Мавзу: Комил ХоразмийUmumiy yakuniy xulosalar chiqariladi
portal.guldu.uz-MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI
Mavzu rejasi: Komilning tarjimai holi Komil lirikasi Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: Eski maktab va madrasa tahsili, Komilning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, sherlarida muhabbat mavzusi, ijodida hajviy yunalish, bastakorlik va musiqashunoslik faoliyati, tarjimalari. Mavzuga oid muammolar: 1. Nima uchun Komil Xorazmiy shaxsiyati va faoliyatiga aloqador turli bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan fikrlar uchraydi? Bunga munosabatingiz qanday? 2. Ma’lumki, Komil she’riyati Xiva adabiy muhitida o’ziga xos o’ringa ega. Shoir adabiy merosini bugungi kunda qanaqa yangicha yo’nalishlarda o’rganish mumkin? 1 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Komilning oilasi, eski maktab va madrasadagi tahsili, shuningdek, davlat arbobi sifatidagi faoliyati to’g’risida malumot berish. Identiv o’quv maqsadlari: Komil voyaga etgan oila, shuningdek, eski maktab va madrasadagi tahsili to’g’risidagi so’zlaydi. Komilning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga baho beradi. Komil va Matmurod, Komil va Feruz o’rtasidagi munosabatlarni izohlaydi. asosiy masalaning bayoni: Komil 1825 yili Xiva shahrida tug’ildi. Uning otasi Abdulla Oxund Xiva madrasalarining birida mudarrislik qilar edi. Bo’lajak shoirning ota-onasi Pahlavon Mahmudga bo’lgan yuksak etiqodlari yuzasidan Komilni «Pahlavon» laqabi bilan atar edi, uning asl ismi Muhammadniyoz bo’lib, musiqaga oid adabiyotlarda bu ism Niyozmuhammad, Ogahiy asarida Polvonniyoz shaklida zamondoshlari tomonidan «Matniyoz» deb ham atalgan. «Komil» esa uning adabiy taxallusidir. Komil o’qimishli oilada tarbiya topib, maktabni bitirgach, Xiva madrasalarining birida ta’lim ola boshladi. Lekin otasidan bevaqt judo bo’lgach, Muhammadniyoz madrasadagi o’qishini to’xtatib, savdogar bobosi Xo’jash Mahram xizmatiga kiradi. Oila tirikchiligini yo’lga qo’ygach, yana o’qishni davom ettiradi. Komilning qachon sher yoza boshlagani nomalum. Uning 25-30 yoshlarida Xorazmda taniqli shoir hisoblangani malum. Komil madrasada o’qishdan tashqari sher yozish, xattotlik sanatini egallash qatorida milliy musiqa asboblarini chalishni ham jiddiy o’rgangan. Komil Xorazmiy dastlab 1856-1865 yillarda hukmronlik qilgan Xiva xoni Said Muhammadxon zamonida saroyda xattot vazifasida ishladi. So’ngra, 1865 yilda taxtga o’tirgan Muhammad Rahimxon II zamonida esa mirzoboshilik vazifasini bajarishga kirishdi. 1873 yillarda chorizmning Xiva xonligiga qilgan harbiy yurishi davrida ham Komil mirzaboshchilik vazifasini bajarar edi. Xiva bosib olingach, chor hukumati va Muhammad Rahimxon II xonlikning Gandimiyon bog’ida sulh tuzadilar. 1873 yil 29 may bu tarixiy sulh matni Komil tomonidan yozildi va «Gandimiyon sulhi» nomini oladi. Shundan so’ng xon uni devonbegi vazifasiga tayinlaydi. Sobiq devonbegi Matmurod esa qozog’istonning g’azali degan joyiga, so’ng Kaluga guberniyasiga surgun qilinadi. Komil devonbegi ekani vaqtida Xorazm madaniy hayotida katta o’zgarishlarni amalga oshirdi. 1873 yili tosh bosma yo’li bilan kitob nashr etish yo’lga qo’yildi. Shu bilan birga kitoblarni qo’lda ko’chirish ishlari ham davom ettirildi. U keyinchalik mashhur bo’lgan Muhammad Panoh, Muhammad Sharif Tarro, Xudoybergan Mehrikon, Matyoqub Harrot va o’z o’g’li Muhammad Rasul kabi xattotlarni tarbiyalab etishtirdi. 1879–1880 yillarda Matmurod surgundan qaytadi va xon uni o’z vazifasiga qo’yadi. Komil yana saroyda mirzaboshi qilib tayinlanadi. Endi shoir ko’p vaqtini adabiyot va sanatni rivojlantirishga bag’ishlaydi. 1880 yillarning boshlarida devonini nashr ettiradi. Musiqa ishlariga ham katta etibor qaratib, o’z atrofiga yaxshi sozandalarni to’playdi. Uning «Rost» maqomi yo’lida yaratgan «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» kuylari hozirgi kunlarda ham ijro etilib kelmoqda. Komil Rossiyaga birinchi marta 1883 yilda borgan. U Moskva va Peterburgga sayohat qilgan. Komilning faoliyatida tarjimonlik ham muhim o’rin tutadi. U 1865 yilda Barxurdor Turkman Mumtozning (18 asr) nasriy «Mahfil-oro» asarini fors tilidan tarjima qilgan edi. 1869–1870 yillari XVI asr muallifi Faxriddin Ali Safiyning «Latoyif ut-tavoyif» asarini «Latoyif uz-zaroyif» («Zarif latifalar») nomi bilan forschadan tarjima qilishga kirishib, uni ham tezda ado etadi. Komilning diqqatini tortgan navbatdagi asari mashhur tarixchi Mirxondining «Ravzat us-safo» asari bo’ldi. Uning tarjimasi Munis va Ogahiy tomonidan boshlangan va lekin tugallanmay qolgan edi. Komil 1891 yili Toshkentda bo’ldi. U lotin bosmaxonasini, gimnaziyani borib ko’rdi, teatrga kirdi. 1896-1897 yillarida u yana Toshkentga keladi. Bu uning oxirgi sayohati bo’lib, u og’irlashib borayotgan ahvolini tuzatish - davolanish uchun kelgan edi. Komil Toshkentda ko’zini doktorlarga qaratadi lekin hech yordam topa olmaydi. Shoir 1899 yili 74 yoshida hayotdan ko’z yumdi. Download 7,05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |