Mavzu; Kompyuter avlodlari, ularning farqini texnik tahlil qilish Reja


Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin



Download 0,76 Mb.
bet3/18
Sana03.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#738122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mustaqil 12366559

Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron oʻyinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi „Apple Computer“ firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular­ning tashqi koʻrinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (yaʼni apparatli taʼminoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda oʻxshashlik borligini koʻramiz. Har qanday kompyu­terning apparatli taʼminoti asosiy va qoʻshimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini taʼminlasa, qoʻshimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qoʻshimcha imkoniyatlar beradi.
Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qoʻshimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol boʻladi.
Sistema bloki, asosan, gʻilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.
Asosiy plata yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʼzi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining oʻramlari) yordamida bogʻlanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat
koʻrsatadi: berilganlar (berilgan maʼlumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga boʻlinadi. Ketma-ket port protsesordan maʼlumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda koʻp asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 boʻlmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat oʻqish uchun xotira) mikrosxema koʻrinishida tashkil etilgan boʻlib, quvvat manbaiga bogʻliq boʻlmagan holda maʼlumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish