Mavzu: Kompyuterlarga lokal tarmoqni o’rnatish va ishlatish


Sanoat sanitariyasi, mehnat gigeyenasi



Download 1,15 Mb.
bet12/12
Sana29.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#77817
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6.4. Sanoat sanitariyasi, mehnat gigeyenasi
1. Umumiy qoidalar Ushbu sanitariya qoida va me'yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT)larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yunaltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarilishi mehnat sharoitini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog'lig'ini saqlab qolishga yordam beradi.

KT si ma'lumotlarni kiritish (to'plash), uni ishlash va natijani (uzatish)ga, TT ma'lumotlarning nusxasini olishga mo'ljallangan.

KT va TTda ishlovchilar aqliy mehnat qiluvchilar toifasiga kiradi. KT da ishlaydiganlarga quyidagilar kiradi: matematik-programmalovchi, boshqaruvchilar, muhandis-elektronchilar, texnik sozlovchilar, reja-lashtirish va hisob-kitob operasiyalari (hisob-kitobchilar, iqtisodchilar) bilan band bo'lganlar.

2. KT va TT ishlarining tarkibi

2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta'siriga uchrashi mumkin:

elektromagnit maydoni — EMM (radiochastota, past quvvatli rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish);

elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi;— havoning ionizatsiyalanishi;

kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda toner
bo'yoq moddasining changi;


meteorologik omil: joy iqlimining o'ziga xosligi, yil fasli, ventilyasiya hamda isitish tizimi va boshqalar;— mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo'ladigan shovqin; — elektr tokidan jarohatlanish xavfi; — ruhiy hissiyotlar zo'riqishining ortib ketishi; — ko'rish analizatorining zo'riqishi; — barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur'atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; — tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya.TT lar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektromagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo'yoq moddalarining changi, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi.

2.2. Texnikaning vazifasi va kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo'lishi mumkin (bir yoki ikki smenali va sutka mobaynida). Bir smena davomiyligi 6 soat, 36 soatlik haftalik smena mobaynida ovqatlanish uchun tanaffus 40 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak. Smena mobaynida mikrotanaffuslar kiritish lozim, ular ish vaqtiga kiritiladi.

2.3. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og'irligi va zo'riqishi bo'yicha asosan 2-darajali zararli va zo'riqish mehnatiga kiradi (Mehnat sharoitlarining ko'rsatkichlari bo'yicha gigienik

tasnifi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan). .


3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo'yiladigan talablar

3.1. KT va TT ni ishlatishga mo'ljallangan korxona va tashkilotlarning ma'muriy va maishiy binolari QM va Q, shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.

3.2. KT va TT ishlatiladigan laboratoriyalar, bo'limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog'i lozim. Smenada ishlaydigan ishchilarning ko'pligini hisobga olgan holda xonaning yuzasi bir kishi hisobiga 6,0 m2, hajmi 20,0 m3. dan kam bo'lmasligi kerak.

Yuqorida qayd qilingan xonalarni ertulalarda joylashtirishga yul qo'yilmaydi.

3.3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e'tibor berish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomonitorlar o'rnatish lozim. Nusxa ko'chirish qurilmalari va disklar uzoq muddat saqlanadigan xonalar himoyalangan bo'lmog'i kerak.

3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o'tish joylari quyidagi o'lchamlarda bo'lmog'i lozim:

ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo'lmasligi;

orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalariga ega bo'lgan KT siga xizmat ko'rsatish oralig'i 0,8 m. dan kam bulmasligi;

displeylarga ega bo'lgan ishchi o'rinlari orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo'lmasligi;

KT bir qatorlama joylashtirilganda devor orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo'lmasligi shart.

4. Xonalarda ishchi o'rinlarini tashkil etish

4.1. KT va TT ishlari olib boriladigan xonalarda ishchi o'rinlarining tashkil etilishi SanQ va M NeOO 1-94 ga asoslangan holda olib borilishi kerak.

Ishchi mebelining konstruksiyasi ishchining bo'yi va gavdasiga mos bo'lishi lozim. Tez-tez ishlatib turiladigan mehnat predmetlari va boshqarish organlari ishchi uchun qulay bo'lishi kerak.

4.2. Ish stolining balandligi 580—760 mm oralig'ida saqlanishi lozim, agar bunga imkon bo'lmasa, stolning balandligi 720 mm bo'lishi kerak; stol ustining eng qulay ishchi oTchami 1600x900mm hisoblanadi. Ish stolining tagida balandligi bo'yicha 600 mm, eni bo'yicha 500 mm va chuqurligi bo'yicha 650 mm. dan kam bo'Imagan oyoq harakati uchun erkin bo'shliq bo'lishi kerak. Ish stolining ustida hujjatlarni joylashtirishga maxsus joy mo'ljallanmog'i kerak, ko'z bilan uning oralig'i, ko'zdan klaviaturagacha bo'lgan masofadek bo'lishi lozim, bu ko'rishdagi toliqishni ancha kamaytiradi.

5. Videomonitorga (videoterminalga — VDT) qo'yiladigan talablar

5.1. Videomonitor quyidagi talablarga javob berishi kerak:

ekranning nurlanish ravshanligi 100 Kd m2.dan kam bo'lmasligi;

yoritilayotgan nuqtaning eng kichik o'lchami monoxronli displey uchun 0,4 mm va rangli displey uchun 0,6 mm. dan katta bo'lmasligi;

belgi tasvirining keskin farq qilishi 0,8 mm. dan kichik bo'lmasligi; ....

pozitiv keskin farq qiluvchi ishlarda tasvirlash regenerasiyasining chastotasi, taktning ishlash tartibi 72 Gs. dan kam bo'lmasligi;

ekran yuzasi xiralanishdan saqlovchi qoplamaga ega bo'lishi;

ishlovchi ko'zidan ekrangacha bo'lgan oraliq 80 sm chegarasida bo'lishi;

tasviming past chastotasi 0,05—1,0 Gs, titrashi 0,1 mm chegarasida bo'lishi;

ekran o'lchami diagonali bo'yicha 31 sm. dan, ekrandagi belgining balandligi 38 mm. dan kam bo'lmasligi lozim.
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shun-ga ко'gа, kompyuterdan foy-dalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.

O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qa-mashtirmaydigan bo'lishi kerak.

Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim.

Talabalarning shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.

O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak.

Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

VI Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, barcha korxona va tashkilotlarda Lokal tarmoqlardan foydalanish qulay va samaralidir. Ushbu malakaviy ishimni bajarish davomida lokal tarmoqlarni kompyuterga o’rnatdim va foydalandim ya’ni ma’lumot almashdim.

Hozirgi kunda Ofislarda tarmoqlarning ahamiyati katta rivojlanayotgan davlatlardan ortda qolmaslik uchun ularning bosib o`tgan yo`llariga nazar tashlab va ulardan ish o`rganib va shu bilimlarini o`zimizni davlatga va korhona tashkilotlarga qo`llansa maqsadga muvofiq ish qilingan bo`ladi.

Mustaqillikdan avval va undan kiyingi yillarda O`zbekiston davlati juda sust rivojlanib kelayotgan edi. Chunki kompyuterlar juda kam edi. Shuning barobarida kompyuter tehnologiyalarini ishlatadigan mutahasislarni tayyorlab beradigan o`quv dargohlari kam edi, shuning uchun yozuv-chizuv ishlariga juda ko`p qog`oz va shunga o`hshash mahsulotlar talab qilingan. Bu ishlarni bajarish ucgun esa anchagina mablag` va anchagina vaqt sarflangan bundan ko`rinib turibdiki ribojlanish anchagina sust kechadi.

Kompyuter tehnologiyalari jalb qilinganidan keyin rivojlanish surati oshdi, nimaga deganda kompyuterda hisoblash ishlari va boshqa ishlar oson va tez hamda juda sifatli amalga oshirilmoqda. Internet orqali esa har bir kishi yoki tashkilot korhona firmalar o`zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari va undan samarali foydalanishlari mumkin buning oqibatida pivojlanish tezlashadi. Kompyuter orqali chet davlatlardan ma`lumotlar olish va ma`lumotlar yuborish tezlashadi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak kompyuterning imkoniyatlari cheksiz. Uni har-bir sohaga jalb qilinsa undan samarali foydalanilsa kutilgan natijani beradi.

Kompyuter tarmog‘i foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo`lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma’lum bo`lishi kerak. Rejalashtirilganidan ko`p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgura olmay qolishi tabiiydir.

Ushbu malakaviy ishimlokal tarmog`i imkoniyatlaridan foydalanishga bag`ishlangan bo`lib, lokal tarmoq tarixi, tuzilishi, tashkil etuvchilari ulanish usullari va uning atamalarini o`z ichiga olgan.

VII Foydalanilgan adabiyotlar
1.Kompyuter tarmoqlari yig`ish. M.M.Musayev, A.A.Qahharov, M.M.Karimov. “Ilm ziyo”,T.:2006y.

2. Informatika: Kasb-hunar kollеjlari uchun o’quv dasturi. A.A. Abduqodirov, R.D. Aloyеv, R.R. Boqiyеv va boshqalar – T.:2000.-12b.

3. Barkamol avlod-O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.(O’zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risada»gi qonunlar).-T.: «Sharq», 1998,-64b.

4.S.Simеnovich, G.Еvsеyеv, A.Aliksеyеv. Spеtsialnaya informatika. Uchеbnaya posobiya. M. AST-Prеss:-1998g.

5. U.Yu.Yuldashеv, R.R.Boqiyеv, F.M.Zokirova «Informatika», G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2002 yil.

6. Yu.Shafrin. Osnovo` kompyutеrnoy tеxnologii. Spravochnik. Izd. «Turkistan», Bishkеk, 1998 g.

7. М. Aripov, А. Х. Hаydarov. «Informatika asoslari.».Тоshkent. Sharq 2002 yil.

8. Sh. А. Nazarov, R. V. Qobulov, А.N. Haydarov, А. N.Naimov, N. А. АRipov,

9. K. S. Raxmonov. Kompyuter va ofis jihozlaridan foydalanish. Т.: «O’qituvchi» 2007 yil.

10. http://www.Referat.ru

11. http://www.INTUIT.ru



VIII Ilova













Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish