydalaniladigan metod: “Ma’lumotlar zanjiri” Amaliy mashg’ulot Koreya respublikasining aholisi 51 mln Urbanizatsiya darajasi 80 % Koreyaning shahar va qishloq aholisi sonini hisoblab toping. Amaliy mashg’ulotning bajarilishi: 51 mln__________100% X __________80% 100 X ___________4080 X = 4080: 100 X = 40,8 mln 51 mln - 40,8 mln = 10,2 mln Javob: Shahar aholisi soni : 40,8 mln Qishloq aholisi: 10,2 mln. Darsni yakunlash: Uyga vazifa berish. Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish, O’zbekistondagi Koreya va O’zbekiston qo’shma korxonalari ro’yxatini tuzish, Koreya iqtisodiy geografik o’rnining qulay va noqulay jihatlariga ta’rif yozib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |