Ko’rildi:
3.02.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Usmon Nosir hayoti va ijodi. “Yurak” she`riy dostoni
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy- Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida bilim berish,”Yurak”
she’rini ifodali o’qish ,she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida adabiyotga qiziqish,she’riyatga shaydolik,go’zal insoniy fazilatlarni singdirish;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’riyatga bo’lgan qiziqishini va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:nazm gulshani,tahlil,bahs;
Dars jihozi :8-sinf adabiyot darsligi,Usmon Nosir siymosi,badiiy asarlar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”darmasi yuzasidan savol-javob;
2.Dramadan olgan taassurotlar.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Savollar:
1.30-yillar qatag`oni haqida nimalarni bilasiz?
2.30-yillarda qatag`onga uchragan ijodkorlardan kimlarni bilasiz?
II.Nazm gulshani:Quyi sinflarda o’tilgan Usmon she’rlari asosida.
III.Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrining “Chuqurko`cha” dahasida tug`ildi.Usmon Nosir 4 yasharligida onasi bilan Qo`qon shahriga ko`chib keldi. Masodiq Nosirhoji xonadonida kamol topa boshladi.Shu yerlik bolalar qatori internatda o`qib tarbiyalandi.O`rta maktabda va Samarqanddagi o`zbekiston dorilfununida o`qib yurgan kezlaridayoq u shoir Usmon nosir bo`lib tanildi. U.Nosirning nomi yigirmanchi yillarning oxirlaridayoq o`quvchilarga tanila boshladi.O`ttizinchi yillarda esa , uning asarlarini kitobxonlar intiqlik bilan kutadigan shoirga aylandi. Endi uni “tabiatan shoir”, “tug`ma shoir” deb
ta`rifladilar .Ana o`shanda U.Nosir 20 yoshlarda edi.
Usmon Nosir 18 yoshidan 24yoshigacha bo`lgan davrda ijod qildi.Shu qisqa 6-7 yil ichida u beshta she`r to`plami :
“Quyosh bilan suhbat”,“Safarbar satrlar”,“Traktorobod”,“Yurak”,“Mehrim”
Ikkita doston:“Norbo`ta”,“Naxshon”
To`rtta drama:
“Atlas”,“Zafar”,“So`nggi kun”,“Dushman”asarlarini yaratdi
Badiiy tarjima sohasida ham shoir o`ziga xos tarjimonlik madaniyatini va poetik didini namoyish qilgan edi.
N.A.Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” asari
V.I.Kirshonning “Ulug` kun”dramasini
A .S.Pushkinning “Bog`chasaroy fontani”
M.Yu.Lermontovning “Iblis”nomli dostonlarini shuningdek Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko`pgina asarlarni o`zbek tiliga tarjima qildi.
U .Nosirning 1927 yildan 1932-yilgacha bol`gan ijodida publisistika,voqealarga publisistik munosabat , publisistik pafos va ritorika ko`proq ko`zga tashlanadi.
Shuning uchun uning she`rlari chaqiriq bo`lib yangraydi.Bu xususiyat usmon Nosir ijodining zamon talabiga hozirjavobligini ko`rsatdi.
“Usmon she`riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo`ronday!U shunday to`polon va to`lqin bilan keldiki,uncha-muncha she`riy uslub vaijodni to`s-to`s qilib yubordi.Uni o`zimizda “O`zbekning Lermontovi”Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo`ldi” deb yozishdi”,-deydi shoir TurobTo`la.
Usmon Nosir 1944-yil 23-martda 32 yoshida Uzoq Sharqda vafot etdi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.She’rim !Yana o’zing yaxshisan,
Boqqa kirsang ,gullar sharmanda.
Bir men emas,hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
“Yana she’rimga”
Sen yuragimning chashma suvisan,
Sen ko’zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim so’rasa,de:
“Bahom –umrning bahosiga teng”.
“She’rim”
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog’im.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
She’rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog’im.
(“Bog’im”)
Usmon Nosir har bir she’rida ichki kechinmalarini bayon qilib,dard-iztiroblarini,orzu-o’ylarini bayon etadi.Mana shu misralar orqali shoir mangu yashaydi.
II.”Yurak”she’rini ifodali o’qish,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo’r etding.
Ko’zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim…
Shoir bu she’rida ham qalb tug’yonlarini soddalik va ta’sirchanlik bilan ifoda etadi.Shoir har bir yurakni Vatanni sevishga..undaydi…
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo’lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylansen,
Yoril!Mayli tamom o’lsam.
III.Test sinovi:
1.Usmon Nosir 20yoshida qanday nom bilan ta’rifladilar?
A.Tabiatan shoir,tug’ma shoir B.O’zbekning Lermontovi
C.Sharq Pushkini D.Bo’ronday kuchli
2.”Atlas”,”Zafar”,”So’nggi kun”,”Dushman”asarlari qanday janrda yozilgan?
A.She’riy ro’plam B.Doston
C.Drama D.Ballada
3.”Sen yuragimning chashma suvisan,
Sen ko’zlarimning gavhar nurisan”,-deb shoir nimaga ta’rif beradi?
A.Yurakka B.Orzu-o’ylariga
C.She’rga D.Asarlariga
4.“Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo’ronday!...”Bu fikrlar kimga tegishli?
A.Cho’lpon B.Usmon Azim
C.Turob Tola D.E.Vohidov
5.Moskva gazetalarida Usmon Nosir qanday ta’riflanadi?
A.”O’zbekning Lermontovi” B.”Sharqda Pushkin paydo bo’libdi”
C.”Tug’ma shoir” D.”Tabiatan shoir”
Javoblar:1. A 2.C 3.C 4.C 5.B
Uyga vazifa:Otilganlarni o’zlashtirish va “Yurak “she’rini yod olish
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
10.02.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: U.Nosir. “Nil va Rim” va “Monolog”she’rlari
Darsning maqsadi:a)ta`limiy-Usmon Nosirning “Monolog”va “Nil va Rim ”she’rlarini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-she’rlarda ilgari surilgan mehr-muhabbat,jaholatga qarsgi kurashish,iliq tuyg’ular ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning sh’er tahlil qilish,ifodali o’qish ,fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillaashtirish;
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,qiyoslash;
Dars jihozi :Adabiyot darsligi, Usmon Nosir siymosi,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish, navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Shoirning “Yurak”she’rini yod olish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Savollar: 1.U.Nosir qachon qayerda tug`ilgan?
2.U.Nosirning bolaligi qanday kechgan?
3.U.Nosir nechanchi yillarda shoir bo`lib tanilgan?
4.U.Nosirning she`riy to`plamlarini sanab bering
5.U.Nosirning dramalarini sanab bering.
6.U.Nosirning she`riy dostonlarini sanab bering
7.U.Nosir qanday asarlarni tarjima qilgan?
8.U.Nosir haqida qanday fikrlar bildirildi?
II.”Nil va Rim”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.
Tayanch tushunchalar: Ro,Aziriso,Tifon-qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi
Fir`avn-qadimgi Misr davlatini boshqargan hukmdor
Munis,Ramzes,Kleopatra-quldorlik davri Misr hukmdorlari
Avval bahor osmonidek-erta bahor osmonidek
Ochun –dunyo,olam
Homer –qadimgi yunon shoiri ,ko`zi tug`ma oiz bo`lgan
Sezar-Rim imperiyasini boshqargan hukmdor
Spartak –Rim quldorlik tuzumiga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonning rahbari
Sud –ma`no, mohiyat
Aflotun (Platon)-qadimgi yunon faylasufi
Vergiliy –qadimgi yunon shoiri
…To Minisdan Ramzesgacha ,Ramzesdan nari
“Malika qiz”-Kleopatra hukmron davri.
Undan tortib …yana uzoq ,yana ko`p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo`llar.
Ko`zyoshidan dil toshidan qurilgan haykal
Mag`rur turar ,mag`rur boqar hech biron mahal
Na odamdan ,na zamondan qo`rqmas asti u.
G`azabini yutib o`lgan qullar dasti bu!
Ushbu misralarda shoir o`zi la`natlayotgan davrda hayot ,tiriklik mantig`i insoniy turmush tarzining oyog`i osmondan keltirilganini mana shu “g`alati o`xshatish”lar orqali ham bo`rttirib ifodalaydi.
Fir`avnlarning qabri bo`lmish Misr ehromlari , bu mamlakatdagi tosh haykallari ,mana necha asrlarki, “na odamdan, na zamondan qo`rqadi”.Ular shu qadar mustahkam ,shu qadar chidamli.Holbuki, shoir nazarida , bularning bari “G`azabini yutib o`lgan qullar dasti”dir.Xo`rlik, nochorlik, alamli hayot og`riqlariga qarshi mahkam tugilgan inson mushti ular.
Asarda naqarotdek ikki bor qaytarilgan , “Mana menman , u isyonning o`lmas avlodi…” deya boshlanuvchi fidoyi hayqiriq ,go`yo U.Nosir o`zini kutayotgan og`ir rksizlik , surgun zulmatlariga oldindan ko`tarilayotgan isyondek yangraydi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Monolog”she’rini ifodali o’qish va g’oyviy-badiiy tahlil qilish;
Sevgi!Sening shirin tilingdan,
Kim o’pmagan,kim tishlamagan?
Darsding yovday tilib ko’ksidan,
Kim qalbidan qonlar to’kmagan?
Ishq-muhabbat jahon adabiyoti,tasviriy va qo’shiqchilik san’ati ,musiqasining doimiy va hech qachon ohori to’kilmaydigan mavzisidir.”Monolog” she’ri sevgi-muhabbat mavzusi mutlaqo yangi nuqtayi nazardan turib yoritilgan ,talqin etilgan o’lmas asar hisoblanadi.She’rda muhabbat dostonlarining go’zal timsollari,ularning jasorati va sadoqati kuylanadi…Mashhur tatar shoiri Xodi Toqtash”Muhabbat o’zi eski narsa,lekin har bir yurak uni yong’orta(yangilaydi)”,-deb aytgan edi.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash;
III.Test sinovi:
1.Firavnlar ..
A.Qadimgi Misrni boshqargan hukmdorlar B.Xudolar nomi
C.Quldorlar nomi D.Quldorlik davri Misr hukmdori
2.”Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo’q…”misrasida qanday san’at qolllanilgan?
A.Jonlantirish B.O’xshatish C.Tazod D.talmeh
3.”Odam bilan hayvon o’yin ko’rsatar emish…”misrasida shoir qaysi voqeaga murojaat qiladi?
A.Masxarabozlarning hayvonlarni o’ynatishi
B.Odamlarni hayvonlarga tiriklayin yedirish
C.Qullar va yo’lbarslar olishuvi
D.Odamlarning hayvonlarhi qirib yuborishi
4.”Muhabbat ul o’zi eski narsa,lekin har bir yurak uni yong’orta(yangilaydi) ”,-degan fikr kimga tegishli?
A.Turob To’la B.Oybek C.Usmon Nosir D.Xodi Toqtash
5.”Dezdemona ,gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?...”Dezdemona-qaysi asar qahramoni?
A.”Hamlet” B.”Otello” C.”Qirol Lir” D.”Anna Karenina”
Javoblar:1.A 2.B 3.C 4.D 5.B
Uyga vazifa:She’rlardan birini yod olish
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
10.02.2015.y
Dir.o’rinb:
Parcha yodlash
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Asqad Muxtor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy:o`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim beruvchi;
Dars uslubi:nazm gulshani,suhbat,matn ustida ishlash;
Dars jihozi :darslik,Asqad Muxtor siymosi,tarqatmalar;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida o’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob;
2.Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodidan namunalar yod etish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Nazm gulshani:quyi sinflarda yod olingan Asqad Muxtor she’rlari asosida:
Ko’k yuzida pag’a bulut,oq bulut,
Oq bulutdan sut yog’armi yoki qut.
Pag’a bulut yaxshi ko’klam elchisi,
Havolarda yomg’ir isi,sel isi…
II.XX asr o`zbek she`riyati ,nasri, tarjimachilik san`ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor.Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o`rgangan,badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o`zidan boy va ibratli meros qoldirdi.
Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg`ona shahrida temiryo`lchi oilasida tavallud topdi.Bo`lajak adib 11 yoshga yetganda otasi vafot etadi. Asqad Muxtor balog`at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi,o`qiydi.
1936-yilda Toshkentga kelib jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o`qishga kiradi,gazeta tahririyatlarida ishlaydi.1938-yilda Asqad Muxtor Samarqanddagi dorilfununga o`qishga kiradi.Urush yillari bu ilm dargohi O`rta Osiyo dorilfununiga qo`shilishi bilan ko`pchilik qatori A.Muxtor ham Toshkentda o`qishni davom ettiradi.Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach ,uni Andijonga ishga yuboradilar.U yerdagi Pedagogika institutida 3 yil davomida o`zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatadi.1945-yilda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan bog`lanadi.U o`z davrining ko`zga ko`ringan matbuot nashrlari- “Yosh leninchi”, “Qizil O`zbekiston” gazetalarida bol`im mudiri ,mas`ul kotib vazifalarini bajaradi.1960-1965-yillar oralig`ida Asqad Muxtor Respublikaning eng yirik adabiy nashri- “Sharq yulduzi” jurnaliga muharrirlik qiladi.U “Guliston”jurnaliga , “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” haftalik gazetalariga muharrirlik qiladi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
II.Asqad Muxtorning adabiy merosi haqida:
Asqad Muxtor badiiy ijod bilan ham muntazam shug`ullanadi:
1935-1938-yillarda “Tilak”, “Tong edi” , “Totli damlar”nomli ilk she`riy asarlari dunyo yuzini ko`radi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Asqad Muxtor “G`alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tug`ishganlar qaytdi”, “Sog`inish” singari o`nlab she`rlari urush davri o`zbek poeziyasi namunalari bo`lib qoldi.
She`riy to`plamlari
“P`olat quyuvchi”-1947,“Hamshaharlarim”-1949
“Rahmat ,mehribonlarim”-1954,“Chin yurakdan”-1956
“99 miniatura”-1962,“Karvon qo`ng`irog`i”-1964
“She`rlar”-1966,“Quyosh belanchagi”-1971
“Sizga aytar so`zim”-1978
Nasriy asarlari:
“Daryolar tutashgan joyda”-1950
“Buxoroning jin ko`chalari”-1980
“Bo`ronlarda bordek halovat”-1982
“Jar yoqasidagi chaqmoq”-1982
“Kumush tola”-1987 isngari qissalari
“Davr mening taqdirimda”-1964
“Chinor”-1969-1973
“Amu” 1984kabi romanlari nashr ettirildi
Bolalarga bag`ishlangan
“Chinyurakdan” 1956 she`riy to`plam
“ Hayotga chaqiriq” 1956
“ Dunyo bolalari”1962 hikoyalar to`plami
Asqad Muxtor tarjimabilan ham unumli shug`ullandi.U buyuk dramaturg Sofokl qalamiga mansub “Shoh Edip” asarini o`zbek tiliga tarjima qildi.Bundan tashqari Pushkin,Lermontov, Tagor,Mayakovskiy, Blok,Gorkiy,Shevchenko singari klassiklardan ajoyib namunalr tarjima qildi
Asqad Muxtor umrining oxirida –sog`lig`i yomonlashib qolganda ham badiiy ijoddan to`xtamadi. Uning “Uyqu qochganda” “Tundaliklar” deb nom berilgan badiiy-falsafiy mushohadalari asari uning yaqqol dalilidir.
II.Test sinovi:
1.Asqad Muxtor qanday oilada tavallud topgan?
A.Temirchi B.Temiryo’lchi C.Kosib D.Ziyoli
2.1960-1965-yillarda shoir qaysi jurnalga muharrirlik qiladi?
A.”Sharq yulduzi” B.”Jahon adabiyoti” C.”Gulxan” D.”Til va adabiyot”
3.Ikk she’riy to’plamlari berilgan qatorni toping:
A.”Chin yurakdan”,”Karvon qo’shig’i” B.”Dunyo bolalari”,”Tong”
C.”Tilak”,”Tong edi”,”Totli damlar” D.”G’alaba ishonchi”,”She’rlar”
4.”Opa-singillar”,”Tug’ilish”,”davr mening taqdirimda”asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.Qissa B.Hikoya C.She’rlar D.Roman
5.Adibning 1962-yilda yozilgan hikoyalar to’plami:
A.”Dunyo bolalari” B.”Amu” C.”Hayotga chaqiriq” D.”Chin yurakdan”
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.A
Uyga vazifa:Darslikda berilgan “Chinor” romanidan olingan parchani o`qish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
17.02.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:20.02.2015.y-8-“A”;18.02.2015.y-8-“B”;
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romani
Darsning maqsadi:
a) ta`limi-oquvchilarga “Chinor”romani,uning tuzilishi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida qarindoshlar o’rtasida mehr-muhabbat,ezgulik tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini takomillashtirish;
Dars turi :yangi bilim berish;
Dars uslubi:ma’lumot berish;ifodali o’qish,asar tahlili,bahs;
Dars jihozi : “Chinor”romani, darslik,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Savollar ustida ishlash
1.Asqad Muxtor qachon qayerda tug`ilgan?
2.Asqad Muxtorning bolaligi qanday kechgan?
3.Asqad Muxtorning tahsil yo`nalishini aytib bering
4.Asqad Muxtor qaysi gazeta va jurnallarda ishladi?
5.Asqad Muxtorning ilk she`riy asarlarini aytib bering
6.Asqad Muxtorning dastlabki she`riy to`plamlarini sanab bering
7.Asqad Muxtor qalamiga mansub romanlarni sanab bering
8.Asqad Muxtor qalamiga mansub qissalarni sanab bering
9.Asqad Muxtorning bolalarga bag`ishlangan asarlarini sanab bering
10.Asqad Muxtor umrining so`ngida yozgan badiiy-falsafiy asar qanday
nomlanadi?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.“Chinor”romani
Asqad Muxtor romanlari ichida ,ayniqsa, “Chinor” asari muallifga katta shuhrat keltirgan.Bu asar o`ziga qadar yaratilgan o`zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.
Avvalo ,romanning kompozitsion tuzilishi –asar voqea–hodisalarining o`zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskinfarq qiladi.Unda go`yo bir-biri bilan bog`lanmaydigan qator hikoyalar ,rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi.Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga buysunmaydi.Masalan, roman yaratilgan davr(o`tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o`rin beriladi.
Aslida ,romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz-93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog`lanadi.
Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabarolgani otlangan Ochil buva olis safarga chiqadi.
O`ta qiziqarli va ibratli safar asnosida Ochil bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinamiz.
Bu taqdirlar bir-biri bilan Ochil buva orqali bog`lanib ,yagona shajarani-azim Chinorni vujudga keltiradi.
II.Darslikda berilgan parchadan o’qib ,asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.
Darsninh mustahkamlash bosqichida:
I.Bu romandan o`rin olgan hikoya va qissalar ,ko`p asarlarda bo`lgani singari,albatta , yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g`alabasi bilan tugavermaydi.Asarda o`nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo`roni ularni xuddi cho`ldagi bir uyumxashak singari sarson-sargardon qiladi.
Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish , ularni “to`g`ri yo`lga solib yuborishdan” o`zini tiyadi Hozirgi paytda o`zbek adabiyotshunosligida ko`p tilga olinayotgan “shafqatsiz realizm” ko`rinishlarini Asqad Muxtor o`tgan asrning 60-yillaridayoq o`zbek romanchiligiga olib kirgan edi.Bu esa adibning tashabbuskorligi (novatorligi)dan dalolat beradi.
Ochil bobo -azim chinor Akbarali esa mana shu chinordagi “mo`rt bir barg”
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.”Chinor”romani qachon yozilgan?
A.1969-70 y B.1969-73 y C.1954-55 y D.1960-63
2.Asardagi barcha qissa,hikoya va rivoyatlar qaysi obraz atrofida birlashadi?
A.Bektemir B.Akbarali C.Ochil buva D.Azimjon
3. Bektemir qayerda dushmanga asir tushgan edi?
A. Ukraina yaqinidagi qishloqda B.Mozdok yaqinidagi qurshovda
C.Berlin chegaralarida D.Sankt -Peterburgda
4.Bektemir necha yil sargardonchilikda umr kechirdi?
A.12 yil B.10 yil C. 7 yil D.13 yil
5.Bektemir odamlar uning nimasini ko’rishini istar edi?
A.Mehnatini B.O’zini
C.Mashaqqatlarni yengganini D.Baxtli oilasini
Javoblar:1.B 2.C 3.B 4.D 5.A
Uyga vazifa: Darslikda berilgan parcha tahlili
O’quvchilar bilimini baholash
Ko’rildi:
18.02.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan berilgan parcha tahlili
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilarda badiiy asar tahlil qilish malakasini shakllantirish;
b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbidmehr- muhabbat,ezgulik,yashashga ishtiyoq,mardlik va jasorat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyatini va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi :yangi bilim berish;
Dars turi:muhokama,tahlil,matn ustida ishlash;
Dars jihozi : darslik, “Chinor”romani,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida adib hayoti vaijodi yuzasidan savol-javob;
2.Darslikda berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Aqliy hujum:
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
II.“Chinor” romanidagi obrazlar:
1. Akbarali
2. Ochil buva
3. Azimjon
4. Sharofat xola
5. Bektemir
6. Bufetchi Sonya
“Chinor” romanidagi joy nomlari:
1. “Shodasoy”
2. “Akbarobod”
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan qissadan parchalar o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
“Akbarali otasiga uncha o’xshamas,novcha ,ingichka,kamgaproq edi.Lekin kechsidagi hikoyalardan keyin oqko’ngil Bektemir aka unga yoqib qoldi,ota o’rniga mehribon bir odam o’tirgandek edi....”
Akabarali o`zining faolligi, ishchanligi, mehnatsevarligi bilan do`stlari va rahbarlarning hurmatini qozonadi. Faol ishchi sifatida uning rasmi hatto hurmat taxtasiga qo`yilgan. U o`z sevgan kasbi, sevgan yori bilan bir maromda osuda va tinch hayot kechiradi. Uning kunlari ana shunday osuda o`tayotgan bir paytda , uni yo`qlab otasining xizmatdoshi yo`qlab keladi.
Bektemir aslini olib qaraganda Akbaraliga hech qanday yaqinligi yo`q. Faqat urushga ketayotgan paytda bir eshelonda ketishgan.Shundan so`ng qaytib uchrashishmagan. Lekin o`sha bir uchrashuvning o`zida Akbaralining otasi unga yashash joyi, o`g`li haqida gapirib bergan.
Bektemir 1942-yili Mozdok yaqinidagi qurshovda qolib, uch oy jang qilgandan keyin, ochlikdan sulaygan, o`q-dorisiz o`n yetti yarador bilan birga dushmanga asir tushdi. Darmonga kirib olay, sal o`zimga kelib, deb lagerma lager yurib,hamma tanishlarini yo`qotdi. Ularni bir joyda uzoq tutishmas, dam allaqanday yer osti korxonasiga , dam tonnel qurilishiga ,dam tosh karyeriga qo`yishar kechalari bilan notanish yo`llardan kolonna qilib haydashar edi. Bektemir bu yillar ichida ne-ne odamlarni, azoblarni ko`rmadi, bir necha tillarni o`rgandi , necha-necha o`limlardan qoldi, necha xil kasalliklarga yo`liqdi.Endi uning bir ko`rmagani o`lim edi. Hamma narsadan umid uzib , o`limni kutar edi.
Urushdan keyin ularni hamma unutib tashlab ketgan lagerdan amerikaliklar qutqardi. Shundan keyin Bektgemir ajalga chap berdi hisob-u, lekin endi uning uchun darbadarlikning yangi davri boshlangan edi. Yevropada elma-el sudralib yurib rizqini terdi, ikki sog`lom qo`lidan bo`lak tayanchi yo`q edi. Gaplarga qaraganda , Vatanga qaytish xavfli ,u yerda unga o`xshaganlar uchun ham yana lagerlar tayyor emish. Lekin yo`q, vatangadolikning azobi go`r azobi bilan teng ekan. O`n uch yil sargardonlikdan keyin yuragini hovuchlab bo`lsa ham yurtiga qaytdi. Qaytib kelsa “Yaxshi qilibsiz, boring, oilangiz bilan tirikchilingizni qiling” deyishibdi. U tanishlaridan birgina Akabaralini qora tortib keladi.
II.Test sinovi:
1.Bektemir konda nima qilishga urindi?
A.Odamlarni qutqarishga B.Transfarmatorni o’chirishga
C.Akbaralini qutqarishga D.O’tni o’chirishga
2.Akbarali o’z sirini onasidan tashqai yana kimga aytgan edi?
A.Hadyaga B.Abdusamadga C.Bufetchi xolaga D.Singlisiga
3.Akbarali qabristonda nimadan qorqdi?
A.Bektemir ruhidan B.O’z-o’zidan
C.Yolg’izligidan D.Onasi vasiyatidan
4.Shodasoy nomi qaysi nom bilan almashgan edi?
A.Akbarobod B.Konchilar shahri
C.Akbarali G’oziyev D.Qahramon
5.Shodasoyning salqini bilan qayerdandir pishgan..... hidi anqib turar edi.
A.Olma B.Behi C.O’rik D.Nok
Javoblar:1.B 2.C 3.B 4.A 5.B
Uyga vazifa: Asar marni ustida ishlash
O’quvchilar bilimini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |