Monoxromli monitorlar
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga, «qo’l rangni» o’nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko’plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko’radilar.
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi:
bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo’ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;
kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma’lumotlarni yaxshi sifat bilan aks еtgirishni ta’minlaydi (lekin, tabiiyki, ko’proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |