Mavzu: Kompozitsiya tuzilishi Reja



Download 23,44 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2022
Hajmi23,44 Kb.
#352368
1   2   3
Bog'liq
Документ

Tadbir kompozitsiyasi - asarda sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarni bir maqsad sari yetaklovchi g‘oya orqali, dramaturgiya qonuniyatlari asosida bir-biri bilan bog‘lovchi tuzilmadir. Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi prolog (muqaddima), bosh voqea, voqelar rivoji, tugun, qarama-qarshilik, kulminatsiya, final kabi komponentlarni о‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda teatrlashtirilgan tadbirlar, xususan ommaviy bayramlarning kompozitsion tuzilishida tugun, qarama-qarshilik, yechim kabi komponentlar uchramaydi. Chunki bu tadbir tо‘laqonli teatrlashtirilmagan bо‘lib, maqsad va g‘oya asosan qо‘shiq mazmuni va raqs harakatlarida yuzaga chiqariladi. Mavzu - bu tadbir uchun tanlangan, mahalliy aholini har tamonlama qiziqtiradigan, barcha voqea-hodisalarni birlashtiruvchi omildir. G‘oya - bu tadbirda ilgari suriladigan asosiy fikr. Fikrning kuchli va aniqligi tomoshabinni zeriktirishga qо‘ymaydi. Shuning uchun g‘oyaning oydinlashishi tadbir oxiriga mо‘ljallanishi kerak. Tadbir davomida tomoshabinlar ijtimoiy g‘oya haqida, uning asosiy fikri haqida о‘ylasin, qiziqishi ortsin. Amalda esa kо‘pgina tashkilotchilar g‘oyani tayyor kо‘rinishda, tadbirning boshlanishidayoq berib qо‘yishadi. Bu esa tomoshabinning tadbirga bо‘lgan qiziqishini kamaytiradi, tadbir qiymati pasayadi.
Maqsad-bu tadbirning tomoshabinga “nima demoqchi” ekanligidir. Har bir ssenariy muallifi va rejissyor asar yaratishdan oldin, “men bu orqali tomoshabinga nima demoqchiman?” tariqasida о‘ziga savol bermog‘i va о‘z о‘rnida asar orqali javob qaytarmog‘i lozim. Tadbirga qо‘yilgan maqsad voqealar zanjiri bо‘lib, u voqea harakatlarida rivojlanib boradi. Prolog- asarning boshlanish qismi bо‘lib tadbir nima haqidaligidan xabar beradi. Tomoshabin diqqatini asosiy voqealarga qaratadi. U kо‘tarinki kayfiyat, gо‘zallik va nafislikni talab qiladi. Bu qismda hujjatli materiallar, filmlardan lavhalar, ta’sirchan vositalardan keng foydalanish mumkin. Prolog nafaqat sahnada balki tadbir о‘tkaziladigan maydonga kirish yо‘lakchalaridan ham boshlanishi mumkin. Bosh voqea - bu prologdan keyingi kо‘rinish bо‘lib, voqealar rivojini ta’minlovchi omildir. Bunda tadbirning g‘oya va maqsadiga ozroq bо‘lsada urg‘u beriladi. Voqealar rivoji - bu tadbir mazmuni va syujetinining murakkablashuviga yordam beruvchi voqealar bо‘lib, ular tugun, qarama-qarshilik, kurash, tо‘qnashuv va qiyinchiliklarni yengish jarayonidir. Tugun - bu tomoshabinning bevosita fikri va his-tuyg‘usining ma’lum bir jumboqqa qaratilishi. Ya’ni asar qahramonlarining kutilmagan voqealarga duch kelishi. Tugun- asarda qarama-qarshilikning kuchayishiga, asosiy voqealarning rivojlanishiga turtki bо‘lishi kerak. Qarama-qarshilik - bu tadbir maqsadi va mazmuniga, asardagi qahramonlarning xatti-harakatiga zid bо‘lgan voqeadir. Qarama-qarshilik qanchalik kuchli bо‘lsa, tomoshabinning tadbirga qiziqishi shunchalik ortadi. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga kо‘p tomonlama emotsional ta’sir qilishi bilan birga tomoshabinlarni bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar о‘rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bо‘lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bо‘lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysida doimo qarama-qarshilikning bо‘lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navrо‘z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bо‘lmasligi mumkin. Kulminatsiya - bu tadbirning eng qiziqarli chо‘qqisi demakdir. U о‘z-о‘zidan yechimga olib keladi. Kulminatsiyani о‘zida ifodalagan epizod tо‘g‘ri va bevosita tomoshabinning fikri, tuyg‘ularini qо‘zg‘ash kuchiga ega bо‘ladi.
Final - bu asarning yakuni, oxirgi eng muhim qismi. Finalda barcha voqea о‘z yechimini topadi. Final kо‘tarinki kayfiyatda, barcha ishtirokchilarning shо‘x-shodonligi bilan yakunlanadi. Finalning yaxshi tugallanmasligi tomoshabin his-tuyg‘ularining susayishiga, asar qimmatining pasayishiga olib keladi. Final ba’zi hollarda butun ijrochilarning sahnaga ommaviy chiqishlarida, jamoa bо‘lib qо‘shiq
aytishlarida namoyon bо‘ladi. Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi ham adabiyotda bо‘lganidek har xil joylashishi mumkin. Masalan: tugun va qarama-qarshilik prologdan keyin kelishi yoki qarama-qarshilik va tugunning joyi almashishi ham mumkin. Bu holat tadbirning mazmun va maqsadiga asoslangan holda xato hisoblanmaydi. Ommaviy bayram, xalq sayillarida ekspozitsiya funksiyasini qatnashchilarning kostyumlashtirilgan, teatrlashtirilgan yurishlari bajarishi mumkin. Ekspozitsiya, tugun vazifasini esa she’riy tо‘ldirishlar, pyesalardan kо‘rinishlar, filmlardan parchalar qо‘shiqlar bajaradi. Ssenariy kompozitsiyasida asosiy harakatda, kurash jarayoni voqealardagi tо‘qnashuvlarning zanjiri namoyish etiladi. Ssenariyning bir qismi quyidagilarga bо‘ysunishi kerak.

1. Mavzuning jiddiy, g‘oyaviy qurilishi ssenariyning har bir epizodi bir-biri bilan g‘oyaviy kо‘prikchalar bilan birlashgan bо‘lishi shart.


2. Harakat rivoji ekspozitsiya va tugun tomonidan harakat rivojlanish yо‘nalishi bо‘yicha kulminatsiya va yechimga olib boradi. Emotsional jihatdan kuchli epizodlardan, bо‘sh epizodlarga о‘tib bо‘lmaydi. Ommaviy harakatga ishtirokchilarni jalb qilish uchun bunday emotsional holatga, ishtirokchilarni ruhan tayyorlash lozim.
3. Har bir epizodni yakunlanganligi. Ssenariy doimo epizodlarga quriladi, ularning har biri о‘zining g‘oyasiga ega bо‘lib, albatta boshqa epizod boshlanguncha tugallangan bо‘lishi lozim. Minatyurada har bir epizod ssenariyni qaytarib, tugallangan kompozitsiya shaklida bо‘lishi lozim. 4. Saflanishning kontrastligi. Bu talab ommaviy teatrlashtirilgan harakat kompozitsiyaga taalluqli bо‘lib, ta’sirchan vositalarni sintezlash jarayonida bir xil buyoqlarni asosiy vosita qilib kо‘rsatmaslik lozim. Harakat albatta kulminatsiyaga olib kelishi kerak. Kulminatsiya jarayonida teatrlashtirishning g‘oyasi tо‘liq ochib beriladi. Hozirgi kunda о‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ba’zi rejissyorlar faqatgina prolog va finalni sahnalashtirib, uning asosiy qismida konsert nomerlari namoyishi bilan shug‘ullanmoqdalar.

Adabiyotlar:

H.Muhammadiyevning ‘’Ssenariynavislik mahorati ‘’kitobi Toshkent: ‘’Musiqa'' 2009. 160 b.

‘’Ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shaklari’’ kitobi .



Internet saytlari:

ZiyonET – О‘zbekiston ta’lim portali
Download 23,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish