Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.C 5.D
Uyga vazifa:G’azallardan birini yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu:A. Navoiy “Deyin”, “Jong`a chu dermen” g`azallari tahlili
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilarga g`azal va uning sharhi haqida ma`lumot berish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida go`zallikka muhabbat tuyg`usini
tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars tipi : Yangi bilim beruvchi
Dars turi: Odatdagi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: Savol-javob
Dars jihozi : 8-sinf Adabiyot darsligi
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1.Alisher Navoiy qachon qayerda tug`ilgan?
2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan?
3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida
qanday rol o`ynadi?
4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?
5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan
haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?
6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini
qo`llaydi?
7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab
bering.
8. Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan?
9. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat?
G`azalning maqta`sini ayting
10. Begona bayt deganda nimani tushunasiz?
11. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim?
“Deyin ”radifli g`azali tahlili
Matla`:
Qoshi yosinmu deyin ,ko`zi qarosinmu deyin,
Ko`ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Begona bayt:
Charxi ranjinmu deyin,dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?!
Maqta`:
Ey Navoiy,dema qosh-u ko`zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin , ko`zi qarosinmu deyin?!
Hajm : 7 bayt 14 misra
Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a
Radif : deyin
Qofiyadosh so`zlar: qarosinmu, balosinmu, safosinmu,davosinmu,
adosinmu, qabosinmu,jafosinmu,qarosinmu.
Ichki qofiya ham mavjud
She`rda rad ul matla` san`ati yana matla`ni takrorlash san`ati qo`llangan.
“Jong`a chun dermen” matla`li g`azali tahlili
Matla`
Jong`a chun dermen : “Ne erdi o`lmakim kayfiyati”
Derki : “Bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati”
Begona bayt:
Yig`lab aytur ko`zki: “Yo`q manga ham ixtiyor,-
Ki ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati”
Maqta`:
Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi ,o`lguncha kuy,-
Kim sanga ishq o`ti –o`q ermish azal qismati
Hajm : 7 bayt 14 misra
Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a
Qofiyadosh so`zlar: kayfiyati ,shiddati, hirqati ,ofati,tuhmati,
vahshati,tal`ati,qismati
G`azalda jon,jism,bag`ir,ko`ngul,ko`z so`roqqa tutiladi.
G`azallarnini ifodali o`qish
Mushoira daqiqasi 15 daqiqa
Uyga vazifa : G`azalni yodlash
Do'stlaringiz bilan baham: |