MAVZU: KOMPANIYANING STRATEGIYASINI TANLASH VA UNI ASOSLASH
MUNDARIJA
KIRISh.......................................................................................................... 2
ASOSIY QISM
1.Strategiya va tashkilotning uzoq muddatli rivojlanishi……...........................3
2. Strategiyani shakillantiruvchi omillar............................................................12
3. Strategik ko’rishni shakllantirish…..............................................................20
4.“NUR ZIYO” qo‘shma korxonasining umumiy xarakteristikasi……......23
5. “NUR ZIYO” qo‘shma korxonasining yillik ko’rsatkichlar taxlili xususan, qo’shma korxonaning asosiy vositalari taxlili, xom-ashyo va materiallar xisob varag’ini taxlili, asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini taxlili orqali korxona korporativ strategiyasini belgilsh................................................................25
Xulosa............................................................................................................35
Foydalanilgan adabiyotlar..............................................................................37
Ilovalar............................................................................................................38
KIRISh
Mamlakatimizning ijtimoiy yo’naltirilgan bozoriqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tishga asoslangan hozirgi siyosati, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish va korxonalardagi iqtisodiy munosabatlarnibozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Har bir korxona raqobatda kutilmagan tadbirlarni amalga oshirish natijasida biznessohasida yangi rivojlanish yo’llari ortib bormoqda. Iste’molchilar va mahsulot yetkazibberuvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari orasida tartibga solishningbugungi bosqichida tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasinitakomillashtirish, shuningdek brending siyosatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yichaHarakatlar strategiyasini tasdiqladi.”Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash mumkin bo’ladi”1.Avvalo, ushbu ustuvor yo’nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungikunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim. Shu jumladan milliyiqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat,xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish,xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdaxizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo,xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish zarurdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichidaiqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiybarqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifa qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi – bozoriqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagiulushining ortib borishi bilan baholanmoqda. Zamonaviy sharoitlarda mamlakatimiz ravnaqini rivojlantirishda kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda korxonalarda strategik boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda qo‘llash masalalari bo‘yicha nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirish zamon talabidagi dolzarb masalalardan biridir.Kompaniya rivojlanib gullashi yashnashi uchun strategiyalar ishlab chiqish strategiyani shakillantirish va unga tasir qiluvchi omillarni o’rganish va shakillantirish ni o’rganish dolzarb vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |