Mavzu: Kon mashina va mexanizimlarini ishlab chiqaruvchi kompanyalar to`g`risida malumot



Download 2,72 Mb.
bet1/3
Sana16.03.2022
Hajmi2,72 Mb.
#496962
  1   2   3
Bog'liq
bobur


Mavzu:Kon mashina va mexanizimlarini ishlab chiqaruvchi kompanyalar to`g`risida malumot
Reja
1.Kirish
2.Kon transport turlari
3.Temiryo`l transporti
4.Avtomabil transporti
5.Konvyer transporti
6.Xulosa
7.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mustaqil O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy tomondan rivojlantirishni har tomonlama tezlatish uchun asosan o`g`ir sanoatni, qolaversa, butun xalq xo`jaligining yanada yuksalishiga yordam beradigan tarmoqlarni rivojlantirish katta ahamyatga ega.Bunday tarmoqlardan biri-konchilik sanoatidur.
Konchilik insoniyat faoliyatining asosiy ko`rinishlaridan biri bo`lib, hayot darajasi va ishlab chiqarishning o`sishini taminlaydi. Kon ishlari sanoatning yetakchi tarmog`i sifatida konlarni izlab toppish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xomashyoni dastlabgi qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga muljallangan yer osti inshoatlarini barpo etish kabilarni o`z ishiga oladi.
Mashinasozlikni rivojlantirish, uning texnikaviy darajasini oshirish,xalq xo`jaligini elektirlashtirish, eskirgan, kam quvvatli bo`lib qolgan uskunalarni yangilash, ularni takomillashtirish va katta quvvatlilari bilan almashtirish lozimdur.

Kon transport turlari


Kon massasi karyer transportilari yordamida tashiladi. Karyer transportining vazifasi foydali qazilmani zaboydan yuklovchi bunkergacha yoki boyitish fabrikagacha, qoplovchi hamda o`z ichiga oluvchi tog` jinslarini esa ag`darmalarga tashishdan iborat.
Karyerlarda kon massasini tashish uchun turli kurinishdagi karyer transportlaridan foydalaniladi. Asosiy transport vositalari; Temiryo`l transporti, avtomabil transporti hamda konvyer transporti.
Temiryo`l transporti
Temiryo`l transporti- yuk va yulovchilarni lokamativ va motorvagonlar vositasida temiryo`l bo`ylab tashidigan transport turi. Uning paydo bo`lishi yirik sanoat taraqqiyoti, tog` kon metallurgiya sanoati taraqiyoti bilan bog`liq.
18- asr oxiri va 19- asr boshlarida kapitalizming
rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, ko`mir , qurilish materiallari
va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.
1825 yil jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton —Darlington temiryoʻ l (21 km,Anglya)
J. Stefenson tomonidan qurilgan. 30yillarda Avstriya, Germaniya , Belgiya, Fransiya, Rossiyada xam temiryoʻl qurildi.
1850—70 yillarda Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyada xamqurila boshladi. 20- asr boshlarida jahonda temir yoʻl ta- rmog`i 1mln. km dan oshdi.
19-asr oxiri—20- asr boshlarida temiryoʻl tarmoklarni tez rivojlantir- gan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik
ahamiyat ga egaligi boʻlib, Transport yoʻli xoʻjalik, iqtisodiy
strategikvazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakat lararo, hududlararo madaniyatlarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar , xalqaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning
ilmiytexnika taraqqiyotiga xam hissa koʻshadi. Temiryoʻl transportining afzalliklaridan biri- bosh boshqa transportga nisbattan yuk tashish qiymatining
arzonligi, yilning harqanday faslida va biryoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir
Temir yо‘llar ish bajarish turiga qarab vaqtinchalik va doimiy yо‘llarga bо‘linadi. Vaqtinchalik yо‘llar karyer ishchi maydonchalaridagi va ag‘larmalardagi yо‘llar, doimiy yо‘llarga esa transheyadagi yо‘llar, transport bermalardagi yо‘llar va karyer yuzasidagi yо‘llar kiradi. Vaqtinchalik yо‘l ish fronti surilishi bilan karyerda va ag‘darmalarda vaqti–vaqti bilan surilib turadi. Temir yо‘l quyi va yuqorigi qurilmalardan iborat. Quyi qurilma – suv chiqaruvchi va sun’iy inshoatlarlardan iborat yer qoplamasidan iborat.
Temir yо‘lning yuqori qurilmasi – ballast, shpal va mustahkamlangan relslardan iborat. Ballast – yer qoplamasiga harakatlanuvchi sostavning bosimini bir xilda taqsimlanishi uchun xizmat qiladi. Ballast uchun 20-79 mm kattalikdagi sheben qо‘llaniladi. Ayrim hollarda galka va graviy ham qо‘llaniladi. Ballast qatlami qalinligi vaqtinchalik yо‘llar uchun 15-20 sm ni, doimiy yо‘llar uchun 25-40 sm ni tashkil etadi. Ballast sarfi 600-1200 m3 dan iborat. Shpallar – ularga relslarni mustahkamlash va bosimni harakatlanuvchi sostavdan ballastga uzatish uchun xizmat qiladi. Yog‘och, temirbeton va metall shpallar qо‘llaniladi. Shpalning standart bо‘yicha о‘lchami 270 sm ni tashkil etadi. Shpallarni xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida antiseptik bilan tо‘yintiriladi. Relslar – harakatlanuvchi sostavning g‘ildiragini yо‘nalishi va bosimni shpalga uzatish uchun xizmat qiladi. Relsning standart bо‘yicha uzunligi 12,5-25 m bо‘ladi.
Karyerlarda harakatlanuvchi sostav vagon va lokomotivlardan iboratdir. Foydali qazilmalarni tashish uchun yuk kо‘tarish quvati 60-90 t bо‘lgan gandola tipidagi vagonlar va yuk kо‘tarish quvvati 60 t bо‘lgan xopper tipidagi vagonlar keng qо‘llaniladi. Qoplovchi tog‘ jinslarini tashish uchun vagon dumpkarlar qо‘laniladi.
Karyerlarda lokomotivlar sifatida elektrovoz, teplovoz va tortuvchi agregatlar qо‘llaniladi. Elektrovozlarning qulayliklari – foydali ish koeffitsiyenti yuqori (14-16%), 4% gacha bulgan kо‘tarilish balandliklarini о‘tish qobiliyatiga egalik, ishga doimiy tayyorgarlik va og‘ir iqlim sharoitlarida ham ishonchli xizmat kо‘rsatishidir. Teplovoz lokomotivlar ichki yonuv dvigateli bilan jixozlangan. Foydali ish koeffitsiyenti 24-26% ga teng. Teplovozlarning kamchiligi ularni remont qilishning qiyinligidir



Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish