Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Fransiyada Birinchi imperiya (1804—1814). 1799-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng Napoleon Birinchi konsul lavozimini egalladi.
Keyin umrbod konsullikka saylandi. 1804-yili Senat uni «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya zodagonlarga emas, burjuaziyaga xizmat qilar ediRossiyaga qarshi urush. 1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi urush boshladi. Urush Rossiya tarixiga «Vatan urushi» no mi bilan kirdi. 1812-yil 7-sentabrda ikki davlat qo‘shini o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo‘ lib o ‘tdi. Borodino
jangida har ikki tomon ham ko‘plab qurbonlar berdi. Napoleon Moskvani egalladi. Ammo Napoleon armiyasida tartib yo‘qolib, askarlar yoppasiga talonchilik bilan shug‘ullana boshladi. Armiyada jangovar ruh yo‘qoldi.
Napoleon Moskvani tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. M.I. Kutuzov boshchiligidagi Rossiya armiyasi chekinayotgan fransuzlarni ta’ qib qilib, ularga katta talafot yetkazdi. Imperiyaning qulashi. Yevropa mamlakatlari qo‘shinlaridan iborat qurolli kuchlar bilan Napoleon armiyasi o ‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yili Leypsig ostonasida bo‘ lib o ‘ tdi. «Xalqlar jangi» deb nom olgan bu jangda Napoleon qo‘shini tor-mor etildi.
1814-yili ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ittifoqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya quladi. Ittifoqchi davlatlar Fransiyada burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning ukasi Lyudovik XVIII Senatning qarori bilan taxtga o ‘tqazildi.
Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar. Unga ko‘ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi.
Vaterloo jangi. Ayni paytda Fransiyada ichki vaziyat murakkablashib bordi. Bunga eski zodagonlarning feodal tartiblar va mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, q o ‘ llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo‘ldi. Napoleon davridan boyib olgan yangi zodagonlar va armiyadan bo‘shatilgan zobitlar ham
mamlakatdagi holatdan norozi edi.
Vaziyatdan surgundagi Napoleon foydalanib qolishga qaror qildi. U 1815-yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo‘shini ham Napoleon tomoniga o ‘tib ketdi. Napoleon Parij shahrini egallab, yana taxtga o ‘ tirdi. Vena kongressi. G ‘olib davlatlar Kongress chaqirdilar. Bu Kongress 1814—1815-yillarda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida bo‘lib
o ‘tdi. Kongressning asosiy maqsadi — Yevropani g‘olib davlatlar manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlashdan iborat edi. Kongressning yakunlovchi hujjatiga binoan, Fransiya hududi o ‘zining 1789-yilgi chegarasigacha qisqartirildi. Yevropada Buyuk Britaniya va Rossiyaning ta’ siri kuchaydi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Fransiyada Birinchi imperiya qay tariqa vujudga keldi?
2. Vena kongressida qanday masalalar hal etildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |