1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kompyuter arxitekturasini loyihalashtirishning texnik ta’minoti turlari
Reja:
1. Yuqori unumli kompyuter tizimlarining qo‘llanilish soxalari
2. Kompyuter
tizimlarining turlari
3. Kompyuter tizimlarining unumdorligini baxolash
1. Yuqori unumli kompyuter tizimlarining qo‘llanilish soxalari
Hozirgi paytda YuUKT ning qo‘llanilish sohalari kengayib bormoqda. Ular
fan-texnika, ishlab chiqarish va biznesning barcha sohalarini qamrab olmoqda.
Dastlab YuUKT lari asosan ilmiy sohalarda qo‘llanilgan bo‘lsa
hozirgi paytga
kelib ular iqtisodiyotning barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
YuUKT ning qo‘llanilish sohalarining kengayishi bilan birga ular orqali
echiladigan masalalarning soni va murakkabligi oshib bormoqda.
Hozirgi paytda
fundamental va amaliy muammolar doirasi ajratilgan bo‘lib ularni YuUKT larsiz
hal qilib bo‘lmaydi. Bu muammolar doirasiga quyidagi masalalar kiradi:
•
Ob-havo, iqlim va atmosferadagi global o‘zgarishlarni bashorat qilish;
•
Materiallar
haqidagi fan;
•
Yarim o‘tkazgichli asboblarni qurish;
•
O‘ta o‘tkazuvchanlik;
•
Strukturali biologiya;
•
Farmatsevtik preparatlarni ishlab chiqarish;
•
genetika;
•
kvant fizikasi;
•
astronomiya;
•
transport masalalari;
•
gidro va gazodinamika;
•
boshqariluvchi termoyadero sintezi;
•
yoqilg‘i yonish tizimlarining effektivligi;
•
geoinformatsion tizimlar;
•
foydali qazilmalarni izlash;
•
dunyo okeani haqidagi fan;
•
nutqni tanish va sintez qilish;
•
tasvirlarni aniqlash.
2. Kompyuter tizimlarining turlari
Yuqori unumli tizimlarning arxitekturasi tushunchasi keng tushuncha bo‘lib
arxitektura deganda ma’lumotlarga parallel ishlova berish usuli,
xotirani tashqil
etish, protsessorlar o‘rtasidagi aloqa topologiyasi va arifmetik amallarni bajarish
usullarini tushunish mumkin.
Barcha
arxitekturalarni
sisemalashtirishga
urininshlar
60-yillardan
boshlangan bo‘lib hozirgacha davom etmoqda. 1966 yilda M.Flinn (Flynn)
tomonidan hisoblash tizimlarining arxitekturasini sinflashtirishning
qulay usuli
taklif qilingan. Bu usul asosida oqim tushunchasi yotadi. Oqim deganda protsessor
tomonidan qayta ishlanadigan elementlar, buyruqlar va ma’lumotlar
ketma-ketligi tushuniladi. SHunga ko‘ra hisoblash tizimlarining arxitekturasi
quyidagi to‘rtta sinfga ajratiladi:
SISD = SingleInstructionSingleData
MISD = Multiple
Instruction Single Data
SIMD = Single
Instruction Multiple Data
MIMD = Multiple Instruction Multiple Data
Qo‘llanilish sohasi gako’ra kompyuter tizimlari quyidagi sinflarga ajritiladi:
•
SHK va ishchi stansiyalar
•
X-terminallar
•
Serverlar
•
Meynfreymlar
•
Klasterli arxitekturalar