Ko`pburchak
Kunlardan bir kun Uchburchak bilan To‘rtburchak tortishib qolishibdi. «Sen qanaqasiga ko‘pburchak bo‘lasan? – debdi To‘rtburchak Uchburchakka. – Senda faqat uchtagina burchak bor. Uchta burchak ko‘p bo‘libdimi. Mana menda burchaklar ko‘p, bir emas, to‘rtta».
«Nima bo‘pti, to‘rtta bo‘lsa, – debdi xafa bo‘lib Uchburchak, – agar sening o‘rtangdan bitta diagonal o‘tkazilsa, atigi ikkita uchburchakdan iborat ekanliging hammaga ma’lum-ku?».
Tortishuvni ikkita O‘nburchak eshitib, bahslashuvchilarni ajratishga kirishishibdi. «Siz ikkalangiz ham ko‘pburchaksiz, – debdi xuddi chetlari uchgan tarelkaga o‘xshash O‘nburchaklardan biri. – Men ham ko‘pburchakman. Kvadrat va Romb ham ko‘pburchak. Faqat bizning burchaklarimiz soni har xil. Lekin, har birimizda burchaklar bor, aylana va doirada bunday emas.Yanabizning har birimizning tomonlarimiz ham bor. Burchagimiz nechta bo‘lsa, tomonlarimiz ham shuncha. Oltiburchakda oltita, O‘nikki burchakda esa o‘n ikkita tomon bor.
Bulardan tashqari hamma ko‘pburchaklarning perimetri bo‘ladi. Perimetr barcha tomonlarning yig‘indisiga teng. Perimetrni bizning kiyimimiz yoki chetimiz deb qarash mumkin. Shu bilan birga, hamma ko‘pburchaklar inson uchun foydalidir. Bizning yordamimizda kishilar parket va koshin plitalar yasaydilar, uylarning chizmalarini chizadilar va turli-tuman mashinalar o‘ylab chiqaradilar. Xullas, biz ko‘pburchaklarning o‘zaro talashishimizga hech qanday asos yo‘q».
Uchburchak bilan To‘rtburchak yarashib olishibdi. O‘nburchaklar ular bilan xayrlashib, o‘zlarining shlyapalarini yechibdilar va bir daqiqada o‘nbir burchakka aylanib qolibdilar.
o’pburchaklar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash, shuningdek, umuman fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishda geometrtik mazmunli masalalar, shuningdek, umuman fazoviy tasaurlarni rivqjlantirishda geometrek mazmunli masalalar katta ahamiyatga ega.Vaholanki bunday masalalar I sinfdan boshlab kiritilib boriladi. Bular figuralarni hosil bo’ladigan bo’laklar ko’rsatilgan shaklga ega bo’ladigan qilib bo’lishga doir masalalar:
(l-sinf, 74-b, 4-m, Matematika)
Berilgan ko’pburchaklardan yangi figuralar tuzishga doir masalalar (ya'ni bolaklardan butunni hosil qilish). Masalan, kvadrat qisimlaridan shunday shakllar yasang:
Kvadrat qismlaridan shunday shakllar yasang:
(2-sinf, 37-b, 19-m, Matematika)
Bunday masalalarni yechish jarayonida bolalarda bo’laklardan tuzilgan ko’pburchakni qabul qilish va shu bilan birga boshqa ko’pburchaklarning bo’laklari bo’lgan ko’pburchaklarni ko’ra olish uquvi shakllanadi, kuzatuvchanlik, ziyraklik, geometrik figuralarni xayolda konstruksiya qilish uquvi ishlab chiqiladi.
o’pburchak perimetri haqida tushuncha.
Ko’pburchak perimetri yopiq siniq chiziq uzunligini topishga doir amaliy masalalar yechish jarayonida aniqlanadi. O'qituvchi ko’pburchak tomonlarining uzunliklari yig’indisi uning perimetri deb atalishini tushuntiradi. Belgilanishini ko'rsatadi (P-24 sm)
Ko’pburchakning perimetrini topishga doir amaliy ishlar yordamida amaliy ishlar bajarish jarayonida to’rtburchakning turlarini, uchburchakning turlarini xossalariga e'tibor beriladi.
Shu xossalardan foydalanib, o’quvchilar keyinchalik quyidagicha amaliy ihlarni bajara olishlari kerak:a) perimetri ma'lum bo’lgan holda kvadrat,teng tomonli uchburchak chizish.b) tomonlari uzunliklari ma'lum bo’lgan ko’pburchaklarni chizish.
Bunday mashqlar jarayonida ko’pburchak perimetri haqida tushuncha va uni topish uquvi shakllanadi, shuningdek, fazoviy va geometrik, tasavvurlar rivojlanadi.
Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika, darslarida foydalanilsa, dars jarayoni qiziqarli kechadi, shuning bilan birga o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi, o’z fikrini asoslash ko’nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay oladi. Faqat tanlangan masala mazmuni murakkabligi ularning yoshiga mos tuzilishi lozim.
Biz I – IV sinflar uchun geometriyaga oid qiziqarli masalalardan namunalar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |