I – sinf
1) Ortiqcha shaklni bo’yang.
2) Chizmada nechta kesma bor?
A C D B
(6 ta)
3) Chizmada nechta uchburchak bor?
(6 ta)
4) Berilgan uchta nuqta orqali nechta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?
•
•
•
II – sinf
“Ortiqcha” shaklni ko’rsating:
2) Chizmada nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor?
(8 ta)
3) Qalamni daftardan uzmagan holda ochiq konfert ko’rinishidagi shaklini chizing.
4) To’g’ri to’rtburchak shaklidagi chiziqning bir burchagi kesib tashlansa, nechta burchagi qoladi? (5 ta)
III – sinf
1) Chizmada hammasi bo’lib, nechta uchburchak bor?
2) Teng tomonli uchburchakni
a) Uchta chiziq yordamida 4 ta teng bo’lakka
b) Ikkita chiziq yordamida 4 bo’lakka bo’ling
3) Gugurt cho’plaridan quyidagi chizma tuzilgan. Undan 4 ta cho’pni shunday olib tashlangki, natijada 5 ta kvadrat hosil bo’lsin.
4) Chizmada AC kesmani toping. Bu kesma qanday uchburchaklar uchun umumiy tomon bo’lib hisoblanadi?
E A
K
B
D F C
IV – sinf
1) Muntazam oltiburchakni shunday qirqingki, natijada kvadrat hosil bo’lsin.
2) Buxanka shakldagi nonni 3 marta kesish orqali 8 bo’lakka bo’ling.
3) Chizmadagi besh qirrali yulduzning burchaklari nechta? Javob: ( 26 ta )
Geometrik materialni o’rganishda shuningdek, didaktik o’yinlardan ham foydalanildi.
O’yin – bola hayotining uzviy qismidir. O’yin orqali bola atrof – muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o’simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.
Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliaytini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika diktantlar o’tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni kiritib borish maqsadga muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda shakllarning gavdalantirishga, shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi. Biz quyida misollar keltiramiz.
1-sinfda o’quvchi shakllarning nomini aytib, ushbu shakllarni daftariga chizishni aytadi. O’lchov birliklarining to’liq va qisqa nomini bilishlari kerak.
Masalan
Nuqta, kesma, siniq chiziq, bir santimetr (sm), to’g’ri chiziq, egri chiziq
Uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, ixtiyoriy to’rtburchak, doira.
Metr (m), detsimetr (dm), beshburchak, 1 m=100 sm, 1dm=10 sm
2 – sinf
Burchak, to’g’ri burchak, to’g’ri to’rtburchak, perimetr, siniq chiziq, kesma, kvadrat.
aylana, doira, santimetr (sm), AB kesma, to’g’ri burchakdan kichik burchak, millimetr (mm), 1 sm=10 mm.
To’g’ri burchakdan katta burchak, radius, doira ichida yotgan nuqta, doira tashqarisida yotgan nuqta.
Radiusi 3 sm li doira, shaklning yuzi, 1 dm = 10 sm= 100 mm, P=16sm, 14dm=140 sm, 15mm=1sm 5 mm, 24 sm=2 dm 4 sm, ko’pburchak.
3 – sinf
1. Perimetr (P), doira, ko’pburchak, kesma, egri chiziq, siniq chiziq, metr, teng yonli uchburchak.
2. Teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, santimetr (sm), millimetr (mm), 3 sm li kesma. CD kesma, 1 m=100sm=10dm.
3. To’g’ri to’rtburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm uning perimetri necha sm? Ko’pburchak, yuza, to’g’ri burchakli uchburchak, radiusi 3 sm li aylana.
4. To’g’ri burchak, kesma, metr (m), santimetr (sm), beshburchak, aylana, perimetr (P), uchburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm, SA tomoni 5 smga teng. Uning perimetrini toping.
4 – sinf
1. Kesma, siniq chiziq, aylana, doira, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, o’tkir burchak, o’tmas burchak, to’g’ri burchak, yoyiq burchak.
2. Teng yonli uchburchak, teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to’g’ri burchakli uchburchak, perimetr (P), santimetr (sm), detsimetr (dm), metr (m).
3. Kilometr (km), to’g’ri chiziq, 10 sm li kesma, 10 dm=100sm=1000 mm, perimetri 10 sm ga teng to’g’ri to’rtburchak chizing.
4. Uchburchak, to’rtburchak, beshburchak, doira, kilometr (km), santimetr (sm), kvadrat, siniq chiziq, har bir bo’lagi 3 sm dan iborat uch bo’limdan iborat siniq chiziq chizing.
Diktantni o’tkazishdan 1 kun oldin o’quvchilarni ogohlantirish kerak. O’quvchilarning yonida barcha o’quv qurollari shu jumladan chizmachilik asboblari bo’lishi zarur.
Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli testdir.
Geometrik testlar – bu masalalar to’plami emas, balki maxsus vazifalar to’plami bo’lib, ular shunday tuzilganki o’quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir.
Biz quyida 1-4 sinflar uchun geometriya elamentlari bo’yicha testlarga misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |