Mavzu: konstitutsiya bosh qomusimiz ta`limiy maqsad



Download 0,51 Mb.
bet2/4
Sana16.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#497907
1   2   3   4
Bog'liq
10-SINFTARBIYAVIY SAOT OCHIQ DARS KONSTITUTSIYA BOSH QOMUSIMIZ

Dars uslubi: Suhbat, tushuntirish ko’rgazmali qurollar.
Dars jihozi: Davlatimiz ramzlari Konstitutsiyaning turli moddalariga doir ishlangan rangli rasmlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: (3-minut) Salomlashish, yo`qlama qilish, sinfni darsga tayyorlash.
O’quvchilar O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylashadi. Assalomu aleykum aziz va mehribon ustozlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-yilligi to’yiga bag’ishlab o’tkazilayotgan bugungi bayram, tadbirimizga Xush kelibsiz!
O’tilgan mavzuni so’rash (5-minut) Og’zaki yoki yozma.
Yangi mavzuni bayonidan oldin. O’qituvchi o’quvchilardan Vatan degan muqaddas so’zga bo’lgan bilimlarini tekshirib ko’radi.
Hurmatli o’quvchilar qani aytinglarchi, siz Vatan deganda qayerni tushunasiz?!
O’quvchilar:
“Vatan” arabcha so’zdan olingan bo’lib “Ona yurt” ma’nosini bildiradi. Vatan so’zi hamma uchun aziz va muqaddas. Vatan bu – faqat biz tug’ilib o’sgan joy emas.U bizning bepayon, go’zal O’zbekistonimiz.
O’quvchiar:
Vatan bu – har bir inson tug’ilib o’sgan, kindik qonimiz to’kilgan tuproq o’sib ulg’aygan muqaddas maskan.
Yangi mavzu bayoni: (15-minut) KONSTITUTSIYA” so’zi lotincha “constitution” so’zidan olingan bo’lib “tuzilish”, “tartib”, “nizom qoidalari” degan ma’nolarni anglatadi. Har bir inson o’z huquq va burchlarini bilishi lozim. Insonning eng oily huquqi tinch yashash huquqidir.
Rivojlangan mamlakatlarning ko`pchiligi o`zining Asosiy Qonuni - 
Konstitutsiyaga ega. O`zbekiston Respublikasining ham o`z Asosiy Qonuni - Konstitutsiyasi bor. Konstitutsiya 1992 yil 8-dekabrda o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo`lim 26 bob va 128maddadaniborat
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o`z xalqining huquqlarini himoyaqiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan Qonunga muvofiq Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekabr dam olish kuni deb belgilagan. Har yili biz shu kunni umumxalq bayrami sifatida nishonlaymiz.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o`z xalqining huquqlarini himoya qiladi. Hozirgi va kelajak avlodlar oldiga yuksak ma`suliyatni ta`minlashda erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta`minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g`urur bilan “Baxtimiz Qomusi” deya olamiz. Shuningdek Konstitutsiya har bir davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini to’la ifodalovchi, barcha insonlarni baxt-saodatga yetaklovchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini burchlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi.
O’qituvchi:Mustaqillik, tufayli davlatimiz o’z bayrog’,gerbi, madhiyasi va qomusiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida tasdiqlangan. Davlat bayrog’i – davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining ramzlaridan beridir. Davlat madhiyasini kompazitor Mutal Burxonov so’zini shoir Abdulla Oripov yozgan.


Konstitutsiyamizning har bir bandida insoniylik, inson manfaatlaridan kelib chiqqan adolatli qonunlari ifodalangandir. -Qonun har bir inson bajarishi shart bo’lgan va davlat tomonidan o’rnatilgan tartibdir. Qonunlarning eng yuqorisi Konistilutsiya deb ataladi. Bu hujjat bizning asosiy Qonunimiz baxtimiz Qomusidir.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish