Sistema bloki himoya g‘ilofiga о‘ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb xam ataladi. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig‘ilgan bо‘lib, asosiy plata (ona plata / motherboard) deyiladi. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor (inglizcha CPU — Central Processing Unit — jarayonlarni boshqaruvchi markaziy qurilma) deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalarini boshqaradi va uning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |