Javoblar:1. B 2. A 3. B 4. D 5.A
Uyga vazifa:”Sog’inish”she’rini yod olish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
12.01.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Takrorlash
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash va olgan bilimlarni mustahkamlash;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ilm olish,adabiyotga ,badiiy asar o’qishga qiziqish ona Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilar olgan bilimlarni takomillashtirish.
Dars turi : takrorlash
Dars uslubi: musobaqa,nazm gulshani,ijodiy ish.
Dars jihozi : adabiyot darsligi,tarqatmalar,badiiy asarlar,g’azallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida :
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kirob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.II chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti vaijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob.(Alisher Navoiy,Nodira,Abdurauf Fitrat,G’afur G’ulom)
II.Qatorlararo musobaqa: II chorakda yod olingan she’rlar asosida bahr-u bayt:Alisher Navoiy,Nodira ,Abdurauf Fitrat va G’afur G’ulom she’rlari asosida
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ijodiy ish:
Mehga yoqqan g’azal
Kel dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.
Bedardlarning jafolaridin
Faryod chekib,fig’on etib ket.
Shoira Nodira g’azallari o’zoga xos ohang,o’ziga xos ovoz,o’ziga xos jozibaga ega.Chunki unda shoira dard va hasratlarini qalban his etgan holda kuylaydi va o’quvchiga soda va ta’sirchan yetkaza oladi.Bu misralar ham ayricha zavq-shavq bilan o’qiladi.Ohangi ham shunga mos.Shu tariqa kuchli hayotsevarlik tuyg’usi singdiriladi.G’azalda umrni mazmunli,unumli o’tkazish g’oyasi ham targ’ib etilgan….
II.G’azalxonlik musobaqasi.
Uyga vazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
12.01.2015.y
Dir .o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:
Mavzu: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. “Mirzo Ulig`bek” fojeasi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqida bolim va ma’lumotlar berish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarni ona-Vatanga muhabbat,adabiyotga qiziqish ,sadoqatlilik ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,bahs;
Dars jihozi :darslik,Maqsud Shayxzoda siymosi,asarlari.
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Shoir ijodidan yod aytib,tahlil qilish.
Darsning mohiyatini anglash boqichida:
1.“Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonini 5-sinfda o`tgan edik.Bu asar
kimning qalamiga mansub?
2.Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga oid nimalarni eslaysiz?
Maqsud Shayxzoda 1908 yilda Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tavallud topadi.Boshlang`ich va o`rta ma`lumotni o`zi tug`ilgan shahrida olgach ,Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o`qishga kiradi.1925-yildan boshlab Darbanddagi 1-bosqich ozarboyjon maktabida , Bo`ynoqdagi ta`lim va tarbiya texnikumida o`qituvchi b/b ishlaydi.1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot a`zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928-yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi.Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach ,turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, 1935-1938-yillarda O`zbekiston Fanlar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi TDPIning o`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qiladi.
Shayxzoda o`zining dastlabki ijod namunalarini 1929-yildan boshlab e`lon qila boshlagan:
30-yillarda
“Loyiq soqchi”, “O`n she`r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”, “O`n ikki”, “yangi devon”, “Saylov qo`shiqlari” nomli she`riy to`plamlari nashr etildi.
Urush yillarida
“Kurash nechun”, “Jang va qo`shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”, kabi she`riy to`plamlarini va “Jaloliddin Manguberdi” dramasini yozdi.
Urushdan keyingi yillarda “O`n besh yilning daftari”, “olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu`la”, “Chorak asr devoni” kabi to`plamlarini nashr ettirdi.1958-yilda “Toshkentnoma” dostonini yozdi.
Maqsud Shayxzoda liro-epik janrda ham muvaffaqiyat bilan qalam tebratgan ijodkor.U “O`rtoq mulk”, “Tuproq va haq”, “Chirog`”, “O`rtoq”, “Meros”, “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn”, “O`n birlar”, “Jenya”, “Oqsoqol” , “Ahmadjonning hikoyalari”, “Uchinchi o`g`il”, “Nurmat otaning tushi” kabi dostonlarning muallifidir.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasini sinfda rollarga bo`lgan holda o`qish
II. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.
2.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?
3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering.
II.Test sinovi:
1.Maqsud Shayxzoda qayerda tavallud topgan?
A.Qirg’iziston B.Qozog’iston
C.Ozarbayjon D.Dog’iston
2.U qanday oilada tug’ilgan?
A.Shifokor B.O’qituvchi C.Olim D.Hunarmand
3.”Loyiq soqchi”,”Undoshlarim ”,”O’n she’r”,”Uchinchi kitob”…kabi she’riy to’plamlari qachon nashr etilgan?
A.1940-yillarda B.1930-yillarda
C.Urush davrida D.1950-yillarda
4.”O’rtoq mulk”,”Tuproq va haq”,”Choroq”,”O’rtoq”,”Meros”…kabi asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.Doston B.Drama C.She’riy to’plamlar D.Nasriy asarlar
5.Urush davrida yozilgan asarlari to’g’ri berilgan qatorni toping.
A.”O’rtoq”,”Meros”,”Iskandar Zulqarnayn”
B.”Oqsoqol”,”Uchinchi o’g’il”,”Olqishlarim”
C.”zamon torlari”,”Shu’la”,”Chorak asr devoni”
D.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”kapitan gastello”,”Ko’ngil deydiki”
Javoblar:1.C 2.A 3.B 4.A 5.D
Uyga vazifa:
“Mirzo Ulug`bek” tragediyasini o`qib,mazmunini o`zlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |