Virus va antiviruslar haqida ma’lumot.
Ishning maqsadi:
a) talabalarda arxiv va arxivatorlar haqida tushuncha hosil qilish hamda arxiv fayllari bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.
b) talabalarda virus va antiviruslar haqida tushuncha hosil qilish hamda antivirus dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
Masalaning qo‘yilishi:
a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
b) bеrilgan 2-topshiriqni har bir talaba alohida va amalda bajarsin.
1-topshiriqlar:
1. Arxivlangan fayl – bu …?
2. Fayllarni arxivlash nima uchun kerak?
3. Arxiv fayllar yaratish usuli va uni ochish?
4. Arxivlash natijasida fayl necha foizga ixchamlanadi?
5. Arxiv sarlavhasida nimalar mavjud?
6. Arxivatorlar nima?
7. Qanday arxivator dasturlarini bilasiz?
8. Arxivlangan fayl kengaytmasi ko‘rinishi.
9. Kompyuter virusi nima?
10. Viruslarning fazasi va turini sanang va izoh bering?
11. Antiviruslar (yoki antivirus dasturi) nima?
12. Qanday antivirus dasturlarini bilasiz?
2-topshiriqlar:
Biror faylni biror ko‘rinishda arxivlang.
Turli arxivatorlar orqali faylni arxivlang.
Papkani virusga tekshirtiring va natijani yozing.
Arxivlangan biror faylni oching.
Virus nima ekanligini tushuntiring.
Biror antivirus daturini ishlatish (dasturdan foydalanish) jarayonini tushuntiring.
1-TOPSHIRIQ
Dasturiy ta’minot.
Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taminotgina Komputer — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE yaʼni „soft“-yumshoq, „ware“-"mahsulot" degan maʼnoni bildiradi.
Operatsion tizimlar.
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor
xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Windows operatsion tizimi.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |