Mavzu: KOORDINATSION QOBILIYaTLAR VA EGILUVCHANLIKNI TARBIYaLASH
Reja:
Egiluvchanlik haqida tushuncha
Egiluvchanlik va uni tarbiyalash uslubi
Egiluvchanlikni tarbiyalashning uslub va vositalari
Tayanch iboralar: egiluvchanlik, koordinatsiya, amplituda, bo’g’im gimnastikasi, faol va sust harakatlar.
Nazorat savollari:
Jismoniy sifatlar deganda nimani tushunasiz?
Tezkorlik tushunchasiga ta’rif bering.
Egiluvchanlik va uni tarbiyalash uslubi
Egiluvchanlikni tarbiyalashning uslub va vositalari
Egiluvchanlikni rivojlantirish mashq me’yorlari
Egiluvchanlikni tarbiyalashning bosqichlari qanday?
Biror-bir harakatda faol harakatchanlikni oshirish qanday yo’llar bilan sodir etiladi?
Bo’g’imlarda harakatchanlikni ustuvor rivojlantirish bosqichida mashqlar o’lchami
Foydalanilanish uchun adabiyotlar:
1. A.Abdullaev. “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik. (1-jild)/Toshkent/ “Navro’z” nashriyoti, 2017. – 392 bet.
2. R.S.Salomov Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T.: «ITA-PRESS», 2014. – 296 bet.
3. A.D.Novikov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Darslik. 1-tom. Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti. 1975. – 389 bet.
4. Matveev L.R. Teopii metodika fizicheskogo vospitanie - Uchebnik Mockva «Fizkulьtura i sport» - 2005 g.
5. Thomas H. Sawer, Lawrence W. Judge The Management of fitness, Physikal Activity, Recreation, and Sport © 2012 Sagamore Publishing LLC AII ringhts reserved.
1. Egiluvchanlik haqida tushuncha.
Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfo-funksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat qismlarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o’lchovlarida yoki chiziqli o’lchovlarda ifodalanadi.
Egiluvchanlik mushak va to’qimalarning qayishqoqligiga bog’liq. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko’p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Egiluvchanlikning namoyon bo’lishi muhitning haroratiga bog’liq: haroratning ortishi bilan egiluvchanlik ham orta boradi. Sutka vaqti boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda egiluvchanlikka ko’proq ta’sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot o’tkazayotganda egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o’zgarishini e’tiborga olish kerak. Egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlarni badan qizdirish yordamida bartaraf qilish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli ravishda o’zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko’rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi. Faol egiluvchanlik mushak kuchi bilan bog’liq.
Egiluvchanlikni rivojlantirish mashq me’yorlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |