Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Afrika tarixini sivilizatsiyaviy nuqtayi nazardan ikkiga — Sahroyi Kabirdan shimolga va janubga ajratib o ‘rganish ma’qul bo‘ladi.
Shimoliy Afrika. Qit’aning Sahroyi Kabirdan shimoliy qismida Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kabi arab mamlakatlari joylashgan bo‘lib, ular VII asrdan boshlab islom dini va madaniyati ta’siri ostida rivojlandi. XVI asrda ko‘pchilik arab mamlakatlari usmoniylar tomonidan bosib olindi. Mamluklar hukmronligi ostida bo‘lgan Misr ham birinchilardan bo‘lib o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. 1517-yilning boshida Salim I armiyasi Misrning poytaxti Qohirani egallab, uni taladi va vayron qildi.
Turklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta o‘zgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning siyosiy hokimiyati ag‘darilib, barcha feodallar o‘z mulklari va imtiyozlarini saqlab qoldilar. Misr alohida podsholik maqomini oldi va amalda yarim mustaqil davlat edi. Mahalliy boshqaruv hokimiyati to‘liq mamluk amirlarining qo‘lida saqlanib qoldi. Turklar mamluklarning boshqaruv mahoratidan, mahalliy sharoitni, aholining urf-odatlarini yaxshi bilishidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar.
Misrda ishlab chiqarish texnikasi hali o‘ta oddiy bo‘lsa-da, manufakturalardagi ichki mehnat taqsimoti mahsulotlarning ko‘payishiga olib keldi. Natijada, ichki va tashqi savdo tez rivojlandi. Misr Yevropa va qo‘shni Osiyo davlatlari bilan qizg‘in savdo munosabatlarini olib bordi. XVIII asr oxiriga kelib, faqat Qohira shahrining o ‘zini hisoblaganda chet ellar bilan savdo qiladigan 5 mingta savdogar faoliyat yuritardi. 1798-yili Napoleon boshchiligidagi fransuz qo‘shinlari Misrga bostirib kirdi va Qohirani zabt etdi. Al-Azhar masjidi shu davrda boshlangan fransuz bosqiniga qarshi xalq harakatining ham markaziga aylandi. 1800-yili fransuzlar Misrni tark etishga majbur bo‘ldilar.
XVI asr boshida ispanlar Jazoirga bostirib kirib, uning qirg‘oq bo‘yi hududlarini egallab oldi. Ispanlarga qarshi xalq harakatiga boshchilik qilgan sarkarda Xayriddin yordam so‘rab Turkiyaga murojaat qildi. Usmoniylar sultoni Salim I Shimoliy Afrikada o‘rnashib olish uchun paytdan foydalanishga urindi va Xayriddinga beklarbegi (beylerbeyi) unvonini berdi. Jazoirga yirik yanicharlar korpusini, harbiy kemalar, artilleriya va moliyaviy yordam jo‘natdi. Turklarning yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarini ispanlardan ozod qildi. Jazoir rasman Istanbulga bo‘ysunsa-da, mamlakat podshosi deyarli mustaqil siyosat olib bordi.
Sudan va Marokash o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Marokash Usmoniylar imperiyasi va Yevropa davlatlari bilan savdo shartnomalarini tuzib, bundan katta foyda oldi. Mamlakat yaxshi rivojlandi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Misrning usmoniylar tomonidan zabt etilishi bu yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
2. G ‘arbiy Afrikaga yevropaliklarning kirib kelishi qachon boshlandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |