DIMM Ushbu xotira turi SDRAM (Synchronous DRAM — Baravar ishlaydigan xotira) deb ham nomlangan. 1996-2001 yillar oralig‘ida kо‘pgina Intel chipsetlari, shu qatorda Pentium va Celeron protsessorlari ham ushbu xotira turini ishlatgan. Keyinroq DDR asri boshlanib, simm va dimm turlari tarixga aylangan. Hozirgi kunda yangi davr — DDR (DDR2, DDR3) xotiralari davri deyish mumkin. DDR DDR (Double Data Rate)ni SDRAMning davomi sifati qarash mumkin. Ushbu modul jaxon bozoriga 2001 yilda chiqqan. DDR va SDRAM ning farqi shundaki, DDR bajaradigan ishni tezlashtirish maqsadida takt chastotasini ikki marta kupaytirish о‘rniga, bir takt ichida ma’lumotlarni ikki marta jо‘natadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |