3. Klaviatura
Klaviatura – kompyuterga ma’lumotlarni kirituvchi qurilma. Tugmalar majmuasi 3 turga bo’linadi.
1. Oddiy
2. Vazifali
3. Boshqaruvchi
4. Sichqoncha
Sichqoncha – ma’lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi qurilma.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagicha:
1. Printer
2. Skaner
3. Modem
4. Multimedia
5. Plotter
6. Planshet.
1. Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog’ozga yozib chiqaruvchi qurilma Printerlar ishlash printsipiga qarab quyidagilarga bo’linadi
1. Matritsali
2. Purkagichli.
3. Lazerli.
Matritsali printerlarda tasvir nuqtalardan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni «zarbli-matricali printer» deb atash to’g’riroqdir. Ignali (zarbli) matricali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |