6.2. Elektr xavfsizligi.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini taominlovchi - URS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus URS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas xolda ushlab turadi, xamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini taominlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. masalan, kerakli maolumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo.
lektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni va statik elektr tokining xavfli va zararli ta'siridan himova qilishga qaratilgan tashkiliy, tcxnik tadbir va vositalar tizimiga aytiladi.
Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi rivojlanish darajasini elektr cnergiyasisiz tasawur qilish qiyin. Lekin, elektr energiyasi inson mehnatini yengillashtirib ish unumdorligini ortishiga olib kclish bilan bir qatorda, uning hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihoz va asbob-uskunalar bilangina aniqlash mumkin.
Elektr tokidan jarohatlanish, asosan, quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin:
Elektr yoyi orqali tok ta'siri;
Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir boiishi natijasida;
Katta o'lehamdagi mashinalarni elektr uzatmalari liniyalariga ruxsai etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvi oqibatida.
Yuqoridagi holatlarga bog'liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabab-larini quyidagi ikki guruhga, ya'ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin:
Tashkiliy sabablarga: ishchilarni elektr xavfsizligi bo'yicha o'qitilma-ganligi va tcgishli yo'riqnomalardan o'tkazilmaganligi; ishchilarni shaxsiy . himoya vositalari bilan ta'minlanmaganligi; elektr qurilmalarini muhandis-texnik xodimlar tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; elcktrik quril-malarida profilaktik ta'mirlash ishlarini sifatsiz olib borilishi; ish joylarida elektr qurilma va jihozlari bilan ishlash qoida hamda ko'rsatmalarining bo'lmasligi kiradi.
Texnik sabablarga esa: tok o'tkazuvchi qismlarda ishonchli to'siqlarning bo'lmasligi; elektr qurilmalari, jihozlari va o'tkazgichlarini noto'g'ri o"r-natilishi hamda elektr qurilmalarini o'rnatishda binolarning elektr xavfsizligi bo'yicha katcgoriyalarini hisobga olinmasligi; himoya va saqlasn qurilmalarining bo'lmasligi yoki ularni noto'g'ri o'rnatilishi.
Ishlab chiqarishdagi elektr qurilmalarida sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalarning tahlili, asosan, ushbu baxtsiz hodisalar elektr qurilmalari bilan ishlashganomutaxassis ishchilarning qo'yilishi, himoya vositalari bilan ta'minlash va undan foydalanish masalalariga e'tiborsiz munosabatda bo'lish oqibatida sodir bo'layotganligini ko'rsatadi. Shu sababli, elektr qurilmalaridan foydalanis'w3 kaxtsiz hodisalarning oldini olish uchun «Elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalari» talablariga to'liq rioya etilishini talab qiladi.
Elektr vosita va qurilmalariga texnik xizmat ko 'rsatishda quyidagilargaamal qiling:
1. Kuchlanishni o'chiring;
2. Tizimda kuchlanish yo'qligini tekshiring;
3. Qurilmani yerga ulash orqali himoyalang.
Elektr tokining inson tanasiga ta'siri bir necha omillarga, jumladan, I0k kuchi, inson tanasining elektr tokiga qarshiligi, kuchlanish miqdori, tok turi va chastotasi, tokning ta'sir etish vaqti, tokning inson tanasi bo'ylab o'tish yo'li hamda insonning shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'Iadi.
Elektr toki insonga uch xil, ya'ni kimyoviy, issiqlik va biologik ta'sir Ico'rsatadi. Kimyoviy ta'sirda inson tanasidagi qon va boshqa organik suyuqliklar buzilishi mumkin. Issiqlik ta'sirida esa tananing ayrim qismlarida kuyish hosil bo'Iadi. Biologik ta'sirda tananing tirik nujayralarining qo'zg'alishi va uyg'onishi oqibatida muskullarni ixtiyorsiz ravishda tortishishi. qisqarishi yuzaga keladi.
Yuqoridagilarga mos holda, elektr tokining inson tanasiga ta'siri elektr zarba, elektr kuyishi va elektr shikastlanishi ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ushbu ta'sirlar ichida elektr zarba eng xavfli hisoblanadi va u elektr tokining inson tanasidagi muhim' a'zolari: yurak, o'pka, asab tizimi va boshqa shu kabi a'zolari orqali o'tishi natijasida yuzaga keladi.
Kompyuter xonasida xamma jixozlar elektrotokda ishlaydi, shuning uchun elektr shikastlanishiga uchrash mumkin.
Kompyuterlarni erga ulash va erga ulash ximoyasiga talablar.
xamma kompyuterlarda elektr tarmog’iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda "0" ulash ximoyasi qo'llanilgan. "0" ga ulash ximoyasi bu "0" simini korpuslarga bog’lash va xar xil issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga tushiruvchi sistemadir.
6.3.Yongin xavfsizligi.
Yong'in — bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta moddiy zarar hamda talafotlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayoni. Obyektning yong'in xavfliligi deganda, obyektning yong'in sodir bo'lishi mumkin bo'lgan holati va yong'inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong'in xavfsizligi deganda, belgilangan me'yor va talablar asosida ob'ektda yong'in sodir bo'lish xavfi hamda uning xavfli va zararli ornillarini inson hayotiga ta'siri cheklangan, obyektdagi materiallar to'liq himoyalangan holati tushuniladi. Yong'in vaqtida sodir bo'ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta'sirida moddiy boyliklar nobud bo'Hshi va baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin. Yong'inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, atrof-muhit va yong'inda qolgan buyumlaming yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo ladigan turli xil zaharli gaz va bugiar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo'lishi, qurilish konstruksiya va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong'in vaqtida sodir boiadigan portlash, undagi toiqin zarbasi, portlash ta'sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va boshqalar.
Maiumki, yong'inni o'chirishga nisbatan uni oldini olish oson va foydali. Shu sababli, har bir mutaxassis va xodim ishlab chiqarishdagi yong'in sabablarini bilishi, yong'in xavfsizligi qoidalariga toiiq rioya qilishi va yong'inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bogiiq holda, Davlat standarti bo'yicha, obyektning yong'in xavfsizligi—yong'inni oldini olish va yong'inga qarshi himoya tizimi hamda tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta'minlanadi.
Yong'inni oldini olish tizimi- yong'in sodir bo'lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbir va texnik vositalar majmuidan iborat.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko'proq yonmaydigan Va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong'inga xavfli qurilmalar °'rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish ularni mumkin qadar tashqarida o'rnatish, yonuvchi moddalar uchun 8ei"rnetik idish va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug' va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada (REM asosida) sozlash, isitish jihozlaridan to'g'ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar 0rciali amalga oshiriladi.
Yonuvchi muhitda yong'inga olib keluvchi manbaning hosil bo'lishinj oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong'in manbasini hosil qilmaydigaj, mashina, mexanizm va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoida va rejimlariga to'liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish material va moddalarning issiqlik ta'sirida, kimyoviy va mikrobiologft usulda o'z-o'zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong'inga qarshi tadbirlarni to'liq amalga oshirish, bino chcgarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong'inga qarshi himoya tizimi
Yonish jarayonining mohiyati
Yonish—murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo'lib, u yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o'zaro reaksiyasi ta'sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo'lishi uchun albatta yonuvchi modda, kislorod va yonish manbai bo'lishi kerak. Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo'lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo'lganda esa tutash yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo'lganda esa tutash ham to'xtaydi.
Yong'in manbaini ikki turga ajratish mumkin, ya'ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adibatik siqilishlar, ishqalanish, zarba).
Yong'inni o'chirishning mohiyati, yuqorida ta'kidlangan uchta yonish jarayonini tashkil etuvchilaming o'zaro ta'sirini to'xtatishdan iborat.
Haroratining t0 dan t oralig'ida materialning erishi, bug'lanishi ro'y beradi. Harorat t0dan ortgandan so'ng, oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta'sirida harorat tez o'sadi. Tutash, o't olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat harorat ta ga yetgach, alangalanish boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |