Mavzu: Koreya respublikasi Darsning maqsadi



Download 3,65 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi3,65 Mb.
#792956
Bog'liq
Koreya respublikasi

Mavzu: Koreya respublikasi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga Koreya respublikasi haqida bilim berish

Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Koreys xalqining ijobiy xususiyatlaridan o’rnak olishga o’rgatish

Rivojlantiruvchi: Qo’shimcha adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan foydalangan holda dars mazmunini boyitish

Fanga oid kompetensiya:

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

Atrof muhitni muhofaza qilish kompetensiyasi

Xarita bilan ishlash


Darsning qismlari

Rejalashtirilgan vaqt

Tashkiliy qism

2 daqiqa

O’tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

Darsni yakunlash

3 daqiqa

Darsning borishi:

Kirish: Salomlashish, psixologik iqlim yaratish

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari:

  • Sanoati
  • Qishloq xo’jaligi
  • Iqtisodiy rayonlari
  • Foydalanilgan metod:
  • savol-javob
  • Xotira mashqi
  • Poytaxtlar va xarita o’yini

Yangi mavzu bayoni: Foydalanilgan metod: Koreyaga sayohat (videorolik ko’rsatiladi), Suhbat metodi.

Yangi mavzu bayoni:

Koreya respublikasi Sharqiy Osiyoda, Koreya yarim orolining janubiy qismida joylashgan. Qirg’oqlari sharqda yapon dengizi, g’arbda Sariq dengiz, janubda Koreya bo’g’izi va Sharqiy Xitoy dengizi suvlari bilan yuviladi. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Koreya Respublikasiga 3000 taga yaqin orollar tegishli bo’lib ulardan eng yirigi Chedjudo oroli hisoblanadi.

Boshqaruv shakli –Prezidentlik Respublikasi. Ma’muriy-hududiy jihatdan 9 ta provinsiya, provinsiyaga tenglashtirilgan 6 ta shahar va alohida maqomga ega 1 tashaharga bo’lingan unitary davlat hisoblanadi. Poytaxti-Seul- mamlakatning shimoli- g’arbida joylashgan.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Koreya Respublikasi qadimgi platformada joylashgan bo’lib, relyefi asosan kuchli parchalangan o’rtacha balandlikdagi tog’lardan iborat. Foydali qazilmalardan mamlakatda ko’mir, volfram, temir, rux, qo’rg’oshin, oltin konlari bor. Lekin zaxiralari nisbatan kam.

Koreya iqlimi mo’tadil iqlim bo’lib, musson shamollari ta’sirida shakllanadi. Hududining katta qismini aralash igna bargli va keng bargli o’rmonlar egallagan.

Aholisi 51 mln dan ziyod aholi yashaydi. Tabiiy ko’payish (0,1-0,2%). Urbanizatsiya darajasi: 80% Eng yirik shaharlari: seul, Pusan, Tegu, Inchxon, Kvanchju va Tedjon. Aholi zichligi 1 km kv ga 500 kishidan ziyod.

Iqtisodiyoti. 1980- yildan boshlab rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishdi. “Samsung-Elektroniks”, “Posko” kabi yirik transmilliy korporatsiyalari mavjud.

Yangi mavzuni mustahkamlash: Foydalaniladigan metod: “Ma’lumotlar zanjiri”

Amaliy mashg’ulot

Koreya respublikasining aholisi 51 mln

Urbanizatsiya darajasi 80 %

Koreyaning shahar va qishloq aholisi sonini hisoblab toping.

Amaliy mashg’ulotning bajarilishi:

51 mln__________100%

X __________80%

100 X ___________4080

X = 4080: 100

X = 40,8 mln

51 mln - 40,8 mln = 10,2 mln

Javob: Shahar aholisi soni : 40,8 mln

Qishloq aholisi: 10,2 mln.

Darsni yakunlash: Uyga vazifa berish. Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish, O’zbekistondagi Koreya va O’zbekiston qo’shma korxonalari ro’yxatini tuzish, Koreya iqtisodiy geografik o’rnining qulay va noqulay jihatlariga ta’rif yozib kelish


Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish