Javoblar:1. A 2. C 3.A 4. C 5.A
Uyga vazifa:Darslikdan tashqari g’azal va qit’alar yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: Nodira hayoti va ijodi . “Doda keldim” matla`li g`azali
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Nodira hayoti vaijodi haqida ma’lumot berish,”Doda keldim”g’azalini g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida mehr-muhabba,vafo-sadoqat,insoniylik tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi: suhbat,matn ustida ishlash,g’azal tahlili;
Dars jihozi : darslik,Nodira siymosi,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Alisher Navoiy lirikasi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.Nazm gulshani:Navoiy ijodi asosida.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O`zbek shoiralaridan kimlarni bilasiz?
Jahon otin Uvaysiyga homiylik , ustozlik qilgan Qo`qon malikasi kim?
Nodira –XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o`zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo`lib, Nodira - adabiy taxallusi hisoblanadi. Bundan tashqari Komila taxallusi bilan ham o`zbekcha she`rlar bitgani ma`lum.Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan ham yozgan.Nodira 1792-yilda Andijon hokimi Rahmonqul otaliq xonadonida tavallud topgan. Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonadoniga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish mumkin:
Siyosat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo ,rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Nodira 1808 –yilda Qo`qon xoni Norbo`tabiyning o`g`li Umarxon b-n oila quradi,1810 –yilgacha Marg`ilonda , undan keyin umrining oxirigacha Qo`qonda yashaydi.Nodiraning Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon ismli o`g`illarni tarbiyalagan.Nodira devon tuzgan .Uning turkiy devonidan 189 ta g`azal o`rin olgan.Nodira 1842-yilda Amir Nasrullo tomonidan o`g`illari Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon ,nabirasi Muhammad Aminxon va mahramlari Xushholbibi ,Norbibi, Oyshabibilar bilan birga qatl etilgan.
Asarlari :
“Vasl uyin obod qildim..”, “Marhabo”, “Muhabbatsiz kishi odam emasdur”,
“Kel dahrni imtihon etib ket”, “Yorning ko`ngli emas ozorsiz”, “Nodira ahvolidan ogoh bo`ling”, “Ehtiyoj”, “Ko`zlarim mushtoqdir diydor uchun”
“Firoqnoma” kabi asarlari Nodira qalamiga mansub.
II.Nodira hayoti va ijodiga oid darslikdagi ma’lumotlarni o’qib,o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Nodiraning “Doda keldim” matla`li g`azalini o`qish va tahlil qilish.
Matla`
Doda keldim ,ey salotin sarvari,dodil eshit.
Sen shah-u men benavo dod-u faryodim eshit
Begona bayt
Kelki , bir soat seni ko`rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo`ldim sendan ayru , ey parizodim , eshit.
Maqta`
Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g`azalni tab`I noshodim eshit.
Vazn : aruz
Hajm : 7 bayt 14 misra
Qofiyadosh so`zlar:dodim, faryodim,ozodim,shamshodim,obodim,yodim,
parizodim, noshodim.
Qofiyalanish tartibi: a-a,b-a, d-a,e-a,f-a,g-a, h-a.
Radif : eshit
Gazal an’anaviy ,ya’ni ishqiy mavzuda yozilgan,Nodiraning yoriga bo’lgan sog’inchi,iztirobi,ichki kechinmalari asosida yaratilgan.
II.Test sinovi:
1.Shoiraning forsiy taxallusi
A.Nodirabegim C.Komila C.Maknuna D.Mohlaroyim
2.Amir Umarxon qachon taxtga chiqadi?
A.1810 y B.1792 y C.1807 y D.1820 y
3.Amir Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?
A.Umarxon B.Amir C.Amiriy D.Olimxon
4. Nodiraning turkiy devonida nechta g’azal o’rin olgan?
A.198 ta B.189ta C.190 ta D.289 ta
5.Doda keldim ,ey salotin,sarvari dodim eshit,
Sen shah-u,men benavo,lutf ayla faryodim eshit.Matla’da qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tashbih C.Tazod D.Irsoli masal
Javoblar:1. C 2.A 3.C 4.B 5.C
Uyga vazifa:”Doda keldim ”matla’li g’azali tahlili
O’quvchilar bilimini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |