Ko’rildi:
24.02.2015.y
Dir.o’rinb:
Sana:_______________________________
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan parcha
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: “Chinor” romanidagi g`oya haqida suhbat
b)tarbiyaviy: o`quvchilarni irodali bol`ib voyaga yetishishga yo`naltirish
d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Yangi bilim beruvchi
Dars turi: An`anaviy
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: Savol-javob, munozara, dibat
Dars jihozi : Darslik, shoirning surati
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
“Chinor” romanidagi fojiali qismat egalaridan biri – Akbarali obrazi . Akbarali tuppa-tuzuk yigit. Onasini yaxshi ko`radi, urushda o`lgan otasining xotirasiga hurmatni yo`qotmagan. U “bersang –yeyman, ursang-o`laman” deydigan odamlar xilidan emas. Konda og`ir sharoitda halol mehnat qiladi, yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Uning qalbi ham insoniy tuyg`ular bilan to`la. Bir qarashda uning hayotdan baxt talab qilishga , umrini tinch-xotirjam o`tkazishga haqqi bor. Lekin “Hayotim bir tekis , avvaldan rejalashtirganimdek , ortiqcha g`avg`olarsiz o`tadi” degan kimsa aksariyat hollarda adashadi. Agar hayot rejaga , bir chiziqqa bo`ysunganida edi, insoniyat allaqachon o`ziga jannatni qurib olgan bo`lar edi. Afsuski, “Uyning gapi ko`chaga to`g`ri kelmaydi!” Ancha paytga qadar Akbaralining hayoti bir tekis, ortiqcha tashvishlarsiz kechayotgan , u o`zi sevgan kasbni qilib , tirikchiligini o`tkazib yurgan edi. Agar yarim kechada uning uyiga otasining quroldosh do`sti Bektemir kirib kelmaganida , balki bu sokin hayot uzoq davom etgan ham bo`lar edi...
Taqdir deganlari o`z aytganidan qolmadi –Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga soldi va shafqatsizlarcha sindirdi!
O`sha mash`um daqiqada Akbaralining ichida kamida ikki his bir –biri bilan ayovsiz olishdi. Ulardan biri: “Yur, Bektemirga yordam ber, agar ikki kishi bo`lsalaring, ulgurasizlar! Axir Bektemir otang bilan birga bunaqa xavfning nechtasini yengib kelishgan. Ular cho`chimagan-ku!”, -deb uni oldinga chorlasa , ikkinchisi : “Borma, xavfli ,oldinda o`lim turibdi, yosh joning juvonmarg bo`lib ketadi! Yaxshisi-qoch! Joningni , hayotingni saqla!” –der edi.
Agar fursat salgina ko`proq bo`lganida , ozgina o`ylab-keyin bir qarorga kelishga imkon berganida edi...
Afsuski, bu gal ham alloma Gafur G`ulom aytgan haqiqat isbotlandi.
Ba`zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz sonishi uchun yetgulik
Ming yulduzni so`ldirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali yulduzni ham so`ldirdi.Endi uning ko`rgan kuni –kun emas. Azob –uqubat , vijdon qiynog`i, qalb so`rog`i...
Akbaralining bir lahzalik qo`rqoqligi ikki kishining umriga zomin bo`ldi.
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
Uyga vazifa:O`qib –o`zlashtirish
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Said Ahmad hayoti va ijodi. “Qochoq” hikoyasi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy-Said Ahmad hayoti va ijodi haqida malumot berish,adibning “Ufq”romani haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida badiiy adabiyotga qiziqish,ota-ona va Vatan oldidagi burchni anglash tuyg’ilarini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish.
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlili;
Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Odil Yoqubov va “Ulug’bek xazinasi”asari yuzasidan bahs-munozara;
2.Asardan olgan taassurotlar va “Buyuk ajdodlar xotirasini yod aylab”…
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1. “Kelinlar qo`zg`oloni ” spektaklining muallifi kim?
2.Mashshur qo`shiq “Hay-hay” ning muallifi kim?
II.O`zbekiston Qahramoni –Said Ahmad 1920-yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. U o`rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida , so`ng Toshkent Pedagogika institutida o`qidi va uni 1943-yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga havasmand bo`lgan adib adabiyot darslarida , maktabdagi to`garaklarda faol qatnashardi. Adib dastlab “Mushtum” jurnalida adabiy xodim bo`lib ishga kirdi. Tabiatan hazil-mutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu jurnal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo`ldi. Yozuvchining “Mushtum” jurnalida (1938-1939, 1955-1957), “Yosh leninchi” gazetasida (1940-1941) O`zbekiston davlat radio qo`mitasida (1941-1943) , “Qizil O`zbekiston” gazetasida (1943-1947) , “Sharq yulduzi” (1948-1950) jurnallari tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk ijodkor bol`ib yetishishiga , elga tanilishiga sabab bo`ldi.
Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko`p yozsa-da , xo`b yozadi. Unig “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to`plami 1940-yilda chop etilgan. Shundan so`ng adibning “Er yurak”, “Farg`ona hikoyalari”, “Cho`l burguti”
“Muhabbat” kabi ellikka yaqin katta-kichik kitoblari alohida to`plam va ko`p jildliklar shaklida nashr etilgan. Bu asarlarning barchasi zo`r qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Sababi , adabiyotshunoslarimiz ta`kidlaganidek Said Ahmad Oybekning psixologik mahoratini, G`afur G`ulom yumori, A.Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgan adib.
Said Ahmad –o`tkir kulgi ustasi. bu xususiyat uning barcha janrdagi asarlariga ko`chgan deyish mumkin. Jumladan adibning “Kelinlar qo`zg`oloni”1976 komediyasi dovrug`i olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o`zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko`plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko`nglini rom etdi.Adib ssenariysi asosida yaratilgan qator kinofilmlar ham xuddi shunday olqishlarga sazovor bo`lgan.
Mustaqillik yillarida adib yanada katta g`ayrat bilan qalam tebratdi. U shu yillarda ko`plab publitsistik maqolalar , badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoristik, jo`shqin lirik hikoyalar, ta`sirchan xotiralar yaratdi. Yozuvchining “Xandon pista”, “Bir op`ichning bahosi” kabi hajviy to`plamlari, “Yoqotganlarim va topganlarim” , “Qorako`z majnun”, “Kiprikdagi tong” kitoblari , 3 jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i aynan istiqlol yillarida yaratildi.
Said Ahmad o`zbek adabiyotini romanlar bilan ham boyitdi.1988-yilda “Jimjitlik” romanini yozdi. Romanda sho`ro hukumati davridagi zohiran tinch , turg`unlik, aniqrog`i , “jimjitlik” yillarida kechirgan kunlari hikoya qilinadi.
Darsning mustahkmlash bosqichida:
I.Said Ahmad hayoti va ijodi haqida berilgan maqola matni ustida ishlash.
II.”Ufq”romani haqida ma’lumot:
“Ufq” romani uch qismdan iborat:
1.“ Qirq besh kun”
2. “Hijron kunlarida”
3. “Ufq bo`sag`asida”
Said Ahmad 1947-yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa olingan , bir necha yil qamoq jabrini tortgan. Said Ahmad 1953-yilda oqlangan. Mustaqillik yillarida adibga “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do`stlik” “O`zbekiston Qahramoni” unvoni kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlandi.
III.Darslikda berilgan “Ufq” romanidan parchani o`qish
I.Test sinovi:
1.Said Ahmad ilk faoliyatini qaysi matbuotdan boshlagan?
A.”Inqilob” B.”Til va adabiyot” C.”Mushtum” D.”Gulxan”
2.Adibning ilk hikoyalar to’olami qanday nomlanadi?
A.”Tortiq” B.”Muhabbat” C.”Er yurak’ D.”Cho’l burguti”
3.”Kelinlar qo’zg’oloni”komediyasi qachon yaratilgan?
A.1978-yil B.1976-yil C.!988-yil D.1970-yil
4.”Ufq”romani necha qismdan iborat?
A.4 B.5 C.2 D.3
5.Asarning ikkinchi qismi qnday nomlanadi?
A.”Ufq bo’sag’asida ” B.”Qirq besh kun”
C.”Hijron kunlarida” D.”Ufq”
Javoblar:1.C 2.A 3.B 4.D 5.C
Uyga vazifa:”Ufq”romanini o’qish.”Qochoq” hikoyasi matni ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |