Glossariy lug’ati
Jadid- arabcha yangi ma’nosida.
Jadid adabiyoti- yangi yo’nalishdagi adabiyot.
Jadid maktabi- eski usuldagi maktab.
Jadid matbuoti- ijtimoiy-siyosiy voqealarni yozgan yangi gazetalar.
Jadidchilik – milliy uyg’onish harakati.
Jadidchilik- ma’rifatparvarlik “oqim ”degan.
Jadidchilik- sho’ro mafkurasi “reaktsion oqim ”degan.
Jadidchilik mafkurasi – yurtni hududiy- huquqiy jihatdan mustaqillikka erishtirish.
Jadidchilikning tashqi omillari – Turkiya, Ozar va Kavkazorti jadidlarining ta’siri.
Jadidchilikning ichki omillari- Dukchi eshon va Lo’matkon qo’zg’aloni.
Jadidchilikning ma’naviy omillari- maktab, matbuot, teatr, milliy ozodlik harakatlari.
Jadidchilikning ijtimoiy-iqtisodiy omillari- uyushma, jamiyatlarning tuzilishi, ba’zi ..... larning moddiy qo’llab-quvvatlashi.
Jadidchilik ijtimoiy harakat- jadidchilik “oqim ”emas, ijtimoiy harakat.
Jadid adabiyoti- ma’rifatparvarlik, mustaqillik, milliy ozodlik, hurriyatni talqin qilgan adabiyot.
Jadid she’riyati – davr va jahon voqealarini, mustaqillikni kuylagan she’riyat.
Jadid she’riyati poetikasi- yangi poetik obrazlarga asoslangan she’riyat.
Jadid nasri- naql, o’git, ma’rifatparvarlikdan realistik nasrga yo’l olgan nasr.
Jadid dramaturgiyasi- yangi janr, axloq, odob, hayot haqiqatini aks ettirgan dramaturgiya.
Jadid publitsistikasi – davr muammolarini aks ettirgan maqolalar.
Janrlar – jadid adabiyotining yangi janrlari.
“Inqilobiy adabiyot”- jadid adabiyotini inqilobiy maqomda talqin qilib, shunday nomlaganlar.
Istiqlol fidoyilari – mustaqilligimiz uchun kurashib, qurbon bo’lganlar.
“Ittiqod va taraqqiyot” – jadidlar tomonidan tuzilgan uyushma.
Ijtimoiy–siyosiy publitsistika–davrning ijtimoiy-siyosiy muammolarini aks ettirgan publitsistik maqolalar.
Ma’rifatchilik- ma’rifat bilan ommaning ko’zini ochib, yangilikka hidoyat etish.
Mahkamai shariat – “sho’royi ulamo”larning mahkamaga oid qarashlari.
Mardikorlik voqeasi- 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan mahalliy yigitlarni Rossiya hududida mardikor sifatida ishlatish.
Mafkura – jadidchilikning ijtimoiy-iqtisodiy – ma’naviy qarashlari majmuasi.
Milliy uyg’onish – feodal jamiyatni isloh qilish va o’zgartirish.
Mustaqillik- chor Rossiyasi mustamlakasidan ozod bo’lish.
“Milliy istiqlol”- jamiyatni tubdan o’zgartirishni reja qilgan uyushma.
“Milliy gvardiya”- “bosmachilar” deb atalgan shaxslar aslida milliy gvardiyachilar edi, hozir shunday ataladi.
Milliy ozodlik- Rossiya imperiyasi mustamlakasidan ozod bo’lish.
Panislomizm- chor Rossiyasiga qarshi barcha islom diniga qarashli davlatlar birligi.
Panturkizm- chor Rossiyasiga qarshi barcha turkiy mamlakatlarning birligi.
Realistik hikoya – hayot haqiqatini haqqoniy aks ettirgan hikoya.
Rivoyat- voqea ichida fikrni tasdiqlovchi hikoyat yoki hayotiy bo’lmagan voqea.
Realistik epik janr- keng voqelikni aks ettirgan yirik she’r.
Romanga xos tafakkur – hayotni ijtimoiy tahlil qiluvchi va baholovchi epik nasriy asar.
Sarbast she’r – jadid she’riyatining vaznsiz she’r turi.
Savtiya ta’lim usuli – tovush-harf ta’lim usuli.
Turkchilik – saljuq turklarining mahalliychilik harakatlari.
Turkiston muxtoriyati – 72 kun yashagan jadidlar tuzgan yangi davlat.
“Turon” – san’at ahli uyushmasi.
Umuminsoniy g’oya – dunyo afkor ommasining qarashlarini ifodalovchi g’oya.
Fevral burjua inqilobi – podshohlik boshqaruv tizimini tor-mor qilgan inqilob.
“Sho’royi islomiya” – jadidlarning jamiyatni isloh va o’zgartirishga harakat qilgan uyushmasi.
“Sho’royi ulamo” – yangi tuzilajak jamiyatni xalifalik va mahkamai shariat asosida boshqarish tarafdorlari.
Yangi davr – ijtimoiy-iqtisodiy-ma’naviy yangilanishga yuz tutish sodir bo’layotgan davr.
Yangi qarash – ma’rifatparvarlik, mustaqillik, milliy ozodlik qarashlar.
Yangi avlod – jadidchilik harakati tarafdorlari.
Yangi teatr – hayot haqiqatini sahnada aks ettirgan tomosha.
Yangi adabiyot – jadid davri adabiyoti.
Erkin vazn – jadid she’riyati bilan bog’liq paydo bo’lgan vazni, turog’i, qofiyasi erkin she’r.
Erkin aruz – aruz vaznining temir qonunlariga kiritilgan o’zgarishlar.
Qo’qon voqeasi – Turkiston muxtoriyatini bolsheviklar va muvaqqat hukumat tomonidan tor-mor qilinish voqeasi.
Qadimchi – gazeta o’qimaydiganlar guruhi.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti
o`quv-uslubiy majmua
Q.Ko`bayev, O.Fayzullayeva
Dizayner O.Fayzullayeva
Kompyuterda tayyorlovchi D.To’rayeva
Bosishga ruxsat etildi: 2017 yil 20.01