Kompakt disklardagi ma’lumotlarni о‘qish uchun CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmasi ishlatiladi. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz. Shuningdek, tezkor xotira (inglizcha RAM — Random Access Memory) qurilmasi mavjud bо‘lib, u ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlarni о‘z ichida saqlaydi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda о‘chib ketadi. О‘z vaqtida ishtatilgan yoki ishlatilayotgan tezkor xotiralar quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |