Mavzu: kirish


-Dars.Ahmad Yassaviy. Hikmatlar



Download 0,82 Mb.
bet37/55
Sana30.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#197596
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati

12-Dars.Ahmad Yassaviy. Hikmatlar

Reja:

1. Ahmad Yassaviy mutassavuf shoir

2.”Devoni hikmat” asari to’g’risida

Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma'lumotlar yetarli emas. U Yassi sharida, Turkistonda ruhoniy oilasida tug'ilganlining otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo'lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhurdir.

Ahmadning yoshligi og'ir kechgan. Otasi juda erta vafot etgan. Ahmad Yassaviy Arslon boboday yirik mutasavvuf olim qo'lida tarbiyalangan. So'ng u Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qo'lida tahsil oladi.

Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori darajada egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo'ladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etgan. Uning shuhrati adib vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida e'tiqod bilan qaragani ma'lum. U 1395—1397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri o'rnida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud.

«Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asaridir. Ularda 240 ga yaqin she'r bor. Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bo'lgan. Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim», «Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy», «Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo'yilgan.

Ahmad Yassaviy mutasavvuf shoir. Bu tasavvuf tariqatiga mansublikni bildiradi. Tasavvufdagi to'rt asosiy bosqich shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat mohiyatini she'riy misralariga singdirgan. Ahmad Yassaviy shu yo'nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson ma'naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bunday maqsad insoniyatni to'g'ri yo'lga da'vat etishdir. To'g'ri yo'l haqiqatni anglashga olib kelmog'i kerak. Haqiqatni anglash o'zlikni anglashdir. Bunga erishmoq uchun kishi xudo yo'liga kirmog'i, xudoga muhabbat paydo qila bilmog'i, butun kuch va vujudini shu yo'lga qarata olmog'i kerak.

Ahmad Yassaviy she'riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf ta'limoti bilan, ham og'zaki ijod an'analari bilan chambarchas bo'g'lanib ketgan. Pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan bog'lansa, yo'l, rabot, karvon, oq kabilar og'zaki ijod an'analari bilan aloqador holda

yuzaga kelgan.Nafs haqida gapirar ekan, Yassaviy uni insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baholaydi. Unga «shum» sifatining berilishi bejiz emas. Shuningdek, «nafsi bad», «nafs yo’li», «nafsi ilgi» singari ifodalar shoir fikrini yorqinlashtiradi. Adib to'g'ridan to'g'ri nafsni tepkil, nafsdan kech deya targ'ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko'rsatib beradi:

Nafsingni sen boqib tursang, nelar demas,

-99-
Zori qilsang, olloh sari bo'ron so'nmas.

Qo'lg'a olsang yobon qushdek qo'lg'a qo'nmas,

Qo'lg'a olib, tun uyqusin qilg'il bezor.

Yoki:


Nafs yo'lig'a kirgan kishi rasvo bo'lur,

Yo'ldan ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur.

Yotsa, qo'psa shayton bilan hamroh bo'lur,

Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.

Ahmad Yassaviy she'riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o'qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og'zaki ijodiga nihoyatda yaqinligidadir. Hikmatlar, asosan, to'rtlik va murabba' shaklida yaratilgan.

Nafsdin kechib, qanoatni pesha qilg'on,

Har kim tepsa, rozi bo'lib bo'yunsung'on,

Yaxshilarga xizmat qilib, duo olg'on,

Andak oshiq mahshar kuni armoni yo'q.

Yoki:


Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag'anlar,

Saharlarda jonin qiynab ishlag'anlar,

Hay-u havas, moumonni tashlag'anlar

Chin oshiqdir, hargiz oni yolg'oni yo'q.

Ko'rinib turibdiki, har ikki to'rtlik ham a-a-a-b shaklida qofiyalangan. Dastlabki to'rtlikdagina qofiyalar faqat qo'shimchalar (-g'on) takrori tufayligina hosil bo'lgan. Ulardagi o'zak so'zlar (qil-, sun-, ol-) o'zaro ohangdosh emas. Bu narsa og'zaki ijod uchun xosdir. Keyingi to'rtlikda esa o'zak so'zlar (xush-, ish-, tash-) o'zaro ohangdosh bo'lib kelmoqda. Ularga qo'shilgan qo'shimchalar ohangdoshlikni yanada kuchaytiradi.

Qofiyada mavjud bo'lgan ohangdoshlikni she'rning boshqa qismlarida takrorlash ham og'zaki ijod an'analaridan hisoblanadi. Ahmad Yassaviy bu an'analardan nihoyatda unumli foydalanadi.

Ishqqa tushdung, o'tqa tushdung, kuyib o'ldung,

Parvonadek jondin kechib axgar bo'ldung.

Dardga toidung, g'amga so'ldung, telba bo'ldung,

Ishq dardini so'rsang hargiz darmoni yo'q.

So'zlar takrori ham she'riyatdagi ohangdoshlikni nihoyat­da kuchaytirishi mumkinligini Ahmad Yassaviy ijodida ko'plab kuzatish mumkin:

Zohid Bb'lma, obid bo'Ima, oshiq bo'lg'il,

Mehnat tortib ishq yo'hda sodiq bo'lg'il,

Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo'lg'il,

Ishqsizlarni imoni yo'q, ham joni yo'q.
-100-
So'zlar takrori silsilasida radifning alohida o'rni bor. Radif qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi so'zlardir. Ahmad Yassaviyning ijodida ko'pincha bu bir so'zdan iborat. Yuqo-ridagi misralarda aynan shunday bo'lgan. Murabba'larning dastlabki bandi а-Ъ-d-b shaklida qofiyalangan bo'lishi mumkin:

Vodarig'o, nechuk qilg'um g'ariblig'da, a

G'ariblig'da g'urbat ichra qoldim mano. b

Xuroson-u, Shom-u Iroq niyat qilub, d

G'ariblig'ni ko'p qadrini bildim mano. b

Ular orasida a-a-b-a shakli ko'p uchraydi:

Haq kunlari darveshlar haqiqatni bilmishlar,

Haqqa oshiq bo'lg'onlar haq yo'lig'a kirmishlar.

Haq yo'lig'a kirgonlar, olloh teyu yurgonlar,

Eranlar izin izlab, mamlakatdin kechmishlar.

«Hikmatlar»da masnaviy shakli ham uchraydi:

Mani hikmatlarim dono eshitsun, a

So'zum doston qilub maqsudg'a yetsun. a

Meni hikmatlarim bir piri komil, b

Qayubandaxudog'abo'lsamoyil... b

Ahmad Yassaviy she'riyatini og'zaki ijodga yaqinlashtirgan omillardan yana biri ularning barmoq vaznida yaratilganligidir. Ular, asosan, 11 yoki 12 bo'g'inli barmoqdan tashkil topgan.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish